O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


Nanotexnologiyalar va biologik identifikatsiya texnologiyalarining ijtimoiy jarayonlarga tasiri



Download 0,96 Mb.
bet134/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Nanotexnologiyalar va biologik identifikatsiya texnologiyalarining ijtimoiy jarayonlarga tasiri. Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud mikro­tex­nologiya asosida bu o‘lchamlarni na­no­metrdagi texnologiya deb yuritish mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni boshqarishga o‘tish demakdir. Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo‘nalish tushuniladi:
— o‘lchami atom va molekulalar o‘lchamlari bilan solishtirarli elektron sxemalarni tayyorlash;
— nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish;
— alohida atom va molekulalarni bosh­qarish va ulardan alohida mikroobektlarni yig‘ish.
Bu yo‘nalishdagi izlanishlar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. 1981 yilda tunnelli mikroskop yaratilib, alohida atomlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. SHundan buyon texnologiya sezilarli takomillashtirildi. Bugun bu yutuqlarni kundalik hayotda ishlatamiz: lazerli disklarni ishlab chiqarish, jumladan, DVD disklardan nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas.
Ko‘pgina mutaxassislar mikrotexnologiya tarixi Richard Feynmanning 1959 yili Amerika fiziklar jamiyatida o‘qigan mashhur maruzasidan so‘ng boshlangan degan fikrda. U mikrotexnologiya potentsialini boy bo‘yoqlarda tasavvur etadi. Maruzalarida kompyuterlar, axborotni saqlash qurilmalari, elektron qismlar va robotlar mitti holatda tasvirlangan edi. Feynmanning mikroelektronika borasidagi bashoratlari tez (aniqrog‘i, 1960-70 yillarga keliboq) amalga oshdi. 1980 yilda esa etakchi universitetlar va davlat laboratoriyalarida nisbatan arzon usullarda mitti mexanik detallar yaratila boshlandi. Buning uchun mikroelektromexanik sistemalar (MEMS) texnologiyasi ishlab chiqildi.
Amalda MEMSning ilk tijorat mahsuloti paydo bo‘lishi uchun 30 yil kerak bo‘ldi. Keng tarqalgan dastlabki MEMS texnologiyalari tezlanish sensorlari xorijda har bir avtomobilga o‘rnatilib, to‘qnashuvni payqash va havo yostiqchasini ishga tushirish uchun ishlatilardi. Hozir yiliga 50 millionta bu kabi sensorlar ishlab chiqariladi. SHuningdek, «Sandiya» firmasi ham samarali mikroskopik sensorlar yarata boshladi. 1990 yili yaratilgan avtonom robot MARV 1 kub dyuym hajmda bo‘lgan, 2000 yilga kelib esa uning o‘lchamlarini 4 marta kichiklashtirishga imkon tug‘ildi. Bu kabi robotlar kompyuter orqali boshqariladi, bajaradigan vazi­falari esa turli-tuman. Ishlab chiqa­ruvchilarning fikricha, ularning asosiy vazifalari bomba va minalarni, xavfli bio­logik, kimyoviy va radioaktiv modda­larni qidirib topish hamda zararsiz­lantirishdan iborat. SHu bilan birga, robotlardan inson faoliyatini nazorat qilish, razvedkada va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Jahon miqyosida olib qaralganda, bugun nanotexnologiyalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, ekologiya, energetika, mashinasozlik, samolyotsozlik va kosmonavtika, tabiiy boyliklarni izlab topish hamda qazib olish kabi ustuvor sohalarda ko‘proq qo‘llashga bo‘lgan intilishlar yuqori. Bu tarmoqlarning rivojlanishi elektronika va mikroelektronika sohalarida qo‘llaniladigan yangi nanomateriallar (ko‘p qatlamli tizimlar, nanonaychalar) olish bilan belgilanadi. CHindan ham, mazkur yuz yillikda aqliy salohiyatni har qachongidan ko‘ra faolroq namoyon etishga to‘g‘ri keladi. Nanotexnologiyalarga oid ishlanmalarni yanada takomillashtirish, ularni amaliyotda kengroq qo‘llashga bo‘lgan say-harakatlarning ortib borayotgani zamirida ana shu ezgu maqsad mujassamdir.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish