Rahbarning tayyorlanishi, ma’ruzani tayyorlash. Konferensiyaga yakun yasash.
"O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari” mavzusi bo‘yicha konferensiya o‘tkazish metodikasini ko‘rib chiqamiz. Bu konferensiya dasturi shunday bo‘lishi mumkin.
1. Musiqiy kirish qismi: Harbiy mavzudagi qo‘shiq. O‘qituvchi yoki yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan o‘quvchilardan birining kirish so‘zi.
2. Ma’ruzalar:
a) "O‘zbekiston Respulikasi Qurolli Kuchlari qurilishi prinsiplari”
b) "Qurollangan kurash olib borishda harbiy qo‘mondonlar, armiya, xalq ommasining tutgan o‘rni”.
v) "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari doimiy jangovar tayyorligining mazmuni nimada”
g) "O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktirinasi”
d) "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish –O‘zbekiston fuqarosi burchi”
e) "Vatan himoyasiga tayyorlanamiz”.
3. YAkuniy so‘z. Musiqali xotima, Harbiy qo‘shiq.
Kirish so‘zida konferensiya boshlovchisi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topishi va rivojlanishining muhim prinsiplarini ochib beruvchi aniq dalillarni ko‘rsatib berishi kerak. Ularning xalq, yangi davlat va jamiyat tizimi bilan yaqin aloqasi; armiya va xalq birligi: Har qanday bosqinchilikni qaytarishga doim tayyorligi; kadrlar bilan ta’minlash, harbiy va siyosiy rahbarlik yagonaligi, yuqori intizom haqida gapirib o‘tadi.
Kirish so‘zida o‘qituvchi muhokama etiladigan asosiy dunyoqarash g‘oyalarini ochib berishi, qiziquvchanlik psixologik vaziyatni yuzaga keltirishi, o‘quvchilarni munozaraga munosabatlarini bildirishni taklif etishi kerak.
Asosiy ma’ruzalarda Kurolli Kuchlar rivojlanishi prinsiplari, hayotiy muhimligini ko‘rib chiqish lozim.
Ko‘rilayotgan masalalar mazmunlari kengligi, chiqishlarning yorqinligi, konferensiya o‘tayotgan muhitning ta’sirchanligi bilan moslashishi kerak. Bunga misol keltirilgan plakatlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Respublikamiz Qurolli Kuchlari, harbiy burch, Vatan himoyasi haqida maqolalar, "O‘z vatanimizni kurashlarda himoya qildik”, "Otalar jasoratini unutma” stendlari, urush yillari ashulalari va harbiy vatanparvarlik mavzusidagi zamonaviy mualliflar ijodi bilan tanishish, o‘quvchilar kayfiyatini ko‘tarishga yordam beradi.
Bularning hammasi konferensiyani yorqin emotsional tus olishiga ta’sir ko‘rsatadi. Emotsional ta’sir kuchayishiga konferensiyadagi yozuvchi, olimlar, Qurolli Kuchlar faxriylari, baynalminal (tinchlikparvar) jangchilar ishtiroki yordam beradi.
Konferensiyaning samarali o‘tishi uning ishtirokchilar ongi, hissiyoti, irodasiga ta’sir etish bilangina cheklanib qolmaydi. Uni o‘tkazish yakunlarini muhokama qilish lozim, buning uchun o‘quvchilarga shunday savollarbilanmurojaatetishmumkin:
1. Konferensiya o‘tkazishda nimalar eng foydali va qiziqarli deb hisoblaysiz?
2. Sizningcha qaysi savollar noaniq, to‘la ochilmay qoldi?
3. Bunday konferensiyalar o‘tkazishni takomillashtirish bo‘yicha Sizlarning takliflaringiz?
SHu kabi konferensiya materiallarini saqlab qolish va qayta ishlab chiqish, ulardan darslarda nazariy holatni ko‘rsatuvchi illyustratsiya sifatida, konferensiya nitajalariga bag‘ishlangan stendlar tayyorlashda foydalanish zarur.
O‘quvchilar Harbiy vatanparvarlik taribyasining barcha shakllari o‘zaro bog‘langan holda bir – birini to‘ldirishi va boyitishi, shuningdek yoshlarni xalqqa cheksiz muhabbati, mustaqil O‘zbekiston himoyasiga tayyorlik ruhida tarbiyalashning eng keng tarqalgan va amaldagi vositalari orasidan mavzuviy kechalar, urush va mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar, nazariy va kitobxonlar konferensiyalari, ijtimoiy – siyosiy o‘qishlar joy olishi katta ahamiyat kasb etadi.
Harbiy vatanparvarlik tashviqotining u yoki bu shakllarini rejalashtirishdan avval qatnashchilar yoshi, ma’lumoti, mehnat faoliyati turiga ko‘ra auditoriya tarkibini o‘rganib chiqish lozim. Bu xususiyatlarni hisobga olmasdan samarali targ‘ibot va tashviqotga erishib bo‘lmaydi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida tinglovchilar tomonidan mazmunni o‘zlashtirilish natijasi «CHaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” o‘qituvchisining uslubiy mahoratiga bog‘liq. U doimiy ravishda o‘z bilimi ustida ishlashi, uslubiy mahoratini takomillashtirishi zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |