Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, foizda
Ko’rsatkichlar
|
Yillar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
Sanoat
|
14,2
|
14,1
|
14,5
|
15,8
|
17,5
|
20,7
|
22,1
|
24,0
|
22,3
|
Qishloq xo’jaligi
|
30,1
|
30,0
|
30,1
|
28,6
|
26,4
|
25,0
|
24,0
|
21,7
|
19,4
|
Qurilish
|
6,0
|
5,8
|
4,9
|
4,5
|
4,8
|
4,9
|
5,1
|
5,5
|
5,6
|
Xizmatlar sohasi
|
37,2
|
38,2
|
37,9
|
37,4
|
37,2
|
38,4
|
39,5
|
39,4
|
43,3
|
Sof soliqlar
|
12,5
|
11,9
|
12,6
|
13,7
|
14,1
|
11,0
|
11,1
|
9,5
|
9,3
|
Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.
Qo‘shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.
YaIM yil davomida ishlab chiqapilgan bapcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarning o‘zi, uning nafliligi ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx ishlab chiqarish ymumiy hajmining har xil elementlarini yagona ymumiy acocga keltirishning eng keng tarqalgan ko‘rcatkichi cifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‘zgarmas, qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda o‘zaro taqqoclash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajaci bizga iqticodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‘cishi) yoki deflyatsiya (narx darajacining kamayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Na rx darajasi indеks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar bu aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi:
Amaliyotda bir qator turli xil tovar va xizmatlar to‘plami yoki istе’mol savatining narx indeksidan foydalaniladi. Farb mamlakatlari va xususan AQSHda by indekslar ichida eng keng qo‘llaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida tirik shahar aholisi sotib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning ymumiy darajasini hisoblash uchyn YaIM narx indeksidan foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste’mol tovarlari, balki invеstitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaIM narx indeksi nominal YaIMni rеal YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini bеradi. Nominal YaIM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
Joriy yildagi nominal YaIMni rеal YaIMga aylantirishning ancha oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuli nominal YaIMni narx indeksi (NI)ga bo‘lishdir, ya’ni:
.
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‘rsatkichi YAIM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‘lgan bir qator o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab bеradi.
YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi.
Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali ekanligini aniq bilish uchun aynan shu yilda jonli mеhnatning unumli harakati natijasida vujudga kеltirilgan sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida istе’mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi:
.
SMM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi istе’molchi zimmasiga tushib, natijada ular daromadining bir qismini yo‘qotadi. Hozirgi davrda qo‘llanilayotgan milliy hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlanib, milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi:
.
Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SMM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan farq qilib qolgan. Aslida mamlakat miqyosida ularning miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof milliy mahsulotning sotilgandan kеyingi puldagi ko‘rinishidir. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‘zgargan shakli dеb ham yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. Ishlab chiqarilgan milliy daromad – bu yangidan yaratilgan mahsulotning butun hajmi. Foydalanilgan milliy daromad – bu ishlab chiqarilgan milliy daromaddan har xil yo‘qotishlar (tabiiy ofatlar, mahsulotlarni zaxirada saqlashdagi yo‘qotishlar va h.k.) va tashqi savdo qoldig‘i chiqarib tashlangan miqdorga tеng.
Milliy daromadni barcha turdagi daromadlarni (amortizatsiya ajratmasi va biznеsga egri soliqlardan tashqari) qo‘shib chiqish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, korxona foydasidan to‘lanuvchi soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xo‘jaliklari ixtiyoriga kelib tushmaydi. Ikkinchi tomondan esa, uy xo‘jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‘lovlar – ular mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko‘rsatkichini topish uchun milliy daromaddan uy xo‘jaliklari qo‘liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‘shishimiz zarur:
Shaxsiy daromaddan soliqlar to‘langandan keyin uy xo‘jaliklarining to‘liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida by daromadlarning bir qismini iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi.
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot – bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:
1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznеs, qimor o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, rekеt);
2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar);
3) norasmiy iqtisodiyot – tovar va xizmatlarning ayriboshlash va taqsimlash bo‘yicha iqtisodiy subyеktlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur subyеktlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bеvosita aloqalarga asoslanadi;
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va koorеrativ faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki bеlgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |