Tayanch konspekt Kolorimetrik metodlarni qo’llanib aniqlanayotgan moddaning biror bir reaktiv bilan o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’lgan eritma rangining intensivligi bo’yicha modda miqdori aniqlanadi.
Kolorimetrik aniqlashlarda tekshirilayotgan va standart eritmalar oddiy ko’z bilan solishtiriladi. Olingan rangli birikma haqiqiy eritma hosil qilishi va yuqorida ko’rsatilgan hamma shartlarni qanoatlantirishi kerak.
Kolorimetrik metodlar noma’lum eritmaning rangini standart eritma rangi bilan solishtirish usullari bilan farq qiladi. Bu metodlar bir nechta: 1. Standart qator metodi; 2. Tenglashtirish metodi; 3. Suyultirish metodi; 4. Kolorimetrik titrlash metodi.
Standart qator metodi. Bu metod hozirga qadar o’zining amaliy ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ishqama tiqinli qator kolorimetrik probirkalar olinib ularga turli ortib boruvchi miqdorda standart eritma quyiladi. Hamma kerakli reaktivlar qo’shiladi va bir xil hajmgacha suv bilan suyultiriladi. Standart qator yoki kolorimetrik shkala deb ataluvchi qator hosil bo’ladi.
Bir vaqtning o’zida shunday kolorimetrik probirkaga aniq o’lchangan miqdorda tekshirilayotgan eritma solinadi, standart qatordagi probirkalarga solingan reaktivlarni o’sha miqdorda solinadi va keyin o’sha hajmgacha suv bilan suyultiriladi. Tekshirilayotgan eritmali probirkadagi rang bilan solishtiriladi. Bir xil rangga moddaning bir xil miqdori to’g’ri keladi. Ba’zi hollarda, agar hosil bo’ladigan moddalar rangi uzoq vaqt saqlanadigan bo’lsa, kavsharlangan probirkalarda doimiy standart qator tayyorlanadi.
Standart qator metodi bir qator afzalliklarga ega: analiz qilishning oddiyligi va yetarli tezligi, Lambert-Ber qonuniga to’la buysunmaydigan rangli reaksiyalarni qo’llash mumkinligi, bu metodda vaqt o’tishi bilan boradigan reaksiyalar qo’llanilishi mumkin.
Rang tenglashtirish metodi. Bu metod Lambert-Ber qonuniga asoslangan, bu qonunga binoan rangning intensivligi bir xil bo’lgan ikki eritma qavatining balandligi konsentrasiyalariga teskari proporsionaldir. Tekshirilayotgan eritma ustuni balandligini o’zgartirish bilan eritmalar rangini tenglashtirishga erishiladi. Keyin:
formuladan foydalanib tekshirilayotgan eritmadagi modda miqdorini aniqlash mumkin.
Rangli tenglashtirish metodi bo’yicha kolorimetrik aniqlashlarni Gener silindrlarideb ataluvchi silindrlarda yoki kolorimetrlarda olib borish mumkin. Rangli (standart yoki tekshirilayotgan) eritmalari o’lchov kolbalarida tayyorlanadi