O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019



Download 0,96 Mb.
bet229/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Totli o‘lim - evtonaziya ham axloqning global muammolaridan. Bedavo dardga chalingan bemorni azob-uqubatlardan qutqarish uchun uning o‘limini tezlashtirishga munosabat yuzasidan tibbiyotchilar, yuristlar, sotsiologlar va psixologlar orasida ko‘p sonli bahslar hanuz davom etmoqda. Ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) engil og‘riqsiz o‘limni belgilash uchun «evtanaziya» (yunoncha «euthanasia», «eu» – yaxshi , «thanatos» - o‘lim), yani azob-uqubatlarsiz, yaxshi , oson va engil o‘lim atamasini muomalaga kiritdi.
Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan kechirilmaydi. CHunki sabrli, bardoshli bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, muayyan inson, bemor o‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida o‘tishini biladi. SHu bois u o‘zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam - shifokordan azoblariga chek qo‘yishni so‘raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti-harakatlarni insoniylik va insonparvarlikning ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, axloqsizlikmi? Bu muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z echimini kutmoqda.
Evtanaziyaga tibbiy va manaviy-axloqiy nuqtai nazardan ziddiyatli qarashlar mazkur hodisaga yuridik jihatdan ham har xil baho berilishiga sabab bo‘ldiki, bu bir qancha mamlakatlarning qonun hujjatlarida o‘z aksini topdi.
Klonlashtirish atamasi ingliz tilidagi “slone”, “cloning” so‘zlaridan kelib chiqqan va hozirgi kunga kelib o‘z yozilishi, o‘qilishini biroz o‘zgartirgan. Ingliz tilida bu so‘z biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo‘llana boshlagan. Biroq shu qisqa vaqt ichida o‘z manosini bir necha marta o‘zgartirishga ulgurgan. Dastlab klon so‘zi vegetativ yo‘l bilan, YAni bir o‘simlik urug‘idan olingan o‘simliklar guruhiga nisbatan qo‘llangan. Oradan bir muncha vaqt o‘tib, ushbu atama bakteriyalar turkumini etishtirishga nisbatan ishlaatilgan. Biologik yutuqlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simliklar va bakteriyalarning kelib chiqishi, avlodlarning arganizmi-ishlab chiqaruvchisi bilan klonning barcha genetik asoslari bir xil bo‘ladi. Keyinchalik shu yo‘l bilan olingan yoki shakllantirilgan organizmlar klonlashtirish deb ataladi. Klonlashtirishga oid ko‘plab baxs-mulohazalar mavjud. 1977 yili butun insoniyat klonlashtirish yo‘li bilan dunyoga keltirilgan shotland qo‘zichog‘i Dollini ko‘rib, xayratga tushdi. Bu paytda odamni klonlashtirish ustida olib borilayotgan tajribalarga bo‘lgan munosabat to‘g‘risida baxs ketayotgan va baxslar quyidagi savollar bilan bog‘liq edi. Keyinchalik klonlashtirish odamlarga genetik kasalliklarni davolashda ham katta yordam beradi. Agar xavfli genlar, yani qandaydir kasallik alomatlari oti xromasomasida aniqlansa,unda otaning tuxumdoniga uning o‘z xujayrasi o‘tkaziladi. shunda xavfli genlardan xoli farzand dunyoga keladi. Insonni klonlashtirish o‘z-o‘zidan insoniyat axloqi va ruhiyatini buzish bilan barobar emasmi, degan muammolardan iborat. Malumki, inson faqat jismoniy tanadan iborat emas, unda yurak, qalb, hissiyot tafakkur, orzu umid va uning ro‘yobiga qaratilgan inson xatti xarakatlarining bir-biriga bog‘liq va yaxlit tizimi mavjud.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish