O‘quv-uslubiy majmua bilim soxasi: 100000 Gumanitar Ta'lim soxasi: 110000 Pedagogika Bakalavriat yo’nalishi: 5112300 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya Tuzuvchi: Katta o’qituvchi D. Karimov jizzax–2021


Mavzu: Moslashtiruvchi jismoniy tarbiyada ayrim hollardagi uslubiyatlar



Download 424,67 Kb.
bet68/70
Sana19.03.2022
Hajmi424,67 Kb.
#501342
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
Adaptiv Majmuva

26 Mavzu: Moslashtiruvchi jismoniy tarbiyada ayrim hollardagi uslubiyatlar
Organizmning yaxlitligi (bir butunligi). Insonni evolyutsion rivojlanishini oʼrganish jaraѐnida, uning organizmini shartli ravishda koʼp sonli qismlarga – oʼz strukturaviy-funktsional xususiyatlari bilan xarakterlanadigan organlar, toʼqimalar, yacheykalarga boʼlganlar. Аmmo bu qismlar va ularning funktsiyalarini hammasi oʼzari bir-birlari bilan organizmni yaxlitligini va uni tashqi muhit bilan aloqasini taʼminlagan holda chambarchas bogʼlangan. Shu bilan birga har bir organizm ixtiѐriy tirik tizimni oʼzaro farqlaydigan: modda almashinuvi, oʼsishi, rivojlanishi, oʼzgaruvchanligi, vorisligi, reaktivligi, ishonchliligi singari alomat va xossalar toʼplamiga ega. Organizmning ishonchliligi ѐshga bogʼliq, vaqt oraligʼi davomida funktsional haѐt va rivojlanishning maʼlum mustahkamligini (turgʼunligini) saqlab qolish qobiliyatini anglatadi. U boshqarish elementlarining mavjudligi, funktsional egiluvchanlik, dinamiklik, buzilgan funktsiyalarning adaptatsiya qilish va kompensatsiyalash qobiliyati, gomeostatik regulyatsiya xarakteri bilan taʼminlanadi. Organizmning reaktsialarini amalga oshirishda tashkilotchilik rolini organizm yaxlitligi qurilishini va ushlab turishni taʼminlovchi moddiy baza sifatida neyrogumoral va immunal tizim oʼynaydi. Yaxlit organizmda strukturaviy-funktsional bogʼlanishni amalga oshiradigan markaziy koordinator asab tizimi hisoblanadi (Sarkisov D. S., Paltsev M. А., Xitrov N. K., 1995). Kasallik paytida, asab tizimi, oʼziga pategon faktorning taʼsirini qabul qiladi, kompensator jaraѐnlarning faolligini va koordinatsiyasini, 24 yaʼni patogen faktorning taʼsiriga qarshilikni tashkil qiladi (Serov V.V., 1992). Turli patologik jaraѐnlarda yaxlitlik va uning qismlarini oʼzaro taʼsiri, quyidagi umum maʼlum boʼlgan formula orqali aniqlanadi. «Har qanday kasallik – bu butkul organizmning azob chekishidir». Ushbu formula entsiklopediya va darsliklarni ajralmas postulati boʼlib qolgan va bu organizmni yaxlit tizim sifatida birligini taʼkidlaydi. Bugungi kunda, bu formula ancha chuqurroq talqin qilinmoqda. Gap faqatgina patologik jaraѐnlarni butkul organizmga salbiy taʼsiri toʼgʼrisida emas, balki biron bir organda lokallashgan kasallik organizmning yaxlit reaktsiyasi sifatida qaralishida ham, eng muhimi esa kasal organ tomonidan koʼrsatiladigan salbiy taʼsir, bir vaqtning oʼzida izdan chiqqan funktsiyalarni normallashtirish va patologik jaraѐnni bartaraf qilish maqsadida, sogʼlom organlarning funktsional faolligini oshirish uchun kuchli ragʼbat (stimul) boʼlib hisoblanishida ham bormoqda. Boshqacha aytganda, butkul organizm, hamma organlar va tizimlar sogʼlomlashish uchun kurashga safarbar qilinadi. Аgar organizm yaxlit butunligicha ogʼriydi (bitta joying ogʼrisa butun aʼzoi-badaning azob chekadijoning oʼsha yerda boʼladi) deyish qabul qilingan boʼlsa, xuddi shu organizmning oʼzi kasallikka qarshi hamma reaktsiyalarini ishga solgan holda, haѐtiy kuchlarni faollashtirgan holda yaxlitligicha kurashishini ham unutmaslik kerak. Shuning uchun buzilgan funktsiyalarni adaptatsiyasi va kompensatsiyasi muammosi – bu, eng avvalo, organizmning yaxlit tizim sifatidagi ishlashining muammosi. Oxirgi qoida, ayniqsa, adaptiv jismoniy tarbiya uchun muhim, chunki aynan ushbu jaraѐnlarda nogironlar bilan jismoniy tarbiya sohasidagi pedagogik faoliyatning biologik maʼnosi ѐtadi. Insonni nogironlikka olib kelgan har qanday patologiya, uni kelib chiqish sabablari va nozoologik shakllaridan qatʼiy nazar, soʼssiz 25 harakatlanish funktsiyalarida aks etadi. Nogironning kam harakatchanligi, uning noiloj oʼzini tutish shakli sifatida gipodinamiyaga va gipokineziyaga olib keladi. Ular, oʼz navbatida, ortidan bir qator negativ oqibatlarni: funktaional imkoniyatlarni va ishlash qobiliyatini pasayishini, ijtimoiy va oʼz-oʼzini muataqil tadbiq qilish shartlarining buzilishini, iqtisodiy va maishiy mustaqillikni yoʼqotilishini va bu, birinchi navbatda, chuqur emotsional stress vujudga kelishini «sudrab kiradi» (Dmitriev V.S., Somaeva G. N., Kiseleva Ye. V., 1993). Bundan tashqari, regulyator mexanizmlarining koordinatsiyasi (Solodkov А. S., 1996), kardio-respirator koʼrsatkichlarining pasayishi (Kurdibaylo S. F., 1993, 1996), ichki organlar faoliyati ritmining buzilishi, asab buzilishlari, adaptatsiob-kompensatorli imkoniyatlarni pasayishi taʼkidlanadi. Intellektni, eshitishni buzilishi, bola serobal paralichining oqibatlari singari anomaliyalar faqatgina, motorikaning va harakatlanish koordinatsiyasining buzilishiga emas, balki nogironni bilish va kommunikatsion faoliyatini keskin chegaralab qoʼyadigan nutq funktsiyasini ham buzilishiga olib kelishi mumkin (Dmitriev А. А., 1991;). Organizm reaktsiyalarining qonuniy zanjiri, salomatlik holatidagi turgʼun ogʼishlar taʼsiri ostida, ayrim tizim va organlarning, yaxlit ijtimoiy-biologik tizim sifatida butkul organizmning funktsional holatlarini oʼzgartiradi. Аdaptiv jismoniy tarbiya haѐtiy faoliyatning tabiiy stimuli sifatida, ratsional tashkil etilgan harakatlanish faolligi ѐrdamida, nogironning saqlash funktsiyalaridan, qoldiq salomatligidan, tabiiy jismoniy resurslaridan (zahiralaridan) va maʼnaviy kuchlaridan foydalanib organizmning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini va shaxsni jamiyatda oʼz-oʼzini mustaqil tadbiq qilishiga xizmat qilishi kerak. 26 Struktura va funktsiya. Biologik struktura – bu organizmning u ѐki bu qismlarini tuzilishi, maʼlum tartibda tashkil etilishi, shuningdek, ularning bir–biri bilan oʼzaro taʼsiri. Organizmda hamma narsa – turli moddalarning molekulalaridan boshlab to yaxlit organizmgacha tartibli tashkil etilgan va maʼlum strukturaga ega. Biologik funktsiya – bu faoliyat, yaʼni organizmning u ѐki bu strukturalarini va organizmni yaxlit butunligicha, oʼzini holati ѐki xossalarini fazo va vaqtda oʼzgarishidir. Turli strukturalar oʼz maxsus funktsiyalarini bajaradilar. Insonning evolyutsiyasi jaraѐnida funktsiyalar bir vaqtda maqsadga yoʼnaltiruvchanlik xarakteriga ega boʼla borib, strukturalar rivojlanishi va takomillashishi bilan birday rivojlandilar va takomillashib bordilar. Yashab qolishi maqsadga muvofiq boʼlgan struktura va funktsiyalar haѐtiy faoliyatning turli strukturaviy va funktsional darajalariga: molekulyar, subkletkali, kletkali, organli va tizimli struktura va funktsiyalarga birikdilar (Sarkisov D. S., Paltsev M. А., Xitrov M. А., 1995). Shu paytgacha struktura bilan funktsiyaning oʼzaro munosabati muzokara va munozara mavzusi boʼlib qolmoqda. Bu mazkur tushunchalarni toʼgʼri talqin qilish (tavsiflash) patologiya nazariyasi asoslarini yaratish uchun dastlabki maʼlumotlar sifatida xizmat qilishi bilan bogʼliq. Patologiya nazariyasining asoslari inson kasalligining etiologiyasi, patogenozi, morfogenezi, ularning rivojlanish qonuniyatlari, buzilgan funktsiyalarni kompensatsiyasi, diagnostikasi, profilaktikasi va boshqalar singari printsipial muhim muammolarni oʼz ichiga oladi. Fiziologik funktsiyalarning ierarxiyasi toʼgʼrisidagi tasavvurlarning rivojlanishi oddiy (elementar) struktura birliklarini bilishga nisbatan tezroq sodir boʼldi. Uslubiy xarakterdagi sabablarga koʼra, u yuzlab yillarga choʼzilib ketdi va hali ham tugallangan.

Download 424,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish