O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019



Download 0,96 Mb.
bet103/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Ong falsafiy muammo sifatida. Ratsionalizmdan farqli o‘laroq irratsionalizm (irrationalis – nooqilona, ongsiz) borliqni oqilona anglash imkoniyatini cheklaydi, bazan esa butunlay inkor etadi. Xususan, neofreydizmning atoqli namoyandalaridan biri K.G.Yung (1875-1961) ongni ilmiy vositalar bilan bilish mumkin emas, deb hisoblagan va unga tarif berishga urinishlardan butunlay voz kechib, uni rasmlar va metaforalar yordamida tavsiflash bilangina kifoyalanishni taklif qilgan. Ongni tushunish irratsionalizm ekzistensializm va neopozitivizm kabi falsafiy oqimlarga ham xosdir.
Irratsionalizmga zid o‘laroq, ongni tushunishga nisbatan falsafiy yondashuv ongning paydo bo‘lishini materiyaning o‘zi bilan tushuntirishga intilish, ayni vaqtda uning tabiat va vaqtdan tashqarida hamda nomoddiy kelib chiqishini inkor etish bilan tavsiflanadi. Bunday qarashlarni asoslash uchun ilmiy va amaliy yutuqlardan doim keng foydalanilgan. Mazkur yo‘nalish turli davrlarda sezuvchi, fikrlovchi materiyaning farqi va o‘ziga xos xususiyatlari nimada?, degan mushkul savollarga javob izlagan.
Mazkur muammoni to‘la va uzil-kesil tushunganlikni davo qilmasdan, shuni qayd etish mumkinki, hozirgi zamon fani o‘zini bevosita yoki bilvosita namoyon etuvchi ong inson miyasining ish jarayoni hisoblanadi, uning funksiyasi sifatida amal qiladi va undan ayri holda namoyon bo‘lmaydi, deb etirof etadi.
Hozirgi zamon fani inson miyasida yuz milliarddan ortiq asab hujayralari uzluksiz ishlashini, ularning har biri o‘z navbatida boshqa o‘n ming hujayra bilan axborot va signallar almashishini aniqlagan. Inson miyasi, garchi uning massasi tana massasining atigi ikki-uch foizini tashkil etsa-da, organizm ovqatdan oladigan butun energiyaning yigirma foiziga yaqinrog‘ini istemol qiladi.
Mazkur o‘ta murakkab biologik «kompyuter» ishini tadqiq etish mumkin bo‘lib, bu bilan maxsus fanlar shug‘ullanadi, ammo falsafa bunday tadqiqotlarni etiborga olib, o‘z oldiga birinchi navbatda ongning tabiati qanday, degan savolga uning vujudga kelishi va genezisini o‘rganish yo‘li bilan javob berish vazifasini qo‘yadi. Bunda falsafa inson miyasining funksiyasi sanalgan ongni o‘rganish bilangina cheklanmaydi, balki masalani kengroq qo‘yadi: ongning boshqa shakllari, xususan o‘zga moddiy tuzilmalardan paydo bo‘lgan ong shakllari mavjud bo‘lishi mumkinmi?, degan savolga javob izlaydi. Shuningdek, falsafa ongning materiyadan oldin paydo bo‘lgan yoki u bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan mohiyat hisoblanishini nazarda tutadigan talimotlarni ham istisno etmaydi.
Shunga qaramay bugungi kun nuqtai nazaridan inson aqli tushunishga qodir bo‘lgan borliqqa tayanadigan falsafiy g‘oyalar ishonchliroq xususiyat kasb etadi. SHu manoda ong haqida hozircha faqat inson miyasi faoliyati munosabati bilan aniq so‘z yuritish mumkin.
YAngi tabiiy-ilmiy malumotlar olinishi ongning tabiatini tushunishga nisbatan materialistik yondashuvlar mavqeini kuchaytirmoqda. Ammo, kezi kelganda shuni takidlab o‘tish lozimki, bu o‘ta murakkab masala xususida falsafaning materialistik yo‘nalishi vakillari o‘rtasida ham yagona fikr mavjud emas. Masalan, XX asrning 50-yillari oxirida AQSH va Avstraliyada ilmiy materializm vujudga keldi. U «vulgar materializm» ananasini davom ettirib, mohiyat etibori bilan manaviy hodisalarni miyaning fizik holatlari bilan tenglashtirdi (R.Rorti, G.Feygl, D.Armstron va boshqalar). 70-yillarda AQSH va Kanadada yana bir falsafiy yo‘nalish – «emerjentistik materializm» shakllandi (ingl. emerge – yuzaga chiqish, paydo bo‘lish, yuzaga kelish). Uning vakillari – M.Bunge, J.Margolis va boshqalar individul ruhiyat va ongning evolyusion kelib chiqishi g‘oyasini himoya qilib, ruhiy hodisalarni jismoniy hodisalarga bog‘lashga qarshi chiqdilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ongning ilmiy konsepsiyasi hozircha eng mukammal va hozirgi zamon tabiatshunosligi talablariga ko‘proq darajada javob beradigan falsafiy konsepsiya bo‘lib qolmoqda. Ayni shu sababli unga quyida mufassalroq to‘xtalamiz.
Ongning paydo bo‘lishini faqat notirik materiyadan tabiiy yo‘l bilan vujudga kelgan tirik materiyaning tadrijiy rivojlanishi mahsuli sifatida tushuntirishga harakat qilinishi va ong tabiatining talqiniga «inikos» tushunchasini kiritilishi ongning falsafiy konsepsiyasidir. Ong materiyaning umumiy xossasi, inikosning oliy tipi deb tavsiflanadi va ongning genezisiga tabiiy-tarixiy nuqtai nazardan yondashilib, uning paydo bo‘lishi mehnat va til bilan bog‘lanadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish