O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan



Download 6,48 Mb.
bet42/379
Sana06.01.2022
Hajmi6,48 Mb.
#324048
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   379
Bog'liq
2020-2021 FALSAFA MAJMUA

Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Fuqarolik jamiyati – har bir inson manfaatini ustuvor biluvchi, huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat muhiti shakllantirilgan, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari so’zsiz ta’minlanadigan, davlat hokimiyatining samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlari vujudga keltirilgan, insoniy munosabatlar chuqur ma’naviy – madaniy qadriyatlarga tayanadigan erkin, demokratik huquqiy jamiyat. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko’pqirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi, jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabr-toqat va muzoqaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.

Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarniig yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy - siyosiy faoliyatiga tayanadi.

Jamiyat hayoti va taraqqiyotida respublikada faoliyat ko’rsatayotgan siyosiy partiyalar (O’zbekiston liberal demokratik partiyasi, O’zbekiston xalq demokratik partiyasi, O’zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi, O’zbekiston "Adolat" sotsial demokratik partiyasi) muhim rol o’ynamokda.

Respublika aholisi ijtimoiy faolligining ortishida, hayotimizning ko’plab etilgan muammolarini hal qilishda nodavlat notijorat tashqilotlari katta rol o’ynamokda. Hozirda nodavlat notijorat tashqilotlarining faol, eng muhimi, amaliy harakati uchun keng huquqiy makon vujudga keltirildi. Hozir ularning umumiy soni 10000ga etdi: "Navro’z", "Mahalla", "Mehr-shafqat", "Ekosan" va hokazo.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisii Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish mexanizmlari va fuqarolik jamiyatining muhim yo’nalishlarini belgilab berdi. Ustuvor yo’nalishlarni bugungi shiddat bilan o’zgarib borayotgan dunyoda xavfsizlikka solinayotgan taxdid va xurujlarga nisbatan bizning javobimiz, deb bilmog’imiz kerak. Zero, ana shu ustuvor yo’nalishlarni izchil va samarali amalga oshirilishi tufayli asosiy maqsadimizga - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga erishamiz.

V. Hozirgi davrning eng muhim jihatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida keng qamrovli globallashuv, modernizatsiyalashuv va innovatsion jarayonlar amalga oshayotganligidir. Mazkur o’zaro bog’liq uch hodisa davr taqozasi, ob’ektiv zarurat. Davr ruhining in’ikosi bo’lgan falsafada bu voqelik, xususan, biz so’z yuritmoqchi bo’lgan globallashuv o’z ifodasini topayotganligi tabiiy.

1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nom olgan bu hodisa jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo’lgan to’zilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. SHuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo’jaligi, umumiy ekologik o’zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.




Download 6,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   379




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish