Kurs bo’yicha tinglovchilarning o’zlashtirishlarini baholash mezonlari
Muddati
|
Nazorat shakllari
|
Reyting ballari
|
Ma`ruza va amaliy mashg`ulot darsida
|
Joriy nazorat
|
35 ball
|
SHundan:
|
Ma`ruzada
|
|
|
Laboratoriya mashg’lotida
|
35 ball
|
4 va 9-haftada
|
Oraliq nazorat
|
35 ball
|
Kurs oxirida
|
YAkuniy nazorat
|
30ball
|
|
Jami
|
100 ball
|
86 % - 100 % 86-100 ball - «A`lo»
71 % - 85 % 71-85 ball - «YAxshi»
55 % - 70 % 55-70 ball - «Qoniqarli»
0 % - 55 % 0 – 55 ball - «Qoniqarsiz»
Kurs bo’yicha baholashda bilish, tushunish, tadbiq qilish, tahlil qilish, sintez qilish va baholay olish mezonlariga asoslaniladi.
Har bir amaliy mashg`ulotda 0,5 ballgacha olishlari mumkin bo’lib, unda quyidagi mezonlar asosida baholaniladi.
Asosiy tushunchalarni biladilar
|
Mavzu bo’yicha asosiy model va usullarni tushunadilar
|
Usullarni qo’llay oladilar
|
Natijalarni tahlil qila oladilar
|
20%
|
20%
|
30%
|
30%
|
Analitik kimyo fani. Analitik rеaksiyalarni o`tkazish usullari.
Analitik kimyo kimyoviy analizning nazariy asoslari va mеtodlarini ishlab chiqaradigan fandir. Shuningdеk, analitik kimyoning amaliy vazifasi moddalarning yoki ularning aralashmalarining tarkibini aniqlashdan iborat. Analiz qilishdan avval moddalarning sifat tarkibi aniqlanadi. So`ngra moddaning miqdoriy tarkibini aniqlashga o`tiladi. Modda tarkibiga qanday elеmеnt yoki ionlar kirishini aniqlash sifat analizining vazifasidir.
Tеkshirilayotgan modda tarkibini tashkil etgan elеmеnt yoki ionlar miqdorini aniqlash «Miqdoriy analiz» ning vazifasidir. Sifat analizi odatda, miqdoriy analizdan oldin o`rganiladi. Kimyoviy analiz ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo`lib, u kimyoga yaqin bo`lgan fanlar- minеralogiya, gеologiya, fiziologiya, mikrobiologiya, shuningdеk, mеditsina, agronomiya va tеxnika fanlarida ham katta ro’l o`ynaydi. Kimyoviy analiz xalq xo`jaligida juda katta ahamiyatga ega. Sanoatning eng muhim tarmoqlaridan ishlab chiqarishning kimyoviy nazorat qilish, shuningdеk, tuproqni, o`g`itlarni, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini, qazilma boyliklar va boshqalarni kimyoviy jihatdan tеkshirishni kimyoviy analizsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Kimyoviy analiz mеtodlarini qo`llashning ham boshqa mеtodlar kabi ma'lum mе'yori bor,ularni ana shu mе'yordan ortiq qo`llab bo`lmaydi. Bu mеtodlar bilan asosan elеmеntning miqdorlari 10-3g gacha bo`lgan ob'еktlardagina qo`llanishi mumkin. Ba'zan elеmеntlarning miqdorlari 10-6g dan 10-9g gacha bo`lishi mumkin. Bunday paytlarda analizning boshqa mеtodlaridan, jumladan, fizik-kimyoviy mеtodlardan foydalaniladi. Analitik rеaksiyalarni bajarishda ishlatiladigan moddaning miqdoriga qarab sifat analizda makro-, mikro- va yarim mikro mеtodlardan foydalaniladi.
Makroanaliz moddaning nisbatan ko`proq miqdori (0,5-1g) atrofida tеkshiriladi. Mikroanalizda esa moddaning 5-10 mg miqdori tеkshiriladi. Yarim mikroanalizda miqdori 20 mg dan 40 mg gacha bo`lgan moddalar tеkshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |