Maxsus Olimpiya o`yinlari – intellektual nogironligi bor odamlar uchun sport tadbirlarini tashkil etishga bag’ishlangan xalqaro tashkilotdir.
Tashkilot 1968 yilda CHikagoda jismoniy tarbiya o`qituvchisi Anna McGlone Burke tomonidan tashkil etilgan.
AQSH prezidenti Jon Kennedi singlisi YUnis Kennedi SHriver tashabbusi bilan maxsus olimpiya harakati paydo bo`ldi. 1957 yilda u Jozef Kennedi tashabbusi bilan jamg’arma tashkil qilindi. Jamg’arma ikki asosiy maqsadga ega: intellektual zaiflikning sabablarini aniqlash va jamiyatda aqliy nogironligi bo`lgan insonlarni davolash usullarini takomillashtirish.
1963-yilda YUnis va uning eri Sargent SHriver jamiyat uchun foydasiz deb hisoblangan odamlarning ahvolini o`zgartirishga qaror qilishdi. SHu maqsadda ular Merilenddagi uylarini o`zlarining qobiliyatlarini o`rganish uchun aqliy zaiflashuvi bo`lgan bolalar va katta yoshdagilar uchun sport lageriga aylantirdi. Ular bilan ishlashning dastlabki natijalari bu insonlarga qanchalik ko`p e’tibor va g’amxo`rlik qilinsa ilarning ichki salohiyati shunchalik namoyon bo`lishini ko`rsatib berdi. Aqliy zaiflashuvi bo`lgan insonlar turli sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarga qaraganda ko`proq qobiliyatga ega edi. 1968 yil iyul oyida Kennedy jamg’armasi tomonidan Anna Burke tomonidan tashkil etilgan Birinchi Xalqaro Olimpiya o`yinlari CHikagodagi harbiy maydonda o`tkazildi. SHu yilning dekabr oyida maxsus Olimpiya tashkiloti tashkil etildi, u xayriya tashkiloti maqomini oldi. Yillar davomida dunyoning 180 mamlakatidan uch milliondan ziyod kishi Olimpiya harakatining ishtirokchilariga aylandi.
1989 yilgacha o`yinlar AQSH Maxsus Olimpiya o`yinlari deb atalib kelindi.Keyin o`yinlar boshqa mamlakatlar tomonidan qabul qilinib Jahonda Maxsus Olimpiada deb nomlandi.
Musobaqalarni o`tkazish tamoyili
Maxsus olimpiadalar faqat intellektual nogiron kishilarni moslashtirish uchun o`tkaziladi. Musobaqalarda eng kuchlilarni aniqlash va sport rekordlarini o`rnatishga hech qanday maqsad yo`q.
Maxsus olimpiadamusobaqalarida ishtirok etish uchun biron bir sport yutug’ini ko`rsatishga hojat yo`q.
Butun jahon yozgi maxsus olimpiada - 2011 yil 25 iyundan 4 iyulga qadar YUnonistonning Afina shahrida bo`lib o`tdi. Ochilish marosimi Panathinaikosning tarixiy stadionida bo`lib o`tdi, o`yinlarning yopilish marosimi Olimpiya stadionida bo`li bo`tdi. O`yinlarda 7000 nafar sportchi, 8000 ta murabbiylar, 40 000 nafar qarindoshlari, 180 ta mamlakatning 3000 nafar OAV vakillari va 25000 nafar yordam beruvchi insonlar ishtirok etdi.
2010 yil 29 maydan 3 iyungacha Afina maxsus olimpiadadan oldingi Milliy o`yinlarga mezbonlik qildi va bu 2011 yildagi maxsuso limpiada o`yinlarining o`yinlariga tayyorgarligini tekshirishning birinchi bosqichiga aylandi.
2010 yil 7 oktyabr kuni Maxsus Olimpiya o`yinlarining mash’alasi Afina shahriga etib keldi va Gretsiya Prezidenti Karolos Papulyasga topshirildi.
Tasdiqlangan Sport turlari:
• Suvsportiturlari
• Engilatletika
• Badminton
• Basketbol
• Bovling
• Velosiped
• Otsporti
• xokkey
• Futbol
• Golf
• Gimnastika
• dzyudo
• Powerlifting
• Konkidauchish
• Elkanlisport
• Softball
• Stoltennisi
• Futbol
• Tennis
• voleybol
8-Mavzu. Moslashtiruvchi jismoniy tarbiyada ayrim hollardagi uslubiyatlar. Reja. 1.Harakat xususiyatlarining sifatlari buyicha 2.Harakat xususiyati faoliyati bo`yicha 3. Adaptiv sport turlarining asosiy shakllari
4.Garb davlatlarida adaptiv sport turlarini rivojlanishi. 5.Paralimpiya sport turlarini rivojlanish tarixi Nogironlarning jismoniy tarbiyasida bu tizimning barcha vositalari keng qo`llanilishi lozim, vaxolangki ayni paytda u yoki bu nogironlar guruhi uchun korrektsiyalash va kompensatsiyalash vazifalari qat’iy ravishda qayta ishlab chiqilishi va qo`llanishi kerak. Nogironlarning jismoniy tarbiya shakllarini quyidagicha tizimlashtirish maqsadga muvofiq.
Harakat xususiyatlarining sifatlari buyicha.) kuch-quvvat mashqlari b) tezkor mashqlar, v) tezlik-kuchlilik mashqlari, g) umumiy va maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun mashqlar, d) egiluvchanlikni rivojlantirish uchun mashqlar, e) muvozanatni rivojlantirish uchun mashqlar.
Harakat xususiyati faoliyati bo`yicha) tsikllik xususiyatdagi jismoniy mashqlar, b) atsikllik xususiyatdagi jismoniy mashqlar, v) atsikllik va tsikllik xususidagi jismoniy mashqlarni o`z ichiga oluvchi aralash mashqlar.
Turlar bo`yicha a) gimnastika mashqlari, b) suzish, v) sport va harakatli o`yinlar, g) turizm va sayohatlar, d) og’ir atletika va atletik gimnastika elementlari, e) engil atletika elementlari, z) eshkakli sport elementlari, i) velosport elementlari, k) mashqlar va nogironlar aravachasida o`yinlar va boshqalar.