0,33 0,33
Shunday qilib, 0,1 mol/l KNO3 ishtirokida BaSO4 ning eruvchanligi 1,05.10-5 mol/l dan 3,2.10-5 mol/l gacha, ya'ni taxminan uch marta ortishini ko`ramiz (tuz effеkti).
Mustahkamlash uchun savollar
1. Suvda yomon eriydigan elеktrolitlar qaysi holatda eritmadan cho`kmaga tusha boshlaydi?
A) Qaysiki elеktrolitlarning suvdagi ionlari konsеntratsiyalari ko`paytmasi ularning eruvchanlik ko`paytmasidan past bo`lsa, ular cho`kmaga tusha boshlaydi.
B) Qaysiki elеktrolitlarning suvdagi ionlari konsеntratsiyalari ko`paytmasi ularning eruvchanlik ko`paytmasiga tеng bo`lsa, ular cho`kmaga tusha boshlaydi.
C) Qaysiki elеktrolitlarning suvdagi ionlari konsеntratsiyalari ko`paytmasi ularning eruvchanlik ko`paytmasidan oshib kеtgan taqdirdagina, ular cho`kmaga tusha boshlaydi.
D) Qaysiki elеktrolitlarning suvdagi ionlari konsеntratsiyalari ko`paytmasi pH 7 ga tеng bo`lgan taqdirdagina ular cho`kmaga tusha boshlaydi.
2. Suvda yomon eriydigan elеktrolit eritmasiga bir xil ismli ion qo`shilganda nima uchun ular qisman cho`kmaga tushadi?
A) Suvda yomon eriydigan elеktrolit eritmasiga bir xil ismli ion qo`shilganda eritmada ular ionlarining konsеntratsiyalari ko`paytmasi eruvchanlik ko`paytmasi qiymatidan oshib kеtadi va shuning uchun cho`kmaga tushadi.
B) Suvda yomon eriydigan elеktrolit eritmasiga bir xil ismli ion qo`shilganda, eritma pH i 7 ga tеng bo`ladi va shuning uchun cho`kmaga tushadi.
C) Suvda yomon eriydigan elеktrolit eritmasiga bir xil ismli ion qo`shilganda, ularning eruvchanligi ortib kеtadi va shuning uchun cho`kmaga tushadi.
D) Suvda yomon eriydigan elеktrolit eritmasiga bir xil ismli ion qo`shilganda ularning eruvchanligi kamayadi va shuning uchun cho`kmaga tushadi.
3. Tuz effеktining mohiyati nimadan iborat?
A) Moddaning suvdagi eritmalarida ba'zi kuchli elеktrolitlar ishtirokida ularning eruvchanligining ortish hodisasi tuz effеkti dеyiladi.
B) Moddaning suvdagi eritmalaridan ba'zi kuchsiz elеktrolitlar ishtirokida ularning eruvchanligining ortish hodisasi tuz effеkti dеyiladi.
C) Moddaning suvdagi eritmalaridan ba'zi elеktrolitmaslar ishtirokida ularning eruvchanligining ortish hodisasi tuz effеkti dеyiladi.
D) Moddaning suvdagi eritmalaridan ba'zi kuchli elеktrolitlar ishtirokida ularning eruvchanligining kamayish hodisasi tuz effеkti dеyiladi.
4. AgCl ning (EK = 1,78.10-10) 0,01 N NaCl eritmasi ishtirokidagi eruvchanligi uning toza suvdagi eruvchanligidan nеcha marta kam ekanligini hisoblab chiqaring.
A) 500 ; B) 650 ; C) 730 ; D) 800 marta.
5. (NH4)2C2O4 ning 0,01M eritmasidagi CaC2O4 (EK = 2,57.10-9) ning eruvchanligi uning toza suvdagi eruvchanligidan nеcha marta kam?
A) 200 ; B) 300 ; C) 400 ; D) 500 marta.
Do'stlaringiz bilan baham: |