O’quv-uslubiy majmua 5140300-Kimyo va ekologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun Tuzuvchi – kimyo fanlari nomzodi



Download 3,65 Mb.
bet111/271
Sana29.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#591850
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   271
Bog'liq
Analitik kimишланма харитаси

Suyultirish metodi. Bu metodda bitta kolorimetrik probirkada ma’lum miqdorda standart rangli eritma tayyorlanadi va suv bilan ma’lum hajmgacha suyultiriladi. Bir vaqtning o’zida boshqa probirkada aniqlanayotgan moddaning rangli eritmasi tayyorlanadi va suv bilan o’shanday hajmgacha yetkaziladi. Probirkalarni sut rangli shisha ekrani bor shtativga qo’yiladi. Rangi intensivroq ko’ringan eritmani suv bilan shu vaqtgacha suyultiriladiki, toki ikkala eritma rangining intensivligi butunlay bir xil bo’lishi kerak. Eritmaning suyultirishdan so’ng hajmi o’lchanadi,
Tekshirilayotgan eritmaning konsentrsiyasini



Formula bilan hisoblanadi.
Bunda Ctek va Cst – tekshirilayotgan va standart eritmalarning konsentrasiyalari; Vtek va Vst- bu eritmalarning bir xil rangga keltirilgandan so’nggi hajmi.
Fotoelektrokolorimetrik metod vizual kolorimetriyaga nisbatan ob’ektivroq va aniqroq natijalar berishi mumkin. Aniqlashga turli markadagi fotoelektrokolorimetriya (FEK) ishlatiladi.
FEK ning ishlash prinsipi quyidagicha: Nur oqimi suyuqlikdan o’tganda qisman yutiladi. Nur oqimining qolgan qismi fotoelementga tushadi, u yerda ampermetr yordamida qayd qilinadigan elektr toki vujudga keladi. Eritma konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa, uning optik zichligi va nurni yutish qarajasi shuncha katta bo;ladi va demak, fotoelementda hosil bo’ladigan tokning kuchi shuncha kam bo’ladi.
Fotoelektrokolorimetrning ishlash sxemasi quyidagicha: Nur manbai – cho’g’lanuvchi lampadan nur oqimi uni ikki oqimga bo’luvchi va yassi ko’zgularga yunaltiruvchi prizmaga tushadi. Ko’zgular nurni ikkita parallel oqimlar ko’rinishida qaytaradi. Nurning parallel oqimlari nur filtrlagichdan o’tadi va eritma solingan kyuvetalarga tushadi. Birinchi kyuvetaga erituvchi, ikkinchi kyuvetaga esa tekshirilayotgan eritma solinadi. Nur kyuvetalardan o’tganda qisman yutiladi. Kyuvetalardan chiqqan nur oqimlari suriluvchi diafragmalardan o’tibko’zgulardan qaytadi, orqasida fotoelement bo’lgan oq rangli shishaga tushadi. Suriluvchi diafragmalar ularga birikkan hisob olinadigan barabanlar aylanganda tirqish kengligini o’zgartiradi va fotoelementga tushayotgan nur oqimining intensivligini o’zgartiradi
Eng ko’p tarqalgan fotokolorimetrlardan biri FEK -56M dir.
FEKda o’lchashni quyidagi tartibda bajariladi.
1.Chapdagi kyuveta tutqichga erituvchili kyuveta, o’ngdagisiga – bitta o’ringa tekshirilayotgan eritma solingan kyuveta, ikkinchi o’ringa erituvchi solingan kyuveta qo’yiladi;
2.O’ngdagi nur yo’liga tekshirilayotgan eritma solingan kyuveta qo’yiladi
3.Parda ochiladi, bunda mikroampermetr strelkasi noldan chetlashadi, chapdagi hisob olinuvchi barabanni o’zimizdan oldinga qarab burab mikroampermetr strelkasi nolga keltiriladi.
4.Parda berkitiladi.
5.Kyuveta tutqichining bandi yordamida kyuvetani o’ng kyuveta tutqichiga shunday o’zgartiriladiki, o’ngdagi nur dastasi yo’lida eritma solingan kyuveta joylashgan bo’lsin.
6.Tasodifiy xato qilmaslik uchun takroran yana ikki marta o’lchanadi. Hisoblashga bir- biridan kam farq qiluvchi takrorlanadigan natijalarni olish mumkin.
7. Darajalovchi egri chiziqli ko’rsatgich yoki jadval bo’yicha aniqlanayotgan modda miqdori topiladi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish