Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Qo‘shilgan qiymatni aniqlash jami ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg‘i, matеriallar qiymatini chеgirish orqali amalga oshiriladi. Biz YaIMni hisoblashning mazkur usuliga tеgishli ba’zi tushunchalar (masalan, takroriy hisob, oraliq mahsulot) va shartli misollarni darslikning 2-bobida ko‘rib chiqqan edik. Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |