O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi: 3


Boshqaruv qarorlari va ularni tuzish jarayoni, amalga oshirish



Download 2 Mb.
bet28/78
Sana23.04.2022
Hajmi2 Mb.
#576376
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
Bog'liq
2 5341633044870599389

5. Boshqaruv qarorlari va ularni tuzish jarayoni, amalga oshirish.
Tashkiliy qaror qabul kilayotgan yoki qarorni odamlar orqali bajarilishini ta’minlayotgan kishini menejer deb aytish mumkin. Qaror qabul qilish ham boshqaruv funktsiyasining tarkibiy qismidir. Menejerning barcha faoliyati qaror qabul qilishga yo’naltirilgandir. Har bir kishi va har bir rahbar kun davomida ko’plab qarorlar qabul qiladi. Qaror qabul qilish tajriba asosida asta-sekin rivojlanib boradigan jaryondir.
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi qabul qilinayotgan qarorlarga bog’liq bo’ladi.
Qaror – bu muqobilini tanlashdir. Bir necha variantlar ichidan eng maqbul bo’lgan variantni tanlashdir. Bitta muammo bo’yicha bir necha qarorlar ishlab chiqiladi va ulardan bittasi amalda qo’llaniladi.
Qaror qabul qilish rahbarning har kunlik ishining bir qismidir. Har bir qabul qilinadigan qaror ko’plab kichik qarorlardan iboratdir.
Boshqaruv qarori menejmentning bosh omili hisoblanadi, unda korxona, tarmoq taraqqiyotining butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolari kesishadi va bir joyda to’planadi. Boshqaruv qarorlarining samarasiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi:

  • Rahbariyatning yoki guruxning shaxsiy sifatlari;

  • Qarorni ishlab chiqishdagi axborot ta’minoti;

  • Tashkiliy harakterdagi omillari (qarorni ishlab chiqishda mutaxassislarni taklif qilish, usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga yetkazish shakli, nazorat tizimi va h.k.);

  • Texnik omillar (komp’yuterlar, texnik vositalaridan foydalanish va h.k.).

Bundan kelib chiqqan xolda boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:

  1. Qabul qilinadigan qarorning demokratligi.

  2. Ilmiy asoslanganlik.

  3. Aniq yo’naltirilganlik.

  4. Vaqt bo’yicha qisqalik.

  5. Qarorni bajarish operativligi.

Boshqaruv qarorlarining tasnifi.
Tashkiliy qaror - rahbar o’zi egallab turgan lavozim majburiyatlarini bajara borib amalga oshirishi lozim bo’lgan tanlovdir.
Tashkiliy qarorning maqsadi tashkilot oldiga qo’yilgan maqsad tomon harakatni ta’minlashdir. SHu sababli eng samarali tashkiliy qaror haqikatda ham amalga oshiriladigan va tashkilotning yakuniy maqsadiga erishishga hissa qo’shadigan tanlovdir.
Samarali qaror - bajarilishi mumkin bo’lgan qarordir.
Dasturlashtirilgan qaror ma’lum harakatlar va bosqichlar ketma-ketligini amalga oshirish natijasidir. Uni qabul qilish ma’lum hisob-kitoblar, dasturlardan iborat bo’ladi. Variantlar soni cheklangan bo’ladi. Masalan, tikuv tsexida ishlaydigan ishchilar soni bo’yicha qaror, ish haqi fondi bo’yicha qaror va h.k.
Dasturlashmagan qaror nisbatan yangi xolatlarda qabul qilinadi va hech qanday matematik hisob-kitoblarga asoslanmaydi, noma’lum omillardan iborat bo’ladi. Oldindan zaruriy bosqichlarni belgilab bo’lmaydi, qaror qabul qilish tartibi rahbar tomonidan yaratiladi. Masalan, mahsulot sifatini oshirish, bozor hissasini oshirish, rag’batlantirishni kuchaytirish singari tadbirlar bo’yicha qaror qabul qilish va shu singarilar.
Ratsional qaror o’tgan tajribaga asoslanmaydi va bog’liq bo’lmaydi. Ratsional qaror ob’ektiv analitik jarayon yordamida asoslanadi.
Boshqaruv faoliyatining samaradorligi nuqtai nazaridan qarorlar quyidagi turlarga bo’linadi: strategik va operativ qarorlar.
Strategik qaror - bu korxonaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan maqsad va missiyalarning shakllanishi bo’lib, ular uzoq muddatlarga mo’njallanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu qarorlar korxonaning faoliyatidagi yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni sillik o’tishini ta’minlaydi. Strategik qarorlar korxona, xudud, soha darajasida qarorlar jamiyatdagi yangi manbalar hisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishga yordam beradi.
Operativ qarorlar bu mohiyati bo’yicha xo’jalik boshqaruv qarorlaridir. Ular boshqariladigan ob’ektni uzluksiz ishlash jarayonini qo’llab-quvvatlashi uchun joriy shaxsiy muammolar bo’yicha qabul qilinadi. Bu qarorlarni rahbar maxsus tayyorgarliksiz yetarlicha tez qabul qiladi. Bunday qarorlarga xodimlarni ishga olish va bo’shatish, ularning ish haqlarini o’zgarishi, korxonani qishga tayyorlash haqidagi va shu kabi qarorlarni kiritish mumkin.
Harakat doirasi bo’yicha boshqaruv qarorlarini iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, texnik va texnologik qarorlarga ajratish mumkin.
Qarorlar ta’sir qilish yo’nalishi bo’yicha tashqi va ichki bo’ladi. Tashqi qarorlar boshqa darajaga qaratiladi, ichki qarorlar esa tashkilotning alohida bo’limlariga qaratiladi.
Boshqaruv qarorlari funktsional mazmuni bo’yicha iqtisodiy, tashkiliy, koordinatsion, rag’batlantiruvchi, boshqaruvchi va nazorat qarorlariga ham bo’linadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish