I. KIRISH
O‘zbekiston Prezidentining 2021-yilga bag‘ishlangan Oliy Majlisga va xalqqa
murojaatnomasida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab:
• oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200
nafar yoshlarga Prezident granti ajratilishi, oliy ta’lim muassasalariga kirish
imtihonlari natijalarini aks ettiruvchi yagona elektron reyestrning shakllantirilishi;
• oliy ta’lim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida
o‘qiyotgan oilalarga imtiyozli ta’lim kreditini berish;
• oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni – 25 foizga, ehtiyojmand oilalar
farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni – 2 baravarga oshirilishi;
• xususiy oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti
berish tizimi joriy etilishi ta’kidlandi.
Bu esa, oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini yanada adolatli, xolis va
shaffof o‘tkazish orqali puxta bilimli yoshlarning o‘qishga qabul qilinishini
ta’minlashni talab etadi.
Zero, ryespublikamiz oliy ta’lim muassasalariga iqtidorli yoshlarni tanlab olish,
ularga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy
masalalaridan biridir.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish,
iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan
ta’minlash uchun abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish test sinovlarini takomillashtirish,
uning adolatli, xolis va shaffof o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida bir qator
hukumat qarorlari qabul qilingan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Respublika
oliy
ta’lim
muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 16-noyabrdagi PQ-3389-son, “Oliy ta’lim
muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarorlari,
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini
yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori shular
jumlasidandir.
O‘quv-seminar dasturi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining
bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizom talablarini to‘laqonli bajarilishini ta’minlashga hamda test
sinovlari jarayonini xolis va ochiq o‘tishini kafolatlashga qaratilgan.
Bunda test sinovlarini tashkil etish va nazoratini ta’minlashga mas’ul xodimlarni
tanlab olish va puxta tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |