Topshiriq 9-sinflar uchun tanlangan bayon matniga asoslangan. Mazkur topshiriq o`quvchidan biror muammoni hal qilishni talabqilmaydi. Unda zamonaviy o`quvchilar o`qish savodxonligiga o`rgatiladi.O`quvchilarga topshiriq shuki, ular o`qigan va tinglaganlari matnningmazmunini yozma bayon qilib berishadi. O`quvchilar matn bilan tanishibbo`lgandan so`ng o`qituvchi rahbarligida matnni o`qiydilar, unga sarlavhatopadilar, uning asosiy g`oyasini, matnning turini, nutq uslubinianiqlaydilar, matn mazmuni bo`yicha o`qituvchi bergan savollargajavoblar beradi va reja tuzadilar. Zarurat bo`lsa matn leksikasi ustidaishlanadi. Bayon yozish topshirg`i nazorat shaklida o`tkazilgandao`quvchi uni mutlaqo mustaqil bajaradi. Topshiriq quyidagilarga mo`ljallangan bo`lishi mumkin:
*turli uslubdagi matnlar ustida ishlash;
*matnni batafsil yoki tanlangan qismi ustida ishlash;
*matndan aniqlangan detal va faktlar ustida ishlash;
*matnning umimiy mazmuni yoki parcha ustida ishlash;
* shaxsiy nuqtai nazarni shakllantirish va asoslash.
O`qituvchiga tavsiya
Bayon yozish an`anaviy o`qitish uslubiga ko`ra 2soatga mo`ljallanadi. Birinchi dars tayyorgarlik.O`qituvchi topshiriqdan jarayonning istalgan bosqichida
foydalanishi mumkin. Topshiriqni birinchi bosqichdaqo`llagan ma`qul. O`quvchida berilgan topshiriq orqalimustaqil fikr shakllanadi. Shundan so`ng o`qituvchian`anaviy topshiriqlarni ham berib muallif nutqi, imlo va
tinish belgi xatolarini aniqlashi mumkin. Birinchi darsso`ngida o`qituvchi bayon matnini o`qib beradi.O`quvchilar keyingi darsda bayon yozadilar. Masalan,“Baxt nima?”, “Baxt mening tasavvurimda”, “Eng baxtli
inson”.
Bayon yozib bo`lingandan so`ng o`quvchilargauyga ijodiy yozma ish topshirig`ini berish ham mumkin.
TOPSHIRIQ MATNI
Bir savdogar o’g’lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti – sirini bilibkelish uchun jo’natibdi. Yigit sahroda qirq kun yo’l yuribdi va nihoyat, ulkan tog’ning tepasidahaddan ziyod muhtasham bir qasrni ko’ribdi. U qidirgan Donishmand shu qasrda yashar ekan.Kutganiga zid o’laroq qasr avliyo odamning xilvat go’shasiga o’xshamasdi. Uning ichi odamga
to’la edi: savdogarlar mollarini maqtab har tomon yugurishar, burchak-burchaklarda odamlar to’pto’p bo’lib gurunglashar, sozandalarning kichik bir dastasi qandaydir nafis kuyni ijro etar, zalningo’rtasida esa kattakon stol, uning ustiga dasturxon tuzalgan, dasturxon esa bu yurtning eng noyob
va tansiq taomlari, bag’oyat xushta'm noz-ne'matlariga to’la edi. Donishmand shoshmasdanmehmonlar bilan birma-bir ko’rishib chiqdi. Yigit navbati kelishini ikki soatcha kutib qoldi.Nihoyat, Donishmand yigitning nima maqsadda kelganini bildi, lekin hozir unga baxtning kaliti –siri nimada ekanini tushuntirib berishga vaqti yo’q ekanini aytdi. Donishmand yigitga chiqibqasrni tomosha qilishni va ikki soatlardan keyin bu yerga – zalga qaytib kelishni buyurdi.«Sendan yana bir iltimosim bor, – dedi u yigitga ichiga ikki tomchi yog’ solingan choy qoshig’iniuzatib. – Bu qoshiqni o’zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo’l, ichidagi yog’i to’kilib ketmasin».Yigit qoshiqdan ko’zini uzmagan holda qasrni aylandi, uning zinalaridan tepaga ko’tarildi, pastgatushdi va, nihoyat, ikki soat o’tgach, Donishmandning ro’parasida yana namoyon bo’ldi.«Xo’sh, qalay, – deb so’z qotdi Donishmand. – Koshonadagi fors gilamlari senga manzurbo’ldimi? Benihoya mirishkor bog’bonlar o’n yildan beri ko’zining oq-u qorasidek avaylabparvarish qilayotgan bog’dagi gullar va daraxtlar yoqdimi? Kutubxonadagi qadimiy kitoblar va
nodir qo’lyozmalar-chi?» Xijolatdan qizarib ketgan yigit bularning hech qaysisini ko’rmaganinitan oldi, negaki, uning butun diqqat-e'tibori Donishmand unga ishonib topshirgan ikki tomchiyog’da bo’lgan ekan.
TOPSHIRIQ
Do'stlaringiz bilan baham: |