Bank elektron tizimiga qo’yiladigan talablar.
Komp’yuter tizimiga talablarni ifodalashdan avval tizimdan kim foydalanishi, bundan kim foyda olishi, tizimda qanday axborot ishlanishini aniqlab olish zarur. Agar komp’yuter tizimi kutubxona kitobxonlariga xizmat ko’rsatishni avtomatlashtirish uchun tashkil etilsa, aviachiptalar sotishni avtomatlashtiruvchi tizimga qaraganda boshqaroq talablar qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan bank elektron taxlil qilamiz. Tizim foydalanuvchilari bank xodimlari bo’lib, ular hisoblash texnikasi va informatika bo’yicha mahsus kasbiy ta’limga ega emas. Ular uchun komp’yuter asosiy ishi uchun qo’shimcha yordamchi instrument. Shuning uchun asosiy talablardan biri – nokorrekt harakatlardan himoyalanganlik (nokorrekt arakat deganda mutaxassislar tizim dasturiy ta’minotidagi nuqtai nazaridan xato hisoblangan apparatura va harakatlanish, masalan, boshqa tugmani bosish tushuniladi). Lekin ayni vaqtda bunday tizimlar foydalanuvchi bilan do’stona interfeysga ega bo’lishi, ya’ni foydalanuvchilar uchun maksimal tushunarli va qulay bo’lishi lozim. Bank tizimlarida saqlanuvchi va qayta ishlanuvchi axborot o’zida real pullarni aks ettiradi. Bank tizimlaridagi axborot katta sondagi odamlar va tashkilotlar - bank mijozlari manfaatlariga aloqadordir. Qoida bo’yicha u konfidentsial va bank o’z mijozlari oldida talab qilingan darajadagi mahfiylikni ta’minlash uchun javobgarlikka ega bo’ladi. Tabiiyki, mijoz bank uning manfaatlari haqida qayg’urishi shartligini ko`tishga haqli, aks holda bundan kelib chiqadigan oqibatlar tufayli bank o’z nufo`zini yo’qotadi. Shuning uchun bank tizim turli to’xtalish va qasddan harakatlardan maksimal himoyalangan bo’lishi lozim.
Axborot texnologiyalari hayot sikli rasmda tasvirlangan.
Savdo hajmi
Vaqt
Rasm. Axborot texnologiyalarining hayot sikli.
Bank elektron tizimlarining texnik ta’minoti
Bank faoliyatini avtomatlashtirishning mavjud tizimlarini to’rt avloddan biriga kiritish mumkin.
Lokka tarmoqqa ulanmagan IBM PC turidagi shaxsiy EHM asosida qurilgan tizimlar. Ma’lumotlar alohida fayllarda saqlanadi, ma’lumot ayirboshlash disket darajasida amalga oshiriladi.
Lokal tarmoqqa ulangan, «intellektual ishchi stantsiyalar - fayl-server» sxemasi bo’yicha tashkil etilgan. IBM PC rusumli shaxsiy EHM Lar tizimi. Intellektual terminal rejimidagi ShEHMlar oddiy terminalning barcha funktsiyalarini ta’minlaydi, lekin axborotni joyida qayta ishlash qobiliyatini saqlab qoladi va hatto ishlashning avtomat rejimiga chiqadi (ya’ni o’z resurslariga ega avtomatlashtirilgan ishlash joylari (AIJ)).
Ixtisoslashtirilgan ilovalar serveri asosiga qurilgan tizimlar, ya’ni ko’p vazifalari, ko’p foydalanuvchili tizimlar ta’siri ostida ishlab, «mijoz-server» rejimida ishchi stantsiyalarga xizmat qiluvchi yuqori mahsuldor EHMlar.
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchi tizimlar, ularda, masalan, Asosiy idora va filial EHMdagi axborotlarni qayta ishlash yagona faylda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |