O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan



Download 6,48 Mb.
bet50/379
Sana06.01.2022
Hajmi6,48 Mb.
#324048
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   379
Bog'liq
2020-2021 FALSAFA MAJMUA

Dialektik mantiq




Dialektik mantiq printsiplari




Formal mantiq




Obyektivlik









Taraqqiyot va










Mantiq

Bilishning










qonunlari va

metodologik printsiplari,



Har tomonlama yondashuv






shakllari taraqqiyotdan

Dialektika










Ma’lum

qonunlari va




Tarixiylik




Darajada

kategoriya-










ajralgan holda

larini muayyan funktsiyalarni

bajarish





Butunni qarama-qarshi bo’laklarga

bo’lish





o’rganiladi.

Jarayonida













O’rganadi.




Abstraktlikdan konkretlikka tomon borish





















6.4-ilova



M antiqning asosiy qonunlari




Asosiy qonun-Rning nomlanish

Asosiy

qonunning

ta’rifi

Asosiy qonunni ifodalovchi

formulalar

Misollar

1.

Ayniyat qonuni


Har qanday fikr o’z miqdori va sifatiga ko’ra tafakkur jarayo-

nida o’ziga tengdir



A  A

A  A


A  A

A = A





. . .

2.

Ziddiyat qonuni

Bir narsa yoki xo-disa to’g’risida ayni bir vaqtda aytilgan ikki qarama-qarshi hukmning ikkalasi ham chin bo’lishi mumkin emas, ulardan hech bo’lmaganda

biri yolg’ondir



Barcha S-P dir

Birorta S-

P emas
A - A emas


Barcha jinoyatchilar jazolanadi-lar. Birorta ham jinoyatchi jazolanmaydi. Mazkur fikrlarning hech bo’lmaganda biri yolg’ondir. (Ikkalasi ham yolg’on bo’lishi mumkin)

3.

Uchinchisi mustasno qonuni

Bir-biriga zid bo’lgan ikkita fikr (hukm) bir paytda yolg’on emas va albatta ulardan

biri chindir


«A» yo «V»

yoki «V» emas

BarchaS-Pdir

Ba’ziS-

P emas


Barcha sud qarorlari qonuniydir. Ba’zi sud qarorlari noqonuniy. Ushbu fikrlardan faqat bittasi chin, ikkinchisi

Esa yolg’ondir.



4.

Yetarli

Asos


Qonuni

Har qanday to’g’ri fikr yetarlicha asosga ega

Agar «V»mavjud bo’lsa, uning asosi «A» ham

mavjuddir



Agar jinoyat sodir bo’lgan bo’lsa, jinoyatchi ham mavjuddir


6.5-ilova

Tushunchaning mazmuni va hajmi, uning asosiy turlari.


6.6-ilova



Hukm tarkibi va uning tuzilishi



6.7-ilova



Hukmlar o’rtasidagi munosabatlar



6.9-ilova

Bilvosita xulosa chiqarish






6.10-ilova
SILLOGIZMNING UMUMIY QOIDALARI



  1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o’rta terminlar bo’lishi kerak.

  2. O’rta termin hech bo’lmaganda asoslardan birida to’la hajmda olinishi kerak.

  3. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo’lsa, xulosada ham shunday hajmda bo’lishi kerak.

  4. Ikki inkor hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo’lmaydi.

  5. Ikki juz’iy hukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo’lmaydi.

  6. Asoslardan biri inkor hukm bo’lsa, xulosa ham inkor hukm bo’ladi.

  7. Asoslardan biri juz’iy hukm bo’lsa, xulosa ham juz’iy hukm bo’ladi.


6.11-ilova
INDUKTIV XULOSA CHIQARISH



6.12-ilova

ANALOGIK XULOSA CHIQARISH


7-MAVZU. ETIKA FANINING PREDMETI, ASOSIY MUAMMOLARI VA

KASBIY AXLOQ

Vaqt – 2 soat

Reja:

  1. "Etika" fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.

  2. Axloqning paydo bo’lishi. Gedonizm (lazzatning ustuvorligi), evdemonizm (baxtning ustuvorligi).

  3. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo’lishi.

  4. Muomila madaniyati. Kasbiy axloq


Tayanch so’z va iboralar

Odob, xulk, axloq, etika (axloqshunoslik), axloqiy tarbiya, axloq falsafasi (ezgulik falsafasi), gedonizm (lazzatning ustuvorligi), evdemonizm (baxtning ustuvorligi), etosfera, biologik etika, fazilat va illat,axloqiy madaniyat, muomala madaniyati, kasbiy odjb, tibbiy tarbiya, ekologik tarbiya, shaxs axloqiy tarbiyasi, zamonaviy axloqiy tarbiya.


Adabiyotlar

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.:O’zb., 2017 y.

O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirsh bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2017 yil 7-fevral – “Xalq so’zi” gaz-si , 2017 yil 8-fevral.

Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O’zbekiston, 2016. -53 b.

Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. T.: O’zbekiston, 2017 -484 b.

Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. 2-nashr –T.: Ma’naviyat, 2016, -176 b.

Abdulla SHer. Axlokshunoslik. Darslik. –T.: O’FMJ, 2010.

Etika hamma jamiyatlarda ham yuksak e’tiborga ega bo’lgan. Bu bejiz emas. CHunki davlatning kuch-qudrati, salohiyati, undagi odamlarning ma’naviy barkamolligi, iymon-e’tiqodi, halol-pokligi ko’p jihatdan axloq umumme’yorlarining o’zlashtirilishi darajasi bilan bog’liq.

Mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi natijasida etuk, komil insonni tarbiyalash zaruriyati etikani yuksak bosqichga ko’tarishni taqazo qilmoqda. Bu sohada jiddiy nazariy tadqiqotlar o’tkazilishi va uni amaliy hayotga samarali tadbiq etilishi muhimdir.

Birinchi Prezidentimiz I. Karimov axloq, axloqiylik masalalari, milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar hamda qadimiy urf-odatlarimiz, an’analarimiz ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotimiz ma’naviy qadriyatlarini yaratishda asos bo’lib xizmat qilishiga alohida e’tibor bergan edi.



«2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi»da, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2017 yil 20 apreldagi va “Oliy ta’lim muassalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2018yil 5 iyundagi Qarorlarida, shuningdek, Prezidentimizning asarlarida, nutq va maqolalarida, joylarda olib borayotgan suhbatlarida yosh avlod tarbiyasiga, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalariga juda katta e’tibor bermoqda. SH. Mirziyoevning 2017 yil sentyabrida BMTning 72-sessiyasi minbarida turib, dunyo yoshlari-son jihatdan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avlod(2mlrd) ekanini ta’kidlab, odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa deb, xalqaro huquqiy hujjat – BMTning YOshlar huquqlari to’g’risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqishni taklif etdi va bu tashabbus qo’llab-quvvatlangani katta e’tiborga sazovor.

Etika-axloqning kelib chiqishi, mohiyati, taraqqiyoti, tarkibiy qismlari, ularning amal qilishi, shuningdek insonning oila, mahalla-ko’y, o’qish va ish joyi, qisqasi jamiyatdagi axloqiy munosabatlarni o’rganadigan qadimiy falsafiy fan. U tariximizda «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Ilmi ravish», «Odobnoma» kabi nomlar bilan yuritilgan. Evropada «Etika» deb nomlangan. Bizda ham etika termini qo’llanilgan (mustaqilligimizgacha).

«Etika» atamasini birinchi marta muomalaga kiritgan faylasuf Arastudir. U fanlarni tasnif qilib, uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruh fanlari: falsafa, matematika, fizika; ikkinchi guruh fanlari:etika va siyosat; uchinchi guruh: san’at, hunarmandchilik va boshqa amaliy fanlar. Arastu axloq falsafasining nazariy asoschisidir. U etikani ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig’idagi alohida falsafiy fan sifatida talqin qildi. Uning o’g’liga bag’ishlangan «Nikomaxning axloq kitobi» asari etikadan ilk sistemalashtirilgan asar; vaqt e’tibori bilangina emas, balki ahamiyati jihatidan ham birinchi nazariy manbadir va hozirda ham o’z qimmatini yo’qotmagan. Demak, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limot-«etika»ni asoslaganlar. Uni amaliy falsafa ham deb ataganlar.

Bizning hududda axloqiy g’oyalarning, axloqiy qadriyatlarning juda qadimda vujudga kelganligiga tarix guvoh. Siz ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan «Avesto» kitobini va uning shiori «Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal» ekanini yaxshi bilasiz!

YUqorida aytib o’tganimizday, etika axloqning kelib chiqishi, mohiyati va odamlarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi, o’rgatadi.

«Axloq» arabcha so’z bo’lib, «xulq» so’zining ko’plik shaklidir. Axloq atamasi ikki xil ma’noda ifodalanadi: 1-dan, u umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatadi; 2-dan, u konkret tushuncha sifatida odam fe’l-atvori va xatti-harakatining keng qamrovli qismini bildiradi.

O’zbek axloqshunosligida eng muhim atamalar odob, xulq, axloq hisoblanadi. Mazkur tushunchalar o’z mazmuniga ko’ra o’ta yaqin, lekin qamroviga ko’ra farqlidir. Ular axloqiy rivojlanishning o’ziga xos bosqichlari hamdir.

Taniqli axloqshunos Abdulla SHerning yuqoridagi tushunchalarni tasnif qilishicha, odob nisbatan torroq va konkretroq tushuncha. Odob-inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, biroq jamoa, jamiyat va insonlar hayotida o’ta muhim ahamiyat kasb etmaydigan, milliy urf-odatlarda namoyon bo’luvchi ijobiy xatti-harakatlar majmuidir.



Xulq-oila,jamoa, mahalla–ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan ijobiy xatti-harakatlar majmui.

Axloq-jamiyat, insoniyat, davr uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisi. Inson- kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.

Axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig’indisi.

Axloq inson ruhiy olami, aqliy salohiyatining oila, jamoa, jamiyatda fe’l – atvor, odob – xulq, xatti – harakat tarzida namoyon bo’luchi faoliyat, munosabatlari majmuidir.

Odob, xulq, axloq tushunchalari nisbiy xarakterga ega. Bu tushunchalar davr ruhi, konkret millat yoki elat, ijtimoiy guruhning ularga qanday ma’no, mazmun yuklashi bilan reallashadi, muayyan mezonga ega bo’ladi, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir millatda yoki ijtimoiy guruhda axloqsizlik deb hisoblangan holat ikkinchi bir millat yoki ijtimoiy guruhda normal xodisa deb qabul qilinishi mumkin.G’arb va SHarqda jamoat joylarida erkak va ayolning qo’ltiqlashib yurishishi, o’pishishi turlicha baholanadi...

SHuningdek, bu tushunchalar uzviy birlikda. Ular bir-biriga o’tib turadi va to’ldiradi... Bir vaqtlar odobsiz, badxulq, axloqsiz bo’lgan o’spirin vaqt o’tishi bilan o’zligini anglash jarayonida, o’sib –ulg’ayib, oq - qorani tanib odob, xulq va axloqiylik bobida na’muna bo’ladigan darajaga etishi mumkin. Bunga hayotiy misollar ko’p. Aksincha holatlar ham ro’y berishini istesno qilib bo’lmaydi. Odobli, hushxulq, axloqli hisoblangan bola yoki kishi nosog’lom muhit ta’sirida ruhiy tushkunlikka uchrab, sinib, salbiy xatti-harakatlar sohibiga aylanishi mumkin.

Axloqning o’ziga xos tarkibiy qismlari, mezoniy tushunchalari va amal qilish tamoyillari hamda me’yorlari bor. U nazariy va amaliy faoliyat omuxtaligi natijasidir.

Axloq ijtimoiy hodisa sifatida o’z tuzilmasiga ega. Axloq tuzilmasi o’z ichiga axloqiy ong, axloqiy hissiyot va axloqiy xatti-harakatlarni oladi.

Insoniyat tarixi ma’lum ma’noda axloq, axloqiy rivojlanish tarixidir. Odamning ijtimoiylashishi, insoniylashishida, o’zligini anglashida axloqning o’rni va roli beqiyosdir.

Etika tarixida kishini aql bilan ish ko’rishga, me’yorida lazzatlanishga, o’z ehtiroslarini jilovlab, lahzalik lazzatga umrini bahsh etmaslikka chaqiruvlarva aksincha lazzatning ustuvorligi, shuningdek baxtning ustuvorligi haqidagi qarashlar keng tarqalgan edi. Lazzatning ustuvorligi ilmiy tilda xedonizm, baxtning ustuvorligi evdemonizm deyiladi. Masalan, Ar-Roziyning axloqiy qarashlari xedonizm va evdemonizmga asoslanishi bilan ajralib turadi. U ruhiy tabobatning eng muhim vazifasi insoniy baxt bilan chambarchas bog’liq bo’lgan lazzatning mohiyatini bilish va tushuntirishdan iborat deb hisoblaydi: lazzat – iztirobdan qutilish. Lazzatning bir shartini farovonlikda, ikkinchi shartini esa u, hamma narsaga aql bilan yondashuvda ko’radi. Ar-Roziyning mazkur ta’limoti Epikur qarashlarini ijodiy rivojlantirish edi.

Etikaning hozirgi kunda umumjahoniy – global muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi Er yuzida «etosfera»-aloqiy muhit davrini yaratish; kelajakda inson o’zini va sayyoramizni muqarrar halokatdan qutqarish uchun axloqiylik muhitini vujudga keltirishi shart...

Etika fani tadqiqotlariga ko’ra, axloqiylik va axloqsizlik juft tushuncha. Agar axloqiylik fazilatlarda namoyon bo’lsa, axloqsizlik illatlarda ko’zga tashlanadi. Bu ikki tushuncha bir-birini inkor etadi. Ma’lum ma’noda bu tushunchalar bir narsaning ikki tomoni... Ularni muayyan me’yor chiziqlari chegaralab turdi. Ular me’yor buzilishi bilan o’z sifatini o’zgartiradi. Masalan, muhabbat, ya’ni seva olish qobiliyati, o’z muhabbatini asrab-avaylash, qizg’onish hissini kuchaytirib, rashkka, rashk fojeaga olib kelishi mumkin. Fazilat bilan illat orasi bir qadam.

SHu variantlarning, bizningcha, ma’quli etika fani kategoriyalarining quyidagicha guruhlashtirilishidir: 1-etika fanining mezoniy tushunchalari (kategoriyalar); 2-axloqiy tamoyillar; 3- axloqiy me’yorlar. Etika fanining mezoniy kategoriyalari umumlashtiruvchilik xarakterga ega bo’lib, ular faqat nazariyaga talluqli. Axloqiy tamoyillarva me’yorlar bo’lsa, amaliy axloqqa oid bo’lib, nisbatan tor qamrovli va konkretroq, mazkur tushunchalar 1- guruh tushunchalar uchun «moddiy asos» hisoblanadi.

Insonda hukmronlik qilish mayli bir qadar kuchli... Bu maylni qondirish erkin harakatni ixtiyor etish imkoni bilan bog’liq. Lekin insonda ixtiyor qilish erkinligi obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra cheklangan. Mutloq ixtiyor erkinligi yo’q va bo’lishi ham mumkin emas... U nisbiy xarakterga ega.

Ixtiyor erkinligini cheklashning, aqlga bo’ysindirishning asosiy vositasi-axloq. Axloqni rivojlantirish tabiiy-tarixiy zarurat. Noosfera-axloqni rivojlantirish manbai...

Ixtiyor erkinligi axloqiy tanlov muammosini keltirib chiqaradi. Axloqiy tanlov - inson xatti-harakati, faoliyatining boshlang’ich nuqtasidir. Axloqiy tanlov odam gardaniga mas’uliyat hissini yuklaydi. Oiladagi mas’uliyat, mahalla -ko’y oldidagi mas’uliyat, jamoa va nihoyat jamiyat oldidagi mas’uliyat...

Hamma davrlarda ham inson va jamiyat axloqiy hayotida tanlovning ahamiyati beqiyos bo’lgan.

Axloqiy tanlov bu –sinov. Kimdir bu sinovga dosh beradi, undan mardona o’tadi, kimdir uning oldida ojiz qoladi, sinadi...

Xulosa shuki, mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashda etika fanining xizmati beqiyos.

Har qanday davlat va jamiyatning axloqiy yuksaklik darajasini uning fuqarolari axloqiy madaniyati belgilaydi.


Download 6,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish