O’quv savollari kirish. Asosiy qism



Download 0,59 Mb.
bet2/3
Sana21.01.2022
Hajmi0,59 Mb.
#396457
1   2   3
Bog'liq
COVID 19pandemiyasining paydo bo’lishi va unga qarshi vaksina

2019-yil koronavirus infeksiyasi (COVID-19) — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Kasallik ilk marotaba 2019-yilda Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi va global miqyosda tarqalib, 2019–2020-yillardagi koronavirus pandemiyasini keltirib chiqardi. Kasallik yuqori harorat, yoʻtal hamda nafas olishni mushkullashishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlar mushaklar ogʻrishi, balgʻam ajralishi hamda tomoq ogʻrishi kuzatiladi. Virus yuqtirganlarning aksarida yengil simptomlar yuzaga kelsa-da, ayrim bemorlarda kasallik ogʻir pnevmoniya hamda bir necha organ faoliyatining ishdan chiqishiga olib keladi. Diagnoz qoʻyilgan holatlar orasida oʻlimlar koʻrsatkichi oʻrtacha 3,4 foizni tashkil qiladi. 20 yoshga toʻlmaganlar orasida bu koʻrsatkich 0,2 foizni, 80 yoshdan oʻtganlar orasida 15 foizni tashkil qiladi.

Kelib chiqishi va tashxis

COVID-19 koronavirus infeksiyasi odatda shaxsdan-shaxsga yoʻtal va aksa berish davomida chiqariladigan tomchilar orqali yuqadi. Virusni yuqtirgandan keyin kasallik simptomlar yuzaga kela boshlagunicha oʻrtacha 5 kun oʻtadi. Bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Tashxis qoʻyishning standart uslubi burun boʻshligʻi yoki tomoqdan olingan suyuqlikni teskari transkripsiyali polimeraza zanjiri reaksiyasi (inglizchaReverse transcription polymerase chain reaction (rRT-PCR)) yordamida tekshirishdan iborat. Shuningdek, bemorga simptomlar, risk unsurlari hamda pnevmoniya belgilarini aniqlash uchun kompyuter tomograf yordamida tashxis qoʻyish mumkin.

Oldini olish va boshqarish

Infeksiya oldini olish uchun qoʻllarni tez-tez yuvish, boshqalardan uzoqroq masofada boʻlish hamda yuzni qoʻllar bilan ushlamaslik tavsiya qilinadi.  Niqoblardan foydalanish esa hamma uchun emas, balki virusni yuqtirganini shubha qilayotganlar hamda ularga qarayotganlargagina tavsiya qilinadi. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat yoʻq. Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash, izolyatsiya hamda eksperimental choralardan iborat.

Epidemiologiyasi va tarixi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2019–20-yilgi koronavirus epidemiyasini pandemiya hamda xalqaro sogʻliqni saqlash favqulodda holati (inglizchaPublic health emergency of international concern (PHEIC)) deya belgiladi. Jahon boʻylab virusning mahalliy tarqalishi (yaʼni, virus oʻchogʻiga bormagan shaxslar oʻrtasida tarqalishi) holatlari qayd etildi.

COVID-19 pandemiyasi Oʻzbekistonda ilk bor 15-mart 2020-yilda tasdiqlangandan soʻng tarqalishni boshladi. Ushbu ilk holat Fransiyadan qaytayotgan Oʻzbekiston fuqarosida aniqlandi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligida jabrlanuvchi bilan aloqada boʻlgan va ularning karantini rejalashtirilgan odamlar roʻyxati mavjud. Ushbu holatlar eʼlon qilingach, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev Qozogʻistonda favqulodda holat eʼlon qildi va zudlik bilan Oʻzbekiston bilan chegarani yopdi. Koronavirusning birinchi holatidan ikki kun oldin, Oʻzbekiston Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga parvozlarni toʻxtatdi. 22-mart 2020-yilda Oʻzbekiston Toshkentdagi kompaniyalarga masofadan turib ishlashni, shuningdek himoya niqoblarini majburiy taqib yurishni buyurdi. 27-mart 2020-yilda mamlakatda birinchi oʻlim 72 yoshli ayol boʻlganligi haqida xabar berildi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish