Inson kamolotida did – fahm – farosat uyg‘unligi
Odatda, farosat tushunchasi estetik baxo bilan belgilanadi. u ranjish, nomunosib xolat, ko‘ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kamdan kam xollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli” degan so‘zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo‘lib, fahm - haqiqatga, farosat – ezgulikka, did – go‘zallikka munosabat orqali namoyon bo‘ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. SHu manoda fahm – aqliy, farosat – axloqiy, did – estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. CHunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg‘unlashgan umumiylikdan iboratdir.
SHuni alohida takidlash zarurki, didsizlik va farosatsizlik insonning asl qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday chiroyli ko‘ringan, istarali bo‘lishga intilgan, muomalali inson har doim ham go‘zal ishlarni qilavermasligini fahm, farosat, did yordamida ajratib olishimizga to‘g‘ri keladi. Inson manaviyatining yuksalishi uning fazilati bilan bog‘liq ekan, bu jarayon albatta, estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi.
Farosat ilmi kishining ichki dunyosi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganuvchi ilmlar sirasiga kiradi. O‘tmishda farosat ilmi nozik va nazokatli ilm sifatida o‘rganilgan. CHunonchi, olmon mumtoz falsafasining vakili Immanuil Kant bu ilmga “botiniy olamni o‘rganuvchi ilm” deb tarif bergan edi. Qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy “Kishining ko‘ngli kelishgan va tartibli har bir narsaga qiziqadi, tartibsiz narsadan nafratlanadi” - degan hikmati esa mohiyatan farosat bilan masalasiga dahldor. Bundan tashqari, o‘rta asrlar Musulmon Sharqi allomalaridan al-Kindiy farosatning hikmati, fazilati va ahamiyatiga doir “Risolai fil farosa” (X asr) deb nomlangan maxsus asar yozgan bo‘lsa, Husayn Voiz Koshifiy o‘zining mashhur “Axloqi muxsiniy” asarining 34-bobini “Farosat bayoni”ga bag‘ishladi. SHuningdek, turkiy tilda Uzun Firdavsiy (XVI asr)ning “Farosatnoma” asari ko‘plab qiziqarli malumotlarga boyligi bilan ahamiyatlidir. Manbalarda hakimlardan biri tomonidan taqdim etilgan farosat to‘g‘risidagi kitobni shoh Anushirvon har doim o‘zi bilan olib yurgani va hamisha u kitobni mutolaa qilib, uning mazmuni bo‘yicha hukm chiqarganligi haqida malumotlar uchraydi.
Estetika ilmida farosat did tushunchasining tarkibiy qismi sanaladi. Farosat o‘ziga xos estetik tushuncha sifatida mohiyati aqlga borib taqaladi. Odatda, yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘ra-bilib turib, yomg‘irpushsiz va soyabonsiz yo‘lga chiqqan odamni fahmsiz, chang, loy poyafzalini echmay, gilamni bosib, ichkariga kirgan odamni farosatsiz deb ataymiz. SHunga ko‘ra, fahm - aqliy, farosat - axloqiy, did - estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Uchchala qobiliyatning ham ibtidosi, tabiiy-tug‘malikka borib taqalsa-da, ular o‘zlarini asosan tarbiya, ijtimoiy munosabatlar orqali ro‘yobga chiqaradi. Shuning uchun Sharq allomalari tarbiya jarayonida farosatning zarurligi masalasiga jiddiy etibor qaratganlar.
CHunonchi, Sharqning buyuk voizi, notiqlik sanati nazariyotchisi Husayn Voiz Koshifiy “farosat” so‘zining lug‘aviy manosiga “biror narsaning yaxshi va yomon xususiyatini ko‘rib aniqlashdir. Istilohiy manosi esa umumiy bo‘lib, joning suratidagi zohir holini mushohada qilib, uning ichki mohiyatidan ogoh bo‘lishdir”, - deya tarif beradi. U hatto farosat hukumat ishlari orasidagi ulug‘ shartlardan biri ekanligini etirof qilib, biror bir voqea haspo‘shlanganda, asl mohiyati pinhon tutilganda va adolat mezoni buzilganligi yashirilsa qonun himoyachisi bu hodisani farosat nuri bilan topib, davogarlar so‘zlariga etimod qilmasligini uqtiradi.
Alloma talqinida farosatning ahamiyati bir jihatdan ulug‘larning “Hukumat ziynati farosat zevari bilan go‘zaldir” degan qoidasiga asoslanadi. Ikkinchi jihatida esa “Har bir narsa farosat ahlidan yashirin emas, farosat Haq Taoloning mo‘min bandaga bergan nuri” degan tamoyil ustuvor. Bu tamoyilning mohiyatini esa payg‘ambarimiz (s.a.v)ning “Qo‘rqinglar mo‘min farosatidan, u Xudo nuri bilan qarab har narsaning zamiriga eta oladi”, - degan hadis asoslaydi.
Koshifiy farosatni ikki qismga ajratadi. Birinchisi - shariy farosat bo‘lib, unda pok va sof ko‘ngilli kishining ko‘zidan ko‘tarilib, farosat nuri bilan haqiqatni anglab etadi. Ikkinchichi - hukmiy farosat bo‘lib, donishmanlar uni tajriba bilan topadilar va dalillarini kishining shakli va shamoyilidan mushohada qilib, aniqlaydilar. Odatda, aksariyat holllarda bu usul kishi haqida to‘g‘ri malumotni bergan. Alloma har ikkala farosatga shoh Anushiravon va Aflotun hakim hayoti bilan bog‘liq talaygina misollarni keltiradi ... Alloma inson aksar ish binosini farosat dalillariga qo‘yish kerak va o‘zining pok zehni, tafakkuri, mulohazasiga ham murojaat qilishi lozim. CHunki, tashqi ko‘rinishlarida yomonlik nishonasi bor toifa ichidagi kishilar Haqdan fayzu ilhom topib, o‘z ahvolini o‘zgartirganlaridan voqif va ogoh bo‘lishga harakat qilish zarurligini uqtiradi:
Farosatdan ko‘ngilga ko‘z ochilg‘ay,
Hamma holatni ul malum qilg‘ay.
Malumki, so‘z sermazmun bo‘lib, u ko‘p narsalarga dalolat qiladi. Bir so‘zning o‘zini turli holatlarda, turlicha manoda qo‘llash mumkin. Binobarin, so‘zni to‘g‘ri tushunish va to‘g‘ri ishlatish, uning manolarini iloji boricha mukammal bilish uchun ham kishidan farosat talab etiladi. Bu borada “Allomalar ibrati” (Toshkent, 1982) nomli kitobda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning yuksak farosati bilan bog‘liq qiziq rivoyat keltirish mumkin. Uning mazmuni quyidagicha: bir kuni yasovulboshi bir yigit va bir qizni Umarshayx Mirzoning kabutarlarini o‘ziga o‘rgatib olmoqchi bo‘lganlikda ayblab, ularni jazolash maqsadida shohning huzuriga keltiradi. SHoh voqeani eshitib, yasovulga “Unday bo‘lsa alar boshini olib ...” deyishi bilan birdan yo‘tal tutib qoladi. YAsovulboshi har ikkisini boshini kundagi qo‘yayotgan paytda shohning suyukli farzandi Bobur Mirzo yasovulboshiga qarab, “Otam ularning boshini oling demadilar. Oliy hazrat alarni bu yurtdan bosh olib chiqib ketsin, deb buyurmoqchi edilar” - deydi. YAsovulboshi qatlni to‘htatib shohning huzuriga boradi va unga Bobur Mirzoning gaplarini aytadi. SHunda Umarshayx saroy ahli oldida o‘rnimga podshoh bo‘ladi, deb yurgan farzandining so‘zini ikkita qilib qo‘ymaslikni o‘ylab: “Mirzo haq gapni aytibdur. Men alarni boshini oling demoqni hayolimga ham keltirgan emasman” deydi. ... Bobur Mirzoning marhamati tufayli ikkita yosh jallod kundasidan omon qoladi. Bu rivoyatning mazmuni ayni paytda Umarshayx Mirzoni ham Bobur Mirzoni ham yuksak farosatli kishilar bo‘lganligini ifodalaydi.
Sharq allomalaridan Burhoniddin az-Zarnujiy (XII asr)ning “Talim al-mutaallim – Ilm oluvchiga talim-tarbiya” asarida “SHijoat – bir lahza sabr”, degan hikmatni uchratamiz. Sabr, qanoat esa farosatni yuksaltiruvchi axloq meyorlaridir. Ayniqsa, ilm istovchining farosati aynan shunga. CHunonchi, tolibi ilm uchun keragi shulki, deydi alloma, - bir ustozga sabot ila sabr aylasin. Biror kitobga ham, hatto uni (mutolaa qilishda, undan dars olishda) noqis (chala) tark qilmasin. Biror fanga ham, hatto birinchisini mustahkam qilishdan avval boshqa fan ila mashg‘ul bo‘lib ketmasin. SHerik ihtiyor qilish va uni tanlashda esa harakatchan, parhezkor, to‘g‘ri tab sohibi va fahm-farosatlisini ixtiyor qilishi darkor. Dangasa, bekorchi, ko‘p gapiruvchi, fisqu fasodga berilgan fitnachi (sherik)dan qochsin. Alloma ilm tolibining farosati o‘z ustoziga bo‘lgan munosabatida ham namoyon bo‘lishini uqtiradi. Tolibning farosati ustozga ulug‘lik keltiradi, deydi: “Muallimni ulug‘lashning jumlasidan biri uning oldiga tushib yurmagay, uning o‘rnida o‘tirmagay. Muallim oldida faqat uning izni ila gap boshlagay... Kimningki ustozi undan ozor topsa, ilmning barakasidan mahrum qoladi, ilmida ozginagina foyda topadi.”
Beruniy nafosat va nafis didni, adabiyot va sheriyatni insonlarning talabi vujudga keltiradi, deb tariflagan edi. Uning takidlashicha, madaniylashgan kishilar ichidan chiqqan nozik (tabiatli) odamlar ko‘ngil ochar, shodlik bag‘ishlaydigan joylarga borib turishni odat qiladilar, bunday joylarga faqat nozik tabiatli kishilargagina emas, boshqa musiqaga tashna bo‘lgan kishilar ham ohanglar tinglash uchun boradilar. Ohanglar esa tartibga tushirilgan... bo‘lgandagina qalbga kuchli tasir etadi. CHunki, ruh tartibga tushirilgan narsani qabul qiladi va Shuning uchun ham u sherga ko‘proq intiladi negaki sher nizomli (tartibli)dir. Muhimi shundaki, Beruniy sanatning paydo bo‘lishini insoniyat jamiyatining madaniylashuvi bilan bog‘laydi. Odamlarning madaniy darajasi oshib, badiiy nafosat tafakkuri o‘sa borishi bilan sanatga ehtiyoj kuchaygan. Sanat shodlik, quvonch manbai, u insonlarga orom beradigan, ruhini ko‘taradigan vosita sifatida paydo bo‘lganini takidlaydi.
Umuman olganda, hozirda biz yashayotgan davr kishisining faoliyati farosatga ehtiyoj sezmoqda. Farosat endilikda ijtimoiy-manaviy hayotning zaruriyatiga aylanib ulgurdi.
G‘oyaviy tahdidga qarshi kurash manaviy jihatdan mustahkam bo‘lgan estetik tayyorgarlikni taqazo etadi. Birgina farosat va uning fazilatini anglash, amal qilish barcha tahdidlarning mazmun-mohiyatini tushunish imkonini beradi. SHu bois har davrda farosat tarbiyasiga nozik va nazokatli ilm sifatida munosabat bildirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |