O’quv uslubiy majmua magistratura barcha ta’lim yo’nalishlari uchun urganch-2021



Download 5,8 Mb.
bet25/67
Sana10.11.2022
Hajmi5,8 Mb.
#863301
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
Bog'liq
2 5228755815363516089

Ijtimoiy harakatning maqsadi. Shunday qilib, yuqorida bayon etilganlar ijtimoiy determinizmning yangicha talqini vaqt vaziyatning faol ishtirokchisi sanalgan ijtimoiy harakatni amaliy tavsiflash talabini e’tiborga olishi lozim, degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi. Bundan ijtimoiy nazariylashtirishning muhim prinsipi – sotsiumni makon emas, balki vaqt fonida yuz berayotgan voqealar yig‘indisi sifatida tavsiflash kelib chiqadi. Tabiatshunoslik nazariyasida vaqt makon turlaridan biri sifatida tavsiflangan bo‘lsa, ijtimoiy nazariyada makon vaqtning tur xili sifatida tavsiflanishi mumkin. Makon bizga yuzaki taassurotlarni tartibga solish imkoniyatini bersa, vaqt ichki kechinmalarni tartibga solish uchun imkoniyat yaratadi. Ayni shu sababli ijtimoiy nazariylashtirish ichki kechinma tajribasini ob’ektivlashtirishi lozim. Inson harakatlarining ifodalari, ya’ni ularning ijtimoiy mazmunlari bunday ob’ektivlashtirishning natijasi bo‘lmog‘i darkor.
Matematik tabiatshunoslik determinizm tamoyilini tabiiy hodisalarni nazariy tavsiflashning bosh tamoyiliga aylantirishi fizika doirasida tavsiflanuvchi ob’ektlarning tabiati shundayligi bilan emas, balki tahlilning yangi texnologiyalari ilk bor aynan fizikada sinovdan o‘tkazilgani bilan belgilanadi. Ammo faylasuflar fizik determinizmga asoslangan dunyoqarashga doir xulosalar asossiz ekanligini isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikricha, biron-bir voqea yoki hodisa faqat tashqi omillar bilangina belgilanishi mumkin emas, ularning yuz berishiga doim aniq maqsadga qaratilgan omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Jarayon bitta, ikkita yoki uchta kuch amal qiluvchi makonda yuz berishini nazarda tutuvchi sxema haddan tashqari sun’iy ko‘rinadi. Berktizim – bu hatto fizika ham emas, balki texnikadir.Biroq aynan texnik modellashtirish va konstruksiyalash fizikaning rivojlanish jarayonini XVII asrdagina emas, balki XVIII asrdavahatto XIX asrda ham belgiladi.
Klassik determinizm maqsad tushunchasidan voz kechdi va bu hol inson xulq-atvori haqidagi fanlarda oqilona maqsadni belgilashni saqlab qolmoqchi bo‘lgan nazariyachilarni sarosimaga solib qo‘ydi. Ijtimoiy nazariyadan ikki yo‘ldan birini: yo ilmiylikning sinonimi sanalgan determinizmni, yo insoniylik va ijtimoiylikning ajralmas jihati sanalgan maqsadni belgilashni tanlash talab etildi. Determinizm muhandislik-texnikaviy yondashuv doirasida qo‘llaniladigan nazariy mavhumlashtirishning pirovard natijasi hisoblanadi. Ammo loyiha darajasida maqsadli belgilash aynan texnika doirasida amal qiladi. Biroq loyiha amaldagi sabablarni nazarda tutadi, xolos, maqsadni belgilash esa ob’ektiv dunyodan chiqarib tashlanadi. Sub’ekt dunyosi va ob’ekt dunyosini birlashtirish kauzallik va maqsadni belgilashni biriktirish imkoniyatini beradi. Ammo bunday birlashtirish oqibatida «pozitiv fanlar»ning vakillari faxrlanib gapirgan afzalliklarning barchasi boy beriladi.
Sababning hozirgi talqini nazariy-tahliliy fikrlashning tadrijiy rivojlanishi natijasida shakllangan. Antik falsafada u yoki bu jarayonning yuz berish xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar sabablar deb atalgan bo‘lsa, Yangi davrda, barcha omillar ichki va tashqiga ajratilganidan so‘ng, sabablar qatoriga tashqi omillargina kiritilgan.
Inson samarali o‘zaro aloqa qilishga intiladi, u yuz berayotgan voqealar va jarayonlarning mazmunini hamda o‘z harakatlarining ehtimol tutilgan oqibatlarini to‘g‘ri tushunishni istaydi. Bunda uning muayyan darajada samarali harakatlari boshlang‘ich shartlar bilan belgilanadi. Ammo inson o‘z harakatlarida hech qachon to‘liq bo‘lmaydigan bilimlarga, shuningdek doim ham puxta o‘zlashtirilavermaydigan ko‘nikmalarga tayangani bois, harakat sxemadan og‘ishi ham mumkin. Harakatlarning rang-barangligi bilimlar va ko‘nikmalar to‘g‘ri sintez qilinmaganligi bilan belgilanishi ham mumkin. Ayni shu sababli ijtimoiy dunyo shu darajada rang-barang bo‘lib tuyuladiki, hatto xaos sezgisi yaratiladi va determinizmni indeterminizm bilan almashtirish istagi paydo bo‘ladi.

Download 5,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish