O‘quv qo‘llanma (Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun) Toshkent-2019


Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va Uyg‘onish davri



Download 0,96 Mb.
bet10/281
Sana11.04.2022
Hajmi0,96 Mb.
#543738
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   281
Bog'liq
2 5422714034484942030

Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va Uyg‘onish davri. Falsafa tarixi sohasida Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi deganda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri tushuniladi. Bu davrni ba’zi tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining Uyg‘onish davri yoki “oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma’rifiy yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan izohlanadi1. Ushbu davrning tamal toshi islom dinining vujudga kelish omili, Abbosiylar xalifaligi davriga borib taqaladi. Mazkur davrda Bag‘dod shahriga asos solinib, u xalifalikning siyosiy markazi bo‘libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma’mun (813-833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berilgan. Yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt ul-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me’mor, muhandislari to‘plangan. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest), Evklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o‘girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid asarlarining tarjima qilinishi Bag‘dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay o‘zgarishiga olib kelgan edi.
Arab xalifaligi davrida O‘rta Osiyoni Tohiriylar (821-873), Safforiylar (873-904), Somoniylar (875-999), G‘aznaviylar (977-1186), Qoraxoniylar (999-1212) va Xorazmshohlar (1077-1231) kabi sulolalar boshqargan. Saljuqiylar (1033-1300) XII asrning boshlariga kelib, bugungi O‘rta Osiyo hududini butunlay o‘z nazorati ostiga oladilar1. Ma’lumki, saljuqiylar sulolasi ilgarigi mavqei yo‘qolgan xalifalikni boshqarayotgan Bag‘dod xalifasining rasmiy hukmronligini saqlagan holda, amalda markazlashgan davlatning dunyoviy ishlarini boshqarar edilar. Saljuqiy Malikshoh davrida uzoq vaqt vazirlik qilgan fan homiysi Nizomul Mulk Abu Homid G‘azzoliy va Mahmud az-Zamaxshariy kabi olimlarni ham qo‘llab-quvvatlagan. U Bag‘dodda rasadxona ishini rivojlantirib, mashhur falakshunos olimlarni to‘playdi. Nizomul Mulk tashabbusi bilan Buxoro, Hirot, Nishopur, Samarqand, Bag‘dod kabi shaharlarda “Nizomiya” nomidagi madrasalar ochilgan. Ushbu davr ilm-fan taraqqiyotining e’tiborli tomoni shundaki, ko‘pgina olimlar o‘z sohalarida yangiliklarga asos soladilar. Masalan, birinchi bo‘lib, Umar Xayyom taqvimiga tuzatish kiritadi. Ayniqsa, bu davr arab va fors adabiyotining taraqqiyot davri bo‘lgan. Umuman olganda, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalarda ko‘plab o‘zgarishlar falsafa, tabiiy-ilmiy bilimlar rivojida muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni vujudga keltirgan. O‘z navbatida Movarounnahr diyorida ham ilm-fan ravnaqi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish