O’quv qo’llanma


Moddiy ishlab chiqarish sohasidagi byudjet xarajatlari



Download 157,29 Kb.
bet20/32
Sana11.07.2022
Hajmi157,29 Kb.
#776651
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
urdb uzl bdb6f

Moddiy ishlab chiqarish sohasidagi byudjet xarajatlari



  • Rejali ma’muriy iqitsodiyotda moddiy ishlab chiqarish sohasi davlat mulki bo’lgan va davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlangan. Bozorga o’tishda, bozor iqtisodiyotida moddiy ishlab chiqarish sohasida boshqa mulkchilik shakllari paydo bo’ladi. Natijada davlatning bu sohaga xarajatlari hissasi qisqaradi.

  • Korxonalar moliyasi - davlat moliya tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblanadi. Chunki, faqat moddiy ishlab chiqarish sohasida jamiyat yalpi ichki mahsuloti yaratiladi, markazlashtirilgan pul mablag’lari jamg’armalariga qayta taqsimlanish tartibida kelib tushadigan va byudjet tizimi daromadlarining asosiy qismini ta’minlaydigan dastlabki pul jamg’arilishi yuz beradi.



    1. chizma 1991-2002 yillarda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tuzilmasi





2-jadval 1991-2002 yillarda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tuzilmasi(%)

Xarajatlar

1991

1992

1993

1994

1995

1996

1997

1998

1999

2000

2001

2002

X.s.h.*

X.s.h.

X.s.h.

X.s.h.

X.s.h.

X.s.h.

X.s.h.

X.s.h.

X.s.h.

X.s.h.

X.s.h.

X.s.h.

Xarajatlar, jami

100

100

100

100

100

100

100

100

100

100

100

100

shu jumladan





































1. Ijtimoiy- madaniy tadbirlar xarajatlar

26,2


35,4


37,8


43,4


35,3


34,0


31,4


34,8


37,1


40,4


39,8


40,3


2. Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari

26,9


25,0


19,4


8,0


10,2


11,2


9,9


10,6


6,8


10,4


8,5


7,5


3. Xalq xo’jaligiga xarajatlar

3,7


5,5


10,6


7,3


12,2


12,2


11,7


10,8


10,8


9,7


8,7


8,7


4. Davlat kapital qo’yilmalarini moliyalash xarajatlari

11,4


6,3


5,7


10,3


18,8


19,8


21,9


22,6


22,6


21,3


17,9


14,4


5. Davlat boshqaruv organlari va sud organlarini saqlash

0,9

1,7

2,6

2,7

2,9

2,9

2,2

1,8

2,2

2,3

2,3

2

6. Ma’muriy organlarni saqlash

-


-


-


13,7


10,7


10,7


12,8


12,2


12,1


-


-


0,5


7. Undirma tarmoqlar korxonalari xarajatlarini qoplash

4,9

10,5

11,0

10,4

4,4

-

1,4

1,2

1,5

-

-

-

8. Boshqa turli xarajatlar

25,9

6,0

1,0

4,2

5,5

9,2

8,7

7,0

7,1

18,9

23,2

25,5

Taqchillik (YaIMga nisbatan solishtirma hissasi)

3,6

12,5

3,1

4,1

2,8

2,0

2,5

3,1

3,0

2,8

1,5




Moddiy ishlab chiqarish sohasi korxonalari rivojlanishini moliyalash o’z mablag’i (asosan amortizatsiya foydasi) , bank sohasi va moliya bozoridan jalb etilgan pul mablag’lari, byudjetdan va nobyudjet jamg’armalaridan ajratiladigan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi.


Keyingi yillarda korxonalarni moliyalash manbalari tuzilmasida byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ancha qisqargani holda o’z manbalari xissasi o’sib bordi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar moliyasi bank krediti va o’z-o’zini moliyalash printsiplariga tayanadi.
Keyingi yillarda byudjet resurslarining anchagina qismi iqtisodiyotdagi davlat sektoridagi kapital qo’yilmalarini moliyalashga yo’naltirilmoqda.
Moddiy ishlab chiqarish sohasida xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish xajmlarining qisqarishi O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan davlat mulkini xususiylashtirish va ko’p ukladli iqtisodiyot asoslarini yaratish siyosati bilan bog’liq. Bunga qo’shimcha holda yana bir qancha sabablarni ko’rsatib o’tish mumkin:

  1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning sheriklari va davlat oldida olgan majburiyatlarini bajarish uchun to’liq mulkiy javobgarlik joriy qilinganligi munosabati bilan korxonalarni dotatsiyalashning asta sekin to’xtatishi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida O’zbekiston bu sohani moliyalash saqlanib qoldi, ikkinchi bosqich moliyalash siyosatidan investitsiyalash siyosatiga o’tish bilan tavsiflanadi.

  2. Markazlashtirilgan kapital qo’yilmalarning qisqarishi va korxonalarni xususiylashtirish hisobiga ishlab chiqarish qo’yilmalarida davlat ishtirokining qisqarganligi.

  3. Ko’pgina oziq-ovqat va sanoat tovarlari bo’yicha narxlardagi farqlarni qoplashga ilgarigi dotatsiyalarning bekor qilinganligi.

  4. Byudjet mablag’larini sarflashda qattiq tejamkorlik. Bunga iqtisodiyotni barqarolashtirish va uni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan har qanday chiqimlarni xarajatlar tarkibidan chiqarib tashlash bilan birga ajratilgan byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishni nazorat qilish bilan erishildi.

Real investitsiyalar korxonalarning ildam rivojlanishini ta’minlaydi va quyidagi vazifalarni hal qilish imkoniyatlarini yaratadi:

    1. Moliyaviy va moddiy resurslarni jamg’arish hisobiga o’z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish;

    2. Yangi korxonalar barpo etish;

    3. Biznesning yangi sohalarini o’zlashtirish natijasida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash.

Xozirgi davrda kapital qo’yilmalar maqsadli dasturlarni moliyalashga yo’naltirilmoqda. Bu esa moliyaviy resurslarni xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirishning eng muhim yo’nalishlarida to’plash imkoniyatlarini yaratadi
Xozirgi davrda ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash aksariyat hollarda qaytarish asoslarida raqobatchilik bo’yicha joylashtiriladigan o’zini tez qoplaydigan kommertsiya loyihalarini moliyalashda ko’zga tashlanadi. Bu esa investitsiya sohasiga xususiy investorlarning qo’shimcha mablag’larini jalb etish va davlatning tijoratni moliyalash amaliyotini yanada kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
O’zbekistonda bir qator tumanlar energetikasini rivojlantirish, tibbiyot sanoati, transport, aloqa, agrosanoat kompleksi va boshqalarni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqarish sohalariga qaytarilmaydigan investitsiyalashning eng muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda.
Iqtisodiyotning muhim sektorlaridan biri - agrosanoat majmui hisoblanadi. Uning o’ziga xos xususiyatlari va mamlakat hayotidagi o’rni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va davlat tomonidan tartibga solish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Bunday o’ziga xos xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • qishloq xo’jaligini ishlab chiqarishning mavsumiy xarakteri;

  • asosiy ishlab chiqarish vositalari - er, lekin uning holati doimo o’zgarib turadi;

  • ishlab chiqarish tsiklining nisbatan uzoq davom etishi (sanoat tsikli bilan birga tabiiy tsiklni ham o’z ichiga oladi);

  • sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlariga narxlarda disparitetning mavjudligi;

  • erlarni quritish, sug’orish, ishlab turgan melioratsiya tizimlarini qayta qurish, er sifatini yaxshilash va boshqalar bilan bog’liq kapital xarajatlarning kattaligi, bu esa qishloq xo’jaligi mahsuloti tannarxi va narxiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.

Bunday o’ziga xos xususiyatlar agrosanoat majmuini rivojlantirishni iqtisodiyotni qayta qurishning eng muhim ustuvor yo’nalishiga aylantiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish bilan asosan yangi tashkiliy shakldagi korxonalar - xo’jalik shirkatlari, dexqon xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari va boshqalar shug’ullanadilar. Agrosanoat majmuini byudjetdan qo’llab - quvvatlash quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi;





  • fermerlikni rivojlantirishni moliyaviy qo’llab-quvvatlash, agrosanoat majmuida bozor munosabatlarini rivojlantirish;

  • ijtimoiy infratuzilmani qo’llab-quvvatlash, uy-joy qurilishi, sog’liqni saqlash, maktablar, maktabgacha tarbiya muassasalari ob’ektlarini qurish, yo’llar qurilishi;

  • erlarni melioratsiyalash va melioratsiya tizimlarini saqlash;

  • er unumdorligini oshirish bo’yicha ishlar;

  • qayta ishlash korxonalarini qurish va qayta jihozlash.

Agrosanoat majmuini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi agrar sektorda tuzilmaviy o’zgartirishlarni amalga oshirishni ta’minlashi, dexqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi pasayishni qisqartirish riskiga, ularni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga, qayta ishlash sanoatini qo’llab-quvvatlashga yordam berish zarur.



Download 157,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish