VI-sinfda“O‘zbekiston tarixi” fanida (68 soat hajimda) Eng qadimgi tuzumdan sivilizatsiya sari, O‘rta Osiyo boblari o‘rganiladi.
“Jahon tarixi” 68 soat hajimda eng qadimgi davrlardan milodning V asrining ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davridagi jahon tarixi o‘rganiladi. Qadimgi Sharq va Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim boblari o‘rganiladi.
VII-sinfda: O‘zbekiston tarixi 102 soat hajimda mamlakatimiz tarixining IV asridan XVI asrigacha bo‘lgan quyidagi boblar o‘rganiladi: O‘rta asrlarda yerga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi, O‘rta Osiyoning arablar tomonidan fath etilishi, xalq qo‘zg‘olonlari, Movarounnahrda mustaqil davlatlarning tashkil topishi, Vatanimiz xalqlarining mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi ozodlik kurashlari, Amir Temur va temuriylar davlati haqida ma'lumotlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |