23. “Tabiat” tushunchasini aniqlang.
A. Tabiat-bu tabiiy resurslar manbaidir.
B. Tabiat-bu allohning namoyon bo’lish shakli.
V. Tabiat-bu bizni o’rab turgan moddiy olam.
G. Erdagi o’simliklar va hayvonot dunyosi.
24. “Taraqqiyot” nima?
A. Kishilarning o’zlarini ovutish uchun o’ylab topgan atamalari.
B. Narsa va hodisalarning ma’lum bir doira chegarasidagi harakatlari.
V. Jamiyatdagi sifatiy o’zgarish va rivojlanishlar.
G. Moddiy va ma’naviy narsa va hodisalarning ilgarilama harakatlari, sifatiy o’zgarishlari.
25. “Dialektik ziddiyat” nima?
A. Narsa va hodisalar o’rtasidagi tashqi qarama-qarshilik.
B. Narsa, hodisa rivojlanishining ichki manbai.
V. To’g’ri xulosani keltirib chiqaruvchi fikrdagi qarama-qarshilik.
G. Narsa va hodisa tomonlarining o’zaro mos kelmasligi.
26.“Sifat” tushunchasi nima?
A. Barcha voqea- hodisalarning ma’lum shaklda namoyon bo’lishi.
B. Narsa va hodisalarning yaroqli va yaroqsizligini bildiradigan tushuncha.
V. Narsa, hodisaning asosiy bir xususiyati, xossasi.
G. Narsalarning ichki va tashqi muayyanligini ta’minlovchi xossa, belgi, xususiyatlar birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |