O’quv-uslubiy bo’lim tоmоnidаn ro’yхаtgа оlingаn



Download 309,83 Kb.
bet11/71
Sana31.12.2021
Hajmi309,83 Kb.
#221209
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
УЗБЕК ТИЛИ СОХАДА КУЛЛАНИЛ МАЖМУА

Savol va topshiriqlar

1.Atamalarning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

2. Kasb- hunarga oid so`zlar qaysi uslubga tegishli?

3.Bo`lajak kasbingiz haqida matn tuzib, uni badiiy uslubda ifoda eting.


Alisher Navoiy zamondoshlari ta’rifida…

Alisher Navoiy ijodi va shaxsiga hamma zamonlarda qiziqish katta boʻlgan. Hatto u kishi haqida koʻplab afsonasifat hikoyalar ham toʻqilgan. Ulugʻ mutafakkirning shaxsi, tutumi, feʼl-atvori haqida yaqqolroq tasavvur hosil qilish uchun avvalo hazratning asarlarini, u zotga zamondosh boʻlgan adiblarning xotiralarini sinchiklab oʻqish zarur. Quyida buyuk bobokalonimiz bilan bir davrda yashagan mualliflarning asarlaridan parchalar berilyapti. Ular Alisher Navoiyning beqiyos fazilatlari va shaxsiyati haqida soʻzlaydi.

 Bu mashhur va oliy darajali amirning buyuk otasi zamonasining mashhur kishilaridan va Chigʻatoy ulusining ulugʻlaridan va sulton Abulqosim Bobur bahodir hukmronligi davrida sultonning yaqin kishisi boʻlib, mamlakatni idora qilish va davlatga kafillik uning inon-ixtiyorida edi. Benihoyat fozilligidan hamma vaqt oʻgʻliga fazilat oʻrgatdi, tamom himmatini saodatmand farzandini ilm-hunar bezaklari bilan ziynatlash hamda hidoyat nurlari bilan ravshan qilishga sarf qildi… Ul buzrukvorning tirishib qilgan harakati behuda ketmadi va otasidan keyin nodiri davronlik, izzatu tamkinlik kursisida qaror topdi. Ul ulugʻ amir yuqorida zikr etilgan magʻfiratli podshoh zamonida, uning hashamati va ulkan himmati bilan, hamma vaqt fazilat orttirishga intildi, fazl egalarining suhbatini topdi, karamli taʼbi va oʻtkir zehni sheʼr aytish, oʻtmish tarixni oʻrganishga qaratildi. Yoshlik paytidayoq, ikki til egasi: turkiyda sohibi fan, forsiyda fazl egasi boʻldi.

 Davlatshoh Samarqandiy “Tazkirat ush-shuaro”da yozishicha:”… Xayr-u ehson, latofat va koʻngil zarofati bobida amir Alisherning tengi yoʻqligidan jahongir podshoh1ning xotiri hammavaqt unga moyil boʻlib, ulugʻlik, vazirlik va amirlik martabasini unga inʼom etdi. Soʻzning qisqasi shulki, avval ul hazrat ulugʻ muhrni amir Alisherning qoʻliga tutqazdi va ul amir bir necha vaqt muhrdorlik lavozimida qoyim turib, xizmatkorlik poyasini yuqori osmondan ham oʻtkazdi. Bir necha vaqtdan keyin, bu mansabni tark etish bobida iltimos qilib, bu lavozimga amir Ahmad Suhayliyni tayin qilishni iltimos qildi. Xoqoni Mansur uning bu iltimosini qabul qildi, lekin hijriy 876 yili shaʼbon oyida (1472 yil yanvar oyida) bandanavoz podshoh ul vojib ul-atob amirni amorat mansabi bilan sarfroz qilmoqchi boʻldi. Amir Nizomuddin Alisher avval bu mansabni qabul qilmay dediki, men endi ulugʻ ostona ichkilari qatoridaman, ulugʻ mansab egasiman, osmon qadar taxt amirlarining barchasidan yuqoriroq oʻrinda oʻltiribman. Bordi-yu, amorat mansabiga mutasaddi boʻlsam, barlos va orlot amirlaridan baʼzilari turaga binoan mendan yuqori oʻltiradilar. Bas, bu amirlarga kafil boʻlmoq mansabimdan pastroqdir.

Xoqoni Mansur uning bu uzrini qabul qilib, bagʻoyat inoyatidan “barlos umarosidan amir Muzaffar barlosdan boshqa biron kimsa amir Alisherdan avval muhr bosmasin”, degan humoyun hukm chiqardi. Shundan keyin amir Alisher mamlakat ochuvchi hoqon raʼyini rioya qilib, amorat mansabini qabul qildi, tilladoʻz chopon, navroʻziy kuloh kiyish bilan faxr topdi. Ammo xoqoni Mansurning pokiza koʻngli shu ediki, amir Alisher vojib ul-izʼon farmoniga koʻra boshqa amirlardan yuqori muhr bossa, lekin ul janobning qoʻliga maʼlum soatda muhr bossin uchun nishon berganlarida, nafsi siniq boʻlganidan va bagʻoyat ulugʻ tavozuliligidan, nishonning shunday joyiga muhr bosdikim, undan tubanroqqa muhr bosishga joy qolmadi… Bu voqea surati xosu avomning imtihoniga sabab boʻlib, islompanoh podshohning eʼtiqodini oshirdi. Keyin sof koʻngillik amirning muhri bosilgan yer muhrga ega boʻlgan har bir mansabdor orasida talash boʻldi va ularning har biri oʻsha yerga muhr bosish ishtiyoqida boʻldi…”




Download 309,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish