13 - Mavzu: Ilmiy tadqiqot ishini yozish va ilmiy maqola tayorlash
Reja:
1. Ilmiy maqola va uning dolzarbligi, maqsadi.
2. Ilmiy muammo va ilmiy maqolada yoritilishi.
3. Ilmiy maqolada mantiqiylik.
4. Ilmiy maqolani xayotga tadbik etilishi.
Tаyanch tushunchаlаr:
Maqola, ilmiy maqola, tezis, mаgistrlik dissеrtаtsiyasi, ilmiy tаdqiqоt bоsqichlаri, ilmiy bilish usullаri, ilmiy ish аprоbаtsiyasi, ilmiy ish himоyasi.
Kitob, ilmiy jurnal, ilmiy maqolalar, tezislar to‘plami bilan ishlashning protsessual tizimi. I bosqich – ko‘z yugurtirib chiqish, sarlavhalarni o‘qish. Maqsad – kerakli va qiziqarli materialni tez belgilash. II bosqich – qayd qilingan maqolalarni sinchiklab ko‘rib chiqish. Maqsad–zarur axborotni olish. Agar siz jurnal, to‘plamning tuzilmasini va ruknlarni, o‘zingizga qiziqarli bo‘lgan olimlar va tadqiqotchilarning familiyalarini bilsangiz, muayyan mavzuga oid materiallarni izlash osonlashadi. Jurnal yoki to‘plamga birinchi marta murojaat etishda hoshiyada o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lgan maqolalarni qayd qilib qo‘yish foydalidir. Bu bosqichda matnning kerakli joylarining tagiga chizish, ajratish, alohida ma’noli qismlarga bo‘lish, ko‘chirmalar qilishga o‘rganish kerak.
Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, u dolzarb ilmiy muammo bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishdir. Maqola ustida ishlashning asosiy bosqichlari. Mavzuning belgilanishi, uning tahlili, reja /tezislarning tuzilishi. Reja/ tezislar asosida maqolaning birinchi variant ustida ishlash. Ishning yakunlanishi, matn tahlili, takomillashtirish, tuzatish
Siz o‘zingiz tanlagan ilmiy tadqiqot ishingiz doirasida ilmiy konferensiya to‘plamiga o‘z tezislaringizni havola etmoqchisiz. Ho‘sh, ishni nimadan boshlaysiz? Chunki har qanday tadqiqot yakunida hamjamiyatga uning natijalarini qisqa va tushunarli tarzda bayon etishingiz lozim. Aksariyat holatlarda amalga oshirgan ishini ko‘rsata bilmaslik natijasida tadqiqotchilar o‘z mehnatlarining past baholanishiga sababchi bo‘ladilar. Buning uchun har bir qilgan mehnatingizni ommaga ko‘rsata olishingiz, sohangizning qaysi masalasi yuzasidan tadqiqot olib borganingiz va qanday xulosaga kelganingiz aynan siz yozgan ilmiy tezislarda o‘z aksini topadi.
Tezis o‘zi nima?
Tezis – bu ilmiy matn bo‘lib, u o‘zida ilmiy tadqiqotning asosiy natijalarini va ularni olish usullarini aks ettiradi. Tezislar ilmiy ma’ruzaning qisqarttirilgan shakli deb hisoblaganlar adashadi. Tezislarning maqsadi– konferensiyaning boshqa qatnashchilariga tadqiqotingiz mazmunini yanada yaxshiroq tushuntirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |