1.
Melioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublarini amalga oshirish vazifalari.
1.2. Melioratsiyada ilmiy izlanishlar uslublarini fanining predmeti maqsad va
vazifalari.
Dala tajribasi dehqonchilikdagi turli masalalarni tadqiq etishning asosiy
uslubidir. Dala tajribasining asosiy vazifalari laboratoriya, vegetatsiya, lizimetr va
kichik maydonlardagi tadqiqotlar natijalaridan foydalanib, turli tabiiy va xo„jalik
sharoitlarida ishlab chiqarishga joriy etish uchun o„rganilayotgan yangi usul yoki
ekinlarni parvarishlash texnologiyalariga qiyosiy ilmiy-agrotexnik va iqtisodiy
baho berishdan iborat.
Hozirgi vaqtda chigit 60 va 90 sm. li qator oraliqlarida, shuningdek, plyonka
ostiga ekilmoqda. G„o„zani parvarishlash, hosilini barvaqt etishtirishning turli
texnologiyalari, paxta terimida zamonaviy yangi mashinalar qo„llanilmoqda. Dala
tajribasini joylashtirish uslubiyati davrning bu kabi talablariga mukammal javob
berish kerak.
Har bir dala tajribasi natijalarining ilmiy qimmati va joriy etishga loyiqligi
ularni joylashtirish va olib borish sharoitlariga qo„yilgan ma‟lum uslubiy talablarga
qat‟iyan amal qilinishiga bog„liq.
Dala tajribalari tajriba uchastkalari dalalarida ekinlarni etishtirishning u yoki
bu omillari va usullarini alohida-alohida va birgalikda chuqurroq o„rganish
12
maqsadida har bir viloyat tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib o„tkaziladi.
Ayrim omillar alohida holda batafsilroq, ko„pincha boshqa tadqiqot uslublari bilan
bog„lab o„rganiladi. Ko„pchilik hollarda tajribalar nisbatan katta bo„lmagan
maydonchalarda olib boriladi.
Ishlab chiqarish sharoitida maydonchalar hajmini sezilarli darajada
oshirishga asos yo„q. Bunda tajribalar asosiy va muhim hisoblangan, boshqa
variantlarga nisbatan yaxshi natija bergan variantlar kiritilgan soddaroq tizimda
o„tkaziladi. Ular texnik jihatdan ishlanib bo„lingan tadbirlar hamda ularning
birikmalarini iqtisodiy va tashkiliy-xo„jalik nuqtaiy nazardan baholashda juda
muhimdir.
Dala tajribalari qisqa muddatli, ko„p yillik va uzoq muddatli bo„lishi qisqa
muddatli tajribalar 3 yildan 10 yilgacha, ko„p yillik tajribalar 10-15 yil, uzoq
muddatli tajribalar 50 yil va undan ko„proq davom etishi mumkin.
Qisqa muddatli tajribalar yil sayin o„zgarib turadigan paykallarda 3-4 yil
davomida olib boriladi. Asosiy paykallarda esa, tajriba 4-10 yil davom ettiriladi.
Ko„p yillik va uzoq muddatli, bir omilli yoki ko„p omilli tajribalar ekinlarni
etishtirishda
qo„llanilayotgan
yangi
texnologiya
tadbirlari
tuproqning
unumdorligiga, suv-fizikaviy, kimyoviy xossalari va undagi biologik jarayonlarni,
etishtirilgan hosil va uning sifatiga ta‟siri va keyingi ta‟sirini chukur o„rganish
imkonini yaratadi.
Ko„p yillik va uzoq muddatli tajribalar dehqonchilikning fundamental
(nazariy) masalalarni echish hamda o„simliklar hayot jarayoni va hosildorligi
amlga oshirilgan tadbirlar, tuproqqa ishlov berish texnologiyalari, ekinlarni
parvarishlash agrotadbirlari va boshqa omillar ta‟sirini aniqlash imkonini beradi.
Qishloq xo„jaligi mashinalari, mexanizmlari va me‟yoriy dala agrotexnikasini
qo„llash imkoni mavjudligi dala tajribalarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Dala tajribasi uchun er tanlash va uni tayyorlash.
Tajriba uchun o„tmishi
(3-4 yilgi dala tarixi) ma‟lum bo„lgan paykal ajratilishi lozim.
13
SHu narsa aniq bo„lishi kerakki, ajratilayotgan erda so„ngi yillar davomida
(3 yildan kam bo„lmagan davrda) bir xil meliorativ ishlar amalga oshirilgan, bir xil
ekin etishtirilgan, tuprog„iga bir turdagi ishlov va o„g„itlar barilgan bo„lsin.
Ilgari turli xo„jalik maqsadlarida foydalanilgan dala ma‟lum tayyorgarliksiz
tajriba uchun olinishi mumkin emas (masalan, bir qismiga o„g„itlar ko„p solingan,
unda tubdan er tekislash ishlari o„tkazilgan, yo„l o„tgan yoki imoratlar, tomorqalar,
mollar uchun ko„ra va b.k. bo„lgan dala).
SHunday qilib, tajribaga ajratilgan erning barcha qismida tuproq
unumdorligi qariyib bir xil, relfi tekis yoki qiyalik darajasi teng bo„lishi kerak. U,
shuningdek, maydoni hajmiga ko„ra, g„o„za-beda, g„o„za-g„alla ekinlarini
parvarishlash, paxta va g„alla hosilini yig„ishtirib olishda mexanizatsiya
vositalaridan foydalanish imkonini berishi lozim.
Iloji boricha tajribaning barcha variantlarini tuprog„i bir xil yoki bir-biriga
yaqin maydonlarda joylashtirishga erishish zarur.
Tajriba xo„jaliklarida uncha katta bo„lmagan maydonlar uchrab turadi.
Ularni asta-sekin yiriklashtirish kerak. Tuproq unumdorligi faqat ayrim
qismlardagina (masalan, uvatlar tekislanganda, eski ariqlar ko„milganda va b.q.)
birmuncha o„zgargan maydonda tajriba o„tkazish uchun, tekislangan uvatlar,
ko„milgan ariqlar o„rni tajribaning himoya yo„lagiga ajratilgani ma‟qul. Himoya
yo„lagiga bunday erlar bir necha yil davomida ajratilishi kerak.
Er tubdan tekislanganda tuproq yuza qatlami unumdorligi keskin o„zgaradi.
Bunday holda yiriklashtirilayotgan maydonni tajriba qo„yish uchun maxsus
tayyorlash talab etiladi. Buning uchun maydonga muvozanatlashtiruvchi ekinlar
(beda, qoplovchi ziroatlar) ekish bilan birga, o„g„itlar tabaqalashtirilgan
me‟yorlarlarda solinadi yoki tekislangan er usti tuproqning ustki, unumdor qismi
bilan qayta yopiladi.
Sug„orishda tuproq bir tekis namlanishini ta‟minlash maqsadida tajriba
dalasining yuzasi yaxshilab tekislanishi kerak. Bunday tekislash uchun maxsus
nivelirlash asos bo„ladi.
14
Tajribadan bo„shagan paykalni yana tajriba o„tkazish uchun bir yil
o„tmasdan ajratib bo„lmaydi, ayrim hollarda, ayniqsa, o„g„itlarning turli me‟yorlari
bo„yicha o„tkazilgan tajribalardan so„ng bundan ham kechroq ajratish kerak.
Ushbu muddat davomida maydonga birorta ekin ekilib, bir xil ishlov va bir
me‟yorda o„g„it berilgani ma‟qul.
Bunday ekinlar muvozanatlashtiruvchi ekinlar bo„lib, zarur hollarda ularni
tegishli erlarda ekib, o„stirish ikki-uch yil va bundan ham ko„prok davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |