O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar



Download 0,96 Mb.
bet60/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Geotsentrik dunyo haqidagi tasavvur Yer miqyosidagi obektlarga daxldor nazariyalarning umumlashtirilishi natijasida yuzaga kelgan. Unda, aynan Yer dunyosi andoza va negiz sifatida qabul qilinadi. Geotsentrizm talimotiga ko‘ra, moddiy tizimlarning atributlari barcha darajalarda biz Yer sharoitida duch keluvchi atributlar bilan bir xil bo‘ladi. Geotsentrizm makon, vaqt, sifat, sababiyat va boshqa atributlar ontologik manoda yagonadir, degan tasavvurga asoslanadi.
Atributlarning universal mazmuni, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo‘luvchi atributlarning universal mazmuniga mos kelishi geotsentrik dunyodir . Bu Nyuton vaqti (zamoni), Evklid makoni dunyosidir.
Atributlarning universal mazmuni, inson tanasining mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo‘luvchi atributlarning universal mazmunidan farq qiluvchi moddiy obekt nogeotsentrik dunyo deb ataladi. «Nogeotsentrik dunyo» tushunchasi nonyuton vaqti (zamoni), noevklid makoni, umuman, borliqning nogeotsentrik turini nazarda tutadi. Mikrodunyo va megadunyoni nogeotsentrik dunyolar tomon mavjud bo‘lgan «darcha»lar deb faraz qilish uchun asoslar mavjud. Ularning qonuniyatlari bizga o‘zaro tasirlarning o‘zga turini uzoq darajada bo‘lsa ham tasavvur qilish imkonini beradi. Ayni vaqtda, makrodunyo aloqalari va o‘zaro tasirlari borliqning geotsentrik turini aks ettiradi. Shunga qaramay, universal mazmunning «geotsentrik andoza»dan og‘ish xususiyati to‘g‘risidagi masalani faqat amaliyotda echish mumkin. Bu erda falsafadan ko‘ra aniq fanlarga asoslanish lozim.
Hozirgi zamon metodologlari pirovard maqsadga asoslanadigan va azaldan maqsadga muvofiq xususiyatga ega bo‘lgan tizimlar bilan stixiyali xususiyatlarni namoyish etuvchi mutlaqo ochiq tizimlarni farqlashni taklif qiladi. Mazkur tasnif yangi narsa paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqsadni belgilash mexanizmiga yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi.
Noorganik, organik va ijtimoiy tizimlar moddiy tizimlarning eng ko‘p uchraydigan turlari hisoblanadi. Moddiy tizimning noorganik turini tasniflashda uning elementar zarralar va maydonlar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar, makroskopik jismlar, geologik tuzilmalar kabi elementlari qayd etiladi. Moddiy tizim organik turining tuzilishi bir necha darajadan iborat: hujayrasiz daraja - DNK, RNK, nuklein kislotalar, oqsillarni; hujayrali daraja – mustaqil mavjud bo‘lgan bir hujayrali organizmlarni; ko‘p hujayrali daraja – to‘qimalar, organlar, funksional sistemalar (asab sistemasi, qon eltuvchi sistema), yani organizmlar (o‘simliklar va hayvonlar)ni o‘z ichiga oladi. Organizmlardan yuqori tuzilmalar ham farqlanadi: bu umumiy genofond bilan bog‘langan bir turga mansub jonzotlarning populyasiyalari – biologik birliklar (o‘rmondagi bo‘rilar to‘dasi, ko‘ldagi baliqlar galasi, chumoli uyasi yoki butazor va boshqalar)dir. Populyasiyaning yaxlitlik darajasi uning tarkibiga kiruvchi ayrim organizmlarning xususiyatlari va ko‘payishini tartibga soladi. Masalan, chigirtkalar biomassasi muayyan chegaradan oshib ketsa, ularning ko‘payishini sekinlashtiruvchi mexanizmlar ishga tushadi. Jonli materiya tuzilishining organizmlardan yuqori darajasiga populyasiyalardan tashqari biotsenozlar kiradi. Biotsenozlarning yaxlit tizimida populyasiyalar shunday bog‘langanki, ulardan birining hayot faoliyati mahsulotlari boshqasining yashash shart-sharoitlariga aylanadi. Masalan, o‘rmon muayyan biotsenoz hisoblanadi: unda yashovchi o‘simliklar, shuningdek hayvonlar, zamburug‘lar, lishayniklar va mikroorganizmlarning populyasiyalari o‘zaro tasirga kirishib, yaxlit tizimni vujudga keltiradi.
Biosfera doirasida moddiy tizimning alohida turi - kishilik jamiyati rivojlangan. Bu ijtimoiy tizim ham alohida kichik tizimlar individ, oila, guruh, jamoa, davlat, millat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Materiya tuzilishining alohida turi sifatidagi jamiyat odamlar faoliyati tufayligina mavjud bo‘ladi. SHu sababli jamiyatga o‘z ehtiyojlarini qondirish va rivojlanish imkonini beruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq inson faoliyati substansional negiz hisoblanadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish