Agentlikka, shuningdek, quyidagi bir qator huquqlar berildi:
• byudjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish;
• jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
• korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;
• ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarnikiritish.
Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.
O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Farmonga ko‘ra, agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik Prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor.
Farmon bilan agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlaydi.
Agentlik korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga va xalqaro imijiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi. Shuningdek, agentlikka quyidagi bir qator huquqlar berildi:
budjet mablag‘larining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bog‘liq materiallarni talab qilish, olish va o‘rganish;
jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy surishtiruvlar o‘tkazish;
ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish.
Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi. 2020-yilning 11-fevralida mazkur organni tashkil etish masalalari bo‘yicha Prezident raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi.
Davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlash jarayonidagi asosiy vazifalardan biri ham aynan korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdan iboratdir.
Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tizimga aloqador sohalarda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
2020yil 12 - dekabr kuni vazirlik tizimidagi tashkilotlar, hududiy transport boshqarmalari vakillari ishtirokida "Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish" mavzusida videokonferensiya aloqa shaklida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasidan vakillar ishtirok etishdi.
2020-yilda, COVID-19 pandemiyasi jahonning boshqa davlatlari singari O'zbekistonda ham vujudga keltirgan sog'liqni saqlash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi muammolarning ko'pligi inobatga olinsa, korrupsiyaga qarshi kuchli vositalar va mexanizmlarning mavjudligi har qachongidan ham muhimroqdir.
“Korrupsiya rivojlanish bo'yicha barcha sa'y-harakatlarni susaytiradi, ammo hozirda esa har qachongidan ham ko'proq, chunki tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish, vaksinalarni tarqatish va ijtimoiy himoya choralarini tezda ishga tushirish jarayonlarida misli ko‘rilmagan darajada korrupsiya xavfi mavjud. Har yili jahon miqyosda korrupsiya tufayli 2,6 trillion AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar, sog'liqni saqlash sohasidagi korrupsiya tufayli esa kamida 500 milliard AQSh dollari yo‘qotilmoqda, bu butun jahonda sog'liqni saqlashga sarf etiladigan xarajatlarining umumiy qiymatidan ham ko'proqdir. COVID-19 pandemiyasi davridagi korrupsiya esa, e’tibordan chetda qolish xavfi yuqori bo'lganlar uchun hayot va mamot masalasiga teng bo'lishi mumkin.” – deb aytadi BMT Taraqqiyot dasturining O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim o‘ziningkirish so'zi davomida.
BMTTD bugungi kunda butun dunyo bo'ylab mamlakatlar bilan hamkorlikda 16-BRM (Tinchlik, adolat va kuchli institutlar)ga asosiy e’tiborni qaratgan holda, tadbirkorlikda halollik va ijtimoiy hisobdorlik hamda texnologiyalar va innovatsiyalarning tegishli qo‘llanilishi masalalarini COVID-19dan tiklanish davrida va undan so‘ng ham korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbuslari ichiga kiritish borasida ish olib bormoqdalar. Eng muhimi, mavjud korrupsiyaga qarshi kurashish idoralarini qo'llab-quvvatlash va ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Ushbu faoliyatning umumjahon darajasidagi yo’nalishlarida ham BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Eng muhimi, "O'zbekistonda samarali hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaning oldini olish" (PCEAT) loyihasi 2018-yildan buyon ishlab kelmoqda. BMTTD, Adliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu o‘ta muhim loyiha butun mamlakat bo'ylab korrupsiyaning ham tushunchasini ham o‘zini yo’q qilish maqsadiga qaratilgandir.
Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari Qonunning 16, 17, 18-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
Oʻzbekistonda keyingi yillarda juda katta islohotlar amalga oshirilyapti. Baʼzi vazirlik va idoralar “bizda korrupsiya yoʻq, unga barham berdik” deb maqtanishyapti ham, koʻkrak kerishyapti. Yoʻq, aslida bunday emas. Afsuski, oddiy fuqarodan soʻrasangiz, “hali korrupsiya hamma joyda bor”, deydi. Biz vaziyatga kompleks yondashish kerakligini tushunib yetyapmiz.
Bulardan xulosa qilish mumkinki, korrupsiyaning oldini olishga kompleks yondashmasak, hech qachon biz bu illatni yenga olmaymiz. Faqatgina bitta sohani tanlab, bir yoʻnalishda, masalan, qonunchilik yoʻnalishi boʻyicha kurashadigan boʻlsak, korrupsiya zanjirini uzib boʻlmaydi.
Biz korrupsiyaga qarshi kurashishni faqatgina DXX, prokuratura yoki ichki ishlar idoralarining vazifasi, deb bilar edik. Prezidentimiz taklifiga koʻra, endi barcha idoralarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tuzilmasini tashkil etish vazifasi qoʻyilmoqda. Chunki barcha idoralarda, aksariyat davlat xizmatchilarida korrupsion moyillik bor.
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Hisob palatasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining 26 tasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini (“komplayens nazorat”) joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqildi.
Oʻrni kelganda, korrupsiyaga zamin yaratayotgan yana baʼzi omillarni ham aytish kerak. Bu yerda faqat davlat xizmatchilarini ayblash ham adolatdan emas. Demak, omillardan asosiysi – oylik maoshning kamligi, fuqarolarimiz uchun ijtimoiy himoya, ijtimoiy imkoniyatlar yetarli emasligi. Oddiygina aholiga tibbiyot, taʼlim tizimidagi imkoniyatlarini taʼminlab bera olmas ekanmiz, hech qachon korrupsiyani yenga olmaymiz. Buni xorij tajribasi ham koʻrsatib turibdi.
Bu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar koʻmagida Janubiy Koreya, Sloveniya va Singapurdan ekspert-maslahatchilarni jalb qilingan.
Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan yana biri – keyingi yildan boshlab korrupsiyaning darajasini baholovchi milliy indeksni ishlab chiqish. Xabaringiz boʻlsa, bu boradagi xalqaro indeksda hozircha 180 davlat ichida Oʻzbekiston 153-oʻrinda turibdi. Endi biz oʻzimizning milliy indeksimizni ishlab chiqamiz. Shu tariqa mamlakatdagi qaysi vazirlik, qaysi idorada, qaysi sohada korrupsion holatlar koʻpligi, qaysi davlat xizmatchilari korrupsiyaga koʻproq moyilligi toʻgʻrisida jamoatchilikni tanishtirib boramiz. Bu jarayonda davlat idoralari rahbarlarining reytingi ham shakllanadi.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatining shakllantirish hozirgi davrning end dolzarb vazifalaridan biridir. Bu sohada juda katta va keng miqyosli amaliy ishlar olib borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2021 yil 28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan Milliy maslahdtlashuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respubltasi Oliy Majlisi Senati Raisi. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi Tanzila Norboeva kirish so‘zi bilan qatnashdi. SHuningdek. tadbirda BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili M. Dimovska. Oliy Majlis palatalari. vazirlik va idoralar. nodavlat noshjorat tashkilotlari. ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Keyingi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosagi darajasiga ko‘garildi. Jumladan. mamlakat va jamiyat kurilishining barcha sohasida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan 70 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar kabul qilinib, hayotga tatbiq etilmokda. SHu bilan birga.
Korrupsiyasiz soha loyihalari. “Yo‘l xaritasi” va dasturlar tasdiqlandi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bu borada esa Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati. ayniqsa. samarali bo‘labtir.
SHu say-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha davlatimizning yaqin va o‘rta istiqboldagi asosiy ustuvor vazifalarini yo‘naltirishga qaratilgan yana bir muhim hujjat — Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya loyixasi ishlab chiqildi. U istiqboldagi besh yillikda korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab beruvchi. bu boradagi harakatlarni birlashtiruvchi va muvofiqlashtiruvchi hujjat ekanpigi bilan hdm alohida ahamiyatga ega.
Milliy strategiya loyihasida yurtimizning korrupsiyaga karshi kurashish borasidagi hozirgi holati. kamchiliklar. davlat siyosatining kelgusidagi asosiy yo‘nalishlari aks ettirilishi ko‘zda tutilgan. Ayni chogda bu vazifalar bajarilishini monitoring qilish va moliyalashtirish mehanizmini belgilash hamda amalga oshirilgan ishlardan kutilayotgan natijalar o‘rin olishi ham rejalashtirilgan.
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarovning aytishicha. mazkur strategiya ijrosi natijasida milliy qonunchiligimiz takomillashtiriladi, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy tizim yaratiladi. parlament hamda jamoatchilikning samarali nazorati taminlanadi, aholining huquqiy ongi va madaniyati yuksaladi hamda Vatanimizning xalqaro reytinglar va indekslardagi ko‘rsatkichlari yanada yaxshilanadi.
Hozirgi globallashuv zamoni, mintaqalar va davlatlararo integratsiya jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya barcha mamlakatlarda ham qator muammolarni keltirib chiqarib, jamiyatni ich-ichidan emirib, parokanda qilib tashlash xavfini solmoqda. Binobarin, bugun kattami-kichikmi, boymi-kambag‘almi, qudratlimi-kuchsizmi bironta davlatni korrupsiyadan xoli hudud, deb aytolmaymiz. BMT va Xalqaro valyuta jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti korrupsiya tufayli yiliga 1,5-2,6 trillion dollargacha zarar ko‘rmoqda.
SHu bois mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini ta’minladi. Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Prezidentimiz kuni kecha imzolagan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmon bu boradagi izchil sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Mazkur Farmon bilan 2019—2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilinib, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ham belgilab berildi. Jumladan, sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish, davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish kabi masalalar shular jumlasidandi
10. 1-ilova
10. 2-ilova
10.3-ilova
10.4ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |