O‘quv-uslubiy majmua bilim soxasi: 100000 Gumanitar Ta'lim soxasi: 110000 Pedagogika Bakalavriat yo’nalishi: 5112300 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya Tuzuvchi: Katta o’qituvchi D. Karimov jizzax–2021


-Mavzu.Jismoniy tarbiyada inklyuziv taʼlim



Download 424,67 Kb.
bet40/70
Sana19.03.2022
Hajmi424,67 Kb.
#501342
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
Bog'liq
Adaptiv Majmuva

13-Mavzu.Jismoniy tarbiyada inklyuziv taʼlim
Reja:
1.Jismoniy tarbiyada inklygziv taʼlim va sogʼlomlashtirish texnologiyalarini rivojlantirishning dastlabki sharti. Moslashtiruvchi jismoniy tarbiya vazifalari va qoidalari.
2.Jismoniy tarbiya va sportda oʼquv-pedagogik ilmiy texnologiyalar.
3.Mashgʼulotlar jarayonida ruhiy-jismoniy yuklamalarni boshqarish.

Jismoniy tarbiyada inklygziv taʼlim va sogʼlomlashtirishning muvaffaqiyati, uning maqsadlari va mazmunini, shuningdek, ushbu maqsadlarga yerishish vositalari yaʼni, oʼqitish usullarini toʼgʼri belgilab olishga bogʼliq. Oʼqitish usullari deganda oʼqitish sogʼlomlashtirishning pedagogik maqsadlarini amalga oshirishni taʼminlovchi oʼqituvchi va talaba oʼrtasidagi muayyan tartibli, maqsadli munosabatlar tizimini tushuniladi. Jismoniy tarbiya jarayoni koʼp qirralidir. Bu jarayonda taʼlim ham, tarbiya ham beriladi. Jismoniy tarbiya jarayonida taʼlim berish harakat koʼnikmalari, malakalarini hosil qilish, takomillashtirishga qaratilgan boʼladi. Shu bilan birga, shugʼullanuvchilarni jismoniy rivojlanishiga taʼsir koʼrsatiladi. Tarbiyaning hamma turlarining birligi, ularning oʼzaro bir-biriga taʼsir oʼtkazishi tub pedagogik qonuniyatlaridan biridir. Aqliy, ahloqiy va yestetik tarbiyaning maʼlum tomonlari jismoniy tarbiya jarayoniga uzviy qoʼshilib ketgan. Jismoniy tarbiyaning insonni mehnat va harbiy tayyorgarlik, sogʼlomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillari jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillari hisoblanadi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya jarayoninig taʼlim va tarbiya tamoyillari ham qabul qilingan. Jismoniy tarbiyada harakatlarni birlashtirish va ularni mashq uslublari bilan yaxlit tartibda qoʼllash hollari boʼladi. Taʼlim va tarbiya qonuniyatlarini ifodalovchi yeng muhim boshlangʼich qoidalar tarbiya tamoyillari deb ataladi. Jismoniy tarbiya jarayonida umumiy pedagogik tamoyillar tadbiq qilinishi mumkin, chunki bu jarayon taʼlim va tarbiyaning xususiy hodisasidir. Jismoniy tarbiya sohasida xususiyatini aks yettirib, alohida ahamiyat kasb yetadi. Onglilik va faollilik tamoyili Har qanday taʼlim-tarbiya jarayonining muvaffaqiyati, tarbiyalanuvchilarning oʼzining bu ishga qanchalik ongli va faol munosabatda boʼlishlariga ham bogʼliqdir. Jismoniy tarbiya jarayoni vazifalarini toʼgʼri tushunish, ularni qiziqish bilan faol bajarish tarbiyaning borishini tezlashtiradi, hosil qilingan bilim, malaka va koʼnikmalarni chuqur takomillashtirish va ulardan xayotga ijodiy ravishda foydalanishga imkon beradi. Bu qonuniyatlar yeng avvalo onglilik va faollilik tamoyilining asosini tashkil yetadi. Jismoniy tarbiya jarayonida onglilik va faolilik tamoyili quyidagi asosiy yo`nalishlar boʼyicha qoʼllaniladi. Mashgʼulotlarning umumiy maqsadi va konkret vazifalariga nisbatan tushungan holda munosabatda boʼlishni va muhim qiziqishni tarkib toptirish. Onglililk va faollilik tamoyili jismoniy tarbiya mashgʼulotlarining maqsadini tushunish va jismoniy barkamollikning istiqbolini anglash va unga yetishni maqsad qilib belgilash bilan ifodalanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida beriladigan vazifalar maʼlum jismoniy mashqlar tarzida bajariladi. Maqsad va vazifalarni qanchalik tushunib olish shugʼullanuvchilarni yosh imkoniyatlariga va tayyorlik darajasiga bogʼliqligi oʼz-oʼzidan ravshandir. Shugʼullanuvchilarning harakatlari bajarilishini oʼqituvchi va murabbiylar nazorat qiladilar, baholaydilar va xatolarni tuzatib boradilar. Shunga qaramay shugʼullanuvchilarni oʼz harakatlarini oʼzlari baholashi va nazorat qilish qobiliyatini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Bunda harakatlarni oldindan xis qilish va sinash qoʼllaniladi. Shugʼullanuvchilarning faolliliklarini oshirishda ularning yerishgan yutuqlarini muntazam ravishda baholab va ragʼbatlantirib borish muhim rol oʼynaydi. Koʼrsatmalilik tamoyili Pedagogika tajribasida koʼrsatmalilik tarbiyalanuvchilarning koʼrish yeshitish va idrok yetish tuygʼulariga taʼsir yetib tarbiya vazifalarini amalga oshirish tushuniladi. Jismoniy tarbiya jarayonida koʼrsatmalilik muhim rol oʼynaydi, chunki shugʼullanuvchining faoliyati asosan amaliy harakterda boʼladi va sezgi organlarini har tomonlama rivojlantirishdek oʼzining maxsus vazifalaridan biriga yegadir. Jismoniy tarbiya jarayonida bevosita koʼrsatmalilik jismoniy mashqlarni namoyish qilib koʼrsatish, shuningdek, bu mashqlarni shaxsiy tajribada "his yetish" dan iboratdir. Bevosita koʼrsatmalilikka jismoniy mashqlar va harakatlarni amalda bajarib namoyish qilishni kiritish mumkin. Bavosita koʼrsatmalikka yesa birinchidan, rasm, sxema, maketlardan, kinogramma, videofilmlar va boshqa koʼrsatmali qurollardan, shuningdek, harakatlarning ayrim tomonlarini koʼrsatuvchi va ularning bevosita idrok yetishni osonlashtiruvchi har xil maxsus texnik vositalardan foydalanish, ikkinchidan, obrazli soʼz kiradi. Jismoniy harakatlarni oʼrganishda quyidagi uslubiyotga amal qilish kerak. Buning uchun mashq haqida toʼliq tushunchaga yega boʼlish va uni amalda bajarish his yetish lozim. Shuning uchun mashq haqida tushunchaga yega boʼlishda koʼplab koʼrgazmali vositalardan foydalanish mumkin. Harakatlarni amalda bajarishda yesa murabbiy tavsiyasi va yordami bilan bajarish kerak. hamda xatolarni oʼz vaqtida toʼgʼrilab borish zarur.Jismoniy tarbiya jarayonida koʼrgazmalilik tamoyili tarbiyaning umumiy shartlaridan hisoblanadi. Koʼrgazmalilikning hilma-xil shakllaridan foydalanish mashgʼulotlarga qiziqishni oshiradi, mustahkam bilim, mahorat va malaka hosil qilishga yordam beradi. Bajara bilish va individuallashtirish tamoyili Bajara bilish va individuallashtirish tamoyili tarbiyalanuvchilarning xususiyatlarini hamda ularga berilayotgan topshiriqning qanchalik qiyin yoki yengilligini ham hisobga olishni ifoda yetadi. Jismoniy tarbiyada taʼlim va tarbiya jarayonini shugʼullanuvchilarning imkoniyatlarini, yosh va jins xususiyatlarini tayyorgarlik darajasini shuningdek jismoniy va maʼnaviy qobiliyatlaridagi individual farqlarni ham hisobga olgan holda tashkil qilish lozimligini bildiradi.Jismoniy mashqlarni bajara olish, bir tomondan, shugʼullanuvchilarni imkoniyatlariga bogʼliq boʼlsa, ikkinchi tomondan, ularning oʼzlari uchun xos boʼlgan xususiyatlarga biror mashqni bajarish paytida sodir boʼladigan obektiv qiyinchiliklarga bogʼliq boʼladi. Oʼqituvchi bajara olish meʼyorini belgilar yekan, avvalo ilmiy maʼlumot va umumlashgan amaliy tajribalar asosida shugʼullanuvchilarning biror bir kontingenti uchun belgilanadigan dasturlarga va normativ talablarga asoslanadi. Shugʼullanuvchilar imkoniyatlari jismoniy tayyorgarlik mezonlari orqali sinash, tibbiy nazorat va pedagogik kuzatishlar bilan aniqlanadi. Bajara bilish tamoyilini koʼpincha oddiydan murakkabga, osondan qiyinga degan qoidalar bilan ifoda yetiladilar. Mashgʼulotlarni individuallashtirish yoki mashqlarni shugʼullanuvchilarning yosh, jins va jismoniy tayyorgarlik hamda imkoniyatlariga muvofiq oʼrgatish jarayoni oʼziga xos vosita va uslublarni talab yetadi. Organizmning funktsional imkoniyatlari doimo bir xil boʼlmaydi. Shuning uchun harakatlarni oʼzlashtirishda tafovutlar Bu tafovutlarning barchasi jismoniy tarbiyada harakat malaka va koʼnikmalarini shakllantirish, jismoniy mashqlarga oʼrgatish jarayonlarini qatʼiy moslashtirish yaʼni individuallashtirishni talab yetadi. Muntazamlilik tamoyili Muntazamlik tamoyili jismoniy tarbiya va sport mashgʼulotlarining shuningdek, jismoniy yuklama bilan dam olishni almashtirib turishning muntazamliligida namoyon boʼladi. Muntazam ravishda mashq qilishning samarasi beqiyos katta boʼladi. Jismoniy tarbiya jarayonining muntazamliligi asosan yuklama bilan dam olishni yeng qulay navbatlashuviga qay darajada bogʼliq yekani xususiyati bordir. Uzluksizlik-jismoniy tarbiya inson xayotining barcha davrlaridan uzluksiz davom yetadigan jarayondir. Jismoniy mashqlar bilan shugʼullanish tufayli organizmda sodir boʼladigan funktsional va tarkibiy oʼzgarishlar ziddiyatga uchrashi, paydo boʼlgan shartli reflektorli bogʼlanish soʼna boshlaydi, funktsional imkoniyatlarning yerishilgan darajasi pasaya boradi va hatto baʼzi regressiv oʼzgarishlar 5-7 kun mashq qilinmagandayoq bilinib qoladi. Jismoniy tarbiya jarayonida ixtisoslashtirilgan mashgʼulotlar muhim ahamiyatga yega boʼladi. Dastlab zaruriy harakatlar, xususan qoʼl harakatlari malaka va koʼnikmalar shakllantiriladi, keyinchalik oyoq va gavda harakatlari boʼlgan asosiy malakalar takomillashtiriladi. Bu bilan tanlangan sport turi boʼyicha ixtisoslashish yuzaga keladi. Jismoniy tarbiya jarayonida harakat malaka va koʼnikmalarini ijobiy koʼchishidan maksimal foydalanib salbiy koʼchishini yesa imkoniyat boricha bartaraf yetish zarur. Jismoniy yuklamalarni samarali natija berishi muntazamlilik tamoyilining bosh omillari hisoblanadi. Shuningdek, bunday mashgʼulotlardan soʼng aktiv va passiv dam olishning tashkil yetish zarur. Mashgʼulotlar va mashqlar izchilligi shugʼullanuvchilarning shaxsiy xususiyatlariga, mashgʼulotlar yo`naltirilishiga, hamda jismoniy yuklamalarning miqdori va tarkibi shuningdek taʼsir kuchiga bogʼliq boʼladi. Taraqqiyot tamoyili Bu tamoyil jismoniy tarbiya jarayonida shugʼullanuvchilarga qoʼyiladigan talablarning umumiy yo`nalishini ifoda yetadi va qiyinlashib boruvchi yangi-yangi vazifalarni qoʼyish va bajarishni, shular bilan bogʼliq boʼlgan yuklamalar xajmi va intensivligini asta-sekin oshirib borishni oʼz ichiga oladi. Jismoniy tarbiya ham mashgʼulotdan-mashgʼulotga, bosqichdan-bosqichga uzliksiz oʼzgarib borish yo`li bilan doimiy harakatda, oʼsishda boʼladi. Bunda mashqlarning murakkabligi ortib, taosir kuchining pasayib borishi harakterli belgi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning asosiy shartlari yengillik, individuallashtirish, tizimlilik tamoyillarini tahlil qilish ularning oʼzaro muvofiqdaligini koʼrsatadi. Talablarni oshirib borish yangi topshiriqlar va yuklamalarni bajarishga shugʼullanuvchilar tayyorgarligi muvofiq kelsa topshiriq va yuklamalar organizmining funktsional imkoniyatlariga mos kelsa, yosh, jins, individual xususyatlarga mos boʼlsa ijobiy natijalarga olib keladi. Mashqlarning almashinishi va oʼzaro aloqada boʼlishi bilan bogʼliq boʼlgan izchillik, mashgʼulotlarning muntazamliligi yuklama va dam olishning optimal almashinuvi ham asosiy shartlardan hisoblanadi. Organizm yuklamaga birdan, bir paytda koʼnikib qolmaydi, har xil muddatlar talab qilinadi. Yangi yuklamalar taʼsiriga moslashish uchun hammavaqt maʼlum muddat talab qilinadi. Yuklamalarning haftalik, oylik, yillik toʼlqinsimon tebranishi shakllarning konkret vazifa va sharoitlariga bogʼliqdir. Yuklamalarni toʼgʼri chiziqli ortishi ularning umumiy darajasi baland boʼlmagan holda foydalaniladi. Yuklamalarning bosqichma-bosqich orttirishda yesa jismoniy tayyorgarlik yoki mashq koʼrganlikni kuchaytirish vazifasi bajariladi. Jismoniy tarbiya uslublari. Jismoniy tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun taʼlim va tarbiyaning oʼrgatish kabi pedagogik uslublaridan keng foydalaniladi. Jismoniy tarbiya jarayonida hilma-xil uslublar qoʼllaniladi. Bu uslublar bevosita, his-tuygʼu bilan idrok yetishdan yoki soʼzdan, yoki amaliy harakat faoliyatidan foydalanishga asoslanadi. Yuklama va dam olish jismoniy tarbiya uslublarining oʼziga xos tarkibiy qismi hisoblanib, tarbiya jarayonida foydalaniladi. Yuklamani tashkil qilish va uni dam olish bilan qoʼshib bajarishning tartibi jismoniy tarbiya uslublari tuzilishining asosi boʼlib hisoblanadi. Yuklama samarasi uning hajmi va intensivligiga bogʼliqdir Qatʼiy reglamentlashtirilgan mashq usulublari harakatli mashqlarni qatʼiy reglamentlashtirilgan sharoitlarda koʼp marta qayta takrorlashdan iborat. Belgilangan harakat dasturida; yuklamaning qatʼiy normalashtirish va mashq jarayonida uning dinamikasini toʼla boshqarishda; dam olish intervalini qatʼiy tartibga solish va ularni belgilangan tartibda yuklama bilan navbatlashishida qatʼiy reglamentlashtirilgan mashqlar foydalaniladi.Harakatli mashqlar dastlab yaxlit va qismlarga boʼlib oʼzlashtirilishi mumkin. Harakat amallarini qismlarga boʼlib oʼzlashtirishda harakatlar tarkibiy yelementlarga boʼlinadi va ular navbat bilan oʼzlashtiriladi. Qatʼiy reglamentlashtirilgan mashq usuli ikki asosiy shaklga boʼlinadi. 1) mashqlarni qismlarga boʼlib, soʼng izchillik bilan birlashtirib bajarish 2) qismlarni tanlab chiqarib yuborish bilan bajariladigan yaxlit mashq.Oʼrganilgan harakatlardan takomillashtirish uchun foydalanish har xil boʼladi.Oʼyin uslubi Jismoniy tarbiya uslublarining samarali shakllaridan biri oʼyin uslubidir. Jismoniy tarbiyaning oʼyin uslubi quyidagi koʼrinishlarda boʼladi. Faoliyatni taqlid asosida tashkil yetish, bunda vaziyatning doimiy va koʼproq darajada bexosdan oʼzgarishi bilan maqsadga yerishish. Oʼyin syujeti atrof-muhitdan olingan biror tomoni obrazli ifoda yetishdan iborat boʼladi yoki jismoniy tarbiya talablariga asoslanib oʼynovchilarning harakat qilishlarining maxsus syujeti shakllanadi. Bunday holat koʼproq sport va harakatli oʼyinlarda uchraydi.Maqsadga yerishish usullarining hilma-xilligi va faoliyatning kompleks harakterda boʼlishi. Oʼyinda gʼalaba qilish mumkinligi bir harakatlarga bogʼliq boʼlmaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida oʼyinlar faoliyati kompleks shalda boʼladi. Yaʼni oʼyin jarayonida yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, itqitish kabi halma hil harakatlar bajariladi. Shuning uchun gʼalabaga yerishishda xilma-xil usullar va harakatlarning shakllari qoʼllaniladi.Shugʼullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishi, ularning tashabbus va chaqqonlik koʼrsatishlariga va oʼz harakat faoliyatlariga talablar qoʼyish. Oʼyinlar qoidasi oʼyin yo`nalishini belgilaydi, vazifalarni hal qilishda imkoinyatlar yaratadi, oʼyin davomida vaziyatni doimiy va birdan oʼzgarib turishi harakat qobiliyatlarini toʼla ishga solishga majbur qiladi. Shugʼullanuvchilar harakatining bir-biriga bogʼliqligi, yorqin yemotsionallik. Oʼyinlarda ishtirokchilar oʼrtasida aloqa oʼrnatiladi, oʼzaro hamkorlik va bir-biriga qarshi raqiblik ruhida boʼlish mumkin, qarama-qarshi fikrlar qiziqishlar toʼqnashganda ziddiyat vujudga keladi. Bu bilan oʼyin maqsadi hal yetiladi. Yuksak hissiy holat paydo boʼlib, ahloqiy fazilatlarni namoyon qilish imkoniyati yaratiladi.Musobaqa uslubi Jismoniy tarbiyada musobaqa-bellashuv usullari muhim ahamiyatga yega. Musobaqa keng tarqalgan ijtimoiy jarayon hisoblanadi. U hamma sohaga xos boʼlib faoliyat koʼrsatuvchilarni yuksak natijalarga yerishishga chorlaydi. Jismoniy tarbiya jarayonida musobaqalashish uslubi mashgʼulot oʼtkazishda ham mustaqil musobaqa shaklida ham tashkil yetilishi mumkin. Musobaqa uslubini harakterlovchi xususiyat birinchilik yoki yuksak natijaga yerishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir. Sport musobaqalarida raqiblarning bellashuvlari oʼyin holatiga nisbatan koʼproq namoyon boʼladi. Jamoalararo musobaqalar gʼalabaga yerishish uchun kurashga maʼsuliyat sezib, bir-biriga yordam berish jamoatchilik munosabatlari bilan tavsiflanadi. Musobaqa uslubining oʼziga xos xususiyatlari yuklamani meʼyorlash va shugʼullanuvchilar ustidan nazorat qilish uchun cheklangan imkoniyat beriladi.Musobaqalarning maqsadi, tartibi va oʼtkazish shartlarini reglamentlash yuklamani boshqarish uchun asos boʼladi. Faoliyatning aniq harakteriga muvofiq musobaqaning maqsadi va mazmuni namoyon boʼladi. Murabbiylar musobaqachilarning faoliyatiga yo`llanma berish bilan rahbarlik qiladi. Shuningdek, tavsiyalar musobaqa davomida ham berib boriladi. Lekin baʼzi sport turlarida murabbiylarning musobaqalarga aralashuvi man yetiladi. Musobaqalashish uslubining shu tomonlari oʼyin uslubiga oʼxshash boʼladi. Shunga qaramay musobaqa bilan oʼyin uslubining baʼzi bir jihatlari keskin farqlanadi. Musobaqalar tufayli jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanuvchilar oʼzlarining jismoniy tayyorgarligi va texnik taktik mahoratlari darajasini bilib boradilar. Bunday olib qaraganda musobaqalar jismoniy rivojlanishni nazorat qilish mezonlari boʼlib xizmat qila oladi.Nutq va koʼrsatmalilik uslublari Koʼrsatmalilik uslubi jismoniy tarbiya jarayonida oʼz taʼsir kuchiga yega boʼlib asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Koʼrsatmalilikning bavosita usulida mashgʼulotlar davomida plakatlar, rasmlar, sxemalar, kino va videofilmlar namoyish qilish bilan tashkil yetiladi. Shuningdek, bavosita koʼrsatmalik uslubida odam gavdasi modellari har xil mulyajlar, maketlar, yelektr yordamida harakatlanadigan nishonlar va boshqa texnik vositalar qoʼllaniladi.Nutqdan foydalanish uslublarining alohida xususiyati-tinglovchilarga asosan ikkinchi signal sistemasi orqali taʼsir yetish, voqelikni mulohazalar yuritish orqali tushuncha va xulosalarda qayta tiklashdir. Soʼzning bu xil vazifalariga qarab, nutqdan foydalanishning har xil uslublari qoʼllaniladi. Gapirib berish uslubi oʼrganiladigan xodisa va jarayonlarni shugʼullanuvchilarga ogʼzaki tasvirlab beriladi. Bu usul asosan ikki shaklda boʼlib qisqa va batafsil gapirib berishdan iborat boʼladi. Tushuntirish uslubi mashq bajarish davomida mashqni bajarib turib bajariladi. Koʼrsatma, buyruq berish ogʼzaki taʼsir yetish shakllaridan boʼlib unda fikr loʼnda buyruq shaklida ifodalanadi. Ogʼzaki baholash usulida shugʼullanuvchilar koʼrsatayotgan natijalarga baho berish shakli boʼlib bu bilan shugʼullanuvchilar ragʼbatlantiriladi yoki kamchiliklari va xatolari koʼrsatiladi. Ogʼzaki baholash usuli bilan shugʼullanuvchilarda jismoniy mashqlarni bajarishga yanada ishtiyoq va qiziqish shakllantirilishi kerak.Suhbat uslubida shugʼullanuvchilar bilan oʼrganilayotgan jismoniy mashq va harakatlar yoki umumiy jismoniy tarbiya va sport boʼyicha suhbat savol va javob shaklida muhokama qilinadi. Suhbatlar keng va yakka tartibda ham tashkil yetiladi.Talabalar jismoniy tayyorgarligni toʼgʼri rejalashtirib, nazorat qilib borilganda unumli natija beradi. jismoniy tayyorgarligni rivojlantirish “Jismoniy tarbiya” fanining oʼquv-uslubiy toʼplami doirasida amalga oshiriladi va uni jismoniy tarbiya kafedrasi tuzadi. Bu xujjatlarda jismoniy tayyorgarligning yo`nalishi, maqsadi, vazifasi, vositasi, uslubi va shakli aniq koʼrsatiladi. jismoniy tayyorgarlig har bir talabaning boʼlajak mutaxassisligi va jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olingan holda rejalashtirilsa, yuqori samara beradi. Bunda uchta reja tuziladi: koʼp yillik, bir yillik va bir oylik. Koʼp yillik reja butun oʼqish jarayoniga tuziladi. Bunda jismoniy tarbiya va jismoniy tayyorgarligning yo`nalishi, maqsadi, uslubi va shakli belgilanadi. Asosiy maqsad-talaba oliygohni tugatgandan soʼng prooʼessional ishga layoqatli boʼlishini taʼminlashdir.Bir yillik reja koʼp yillik rejaga oʼxshash, lekin uning mazmuni aniq va toʼliqdir. jismoniy tayyorgarligni rejasi oʼquv jarayonining xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi. Talabalar jismoniy tayyorgarligini tekshirish va baholash, ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini tekshirishdan maqsad tanlangan mutaxassisliklarga yordam berish.


Download 424,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish