O‘quv qo‘llanma 5111800 Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Toshkent 2019 Annotatsiya



Download 14,18 Mb.
bet30/67
Sana28.03.2022
Hajmi14,18 Mb.
#513702
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67
Bog'liq
71499 болаларни сахналаштириш ва ижодий фаолиятга ургатиш укув кулланма

«Atirgul» gulini yasash.
Mashg‘ulot vazifalari: bolalarga to‘rtburchak shaklidagi qog‘oz ikki buklash, oval shaklida qirqish, gul yaprog‘ini qirqib olish, ishni ozodalik bilan bajarish, boshlagan ishni oxiriga yetkazish malakalarini singdirish.
Mashg‘ulotga tayyorgarlik.
Bolalar bilan tabiat qo‘yinida atirgulning o‘sishini kuzatish, uning turlari haqida so‘zlab berish. Atirgulning tuzilishiga bolalar diqqatini jalb qilish.
Mashg‘ulotni jihozlash:
Mashg‘ulot uchun bolalarga yetadigan miqdorda g‘ijim qog‘oz, yelim, qaychi, sim, ozgina paxta beriladi.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: bolalar, sizlar bilan bugungi mashg‘ulotimizda birga kuzatgan atirgullarni yasashni o‘rganamiz. Kerakli ashyolar oldingizga qo‘yilgan. Sizga atirgulni qanday yasash kerakligini tushuntirib beraman. Diqqat bilan qarab turing, keyin birgalikda yasaymiz. G‘ijim qog‘ozdan 6 ta to‘rt burchak shakl qirqib olinadi. Uni ikkiga buklab, yuqori qismining burchaklari aylana holda qirqib olinadi. Shu tariqa to‘rt-burchak shakl oval shakliga keltiriladi. Har bir qog‘ozning dumaloq tomonini qalamga o‘rab, ochib yuboramiz. Natijada kog‘ozning chetlari qayrilib qoladi. Har bir kog‘ozni qalamga o‘rab, chetini qayirib chiqamiz. So‘ng, o‘rtasidan (bunda qayrilgan tomon yuqorida bo‘ladi) barmoqlarimiz bilan chap va o‘ng tomonga sindirib, tortsak, g‘ijim kog‘oz tekislanadi va atirgulning gultojibargi hosil bo‘ladi. Qolganlariga ham xuddi shunday ishlov beriladi. Navbatdagi ishda qo‘limizga ueunligi 25-30 sm bo‘lgan yo‘g‘on simni olamiz. Sim uchiga sariq rangdagi g‘ijim qog‘oz yoki sariq buyoqqa botirilgan paxtani o‘rnatamiz. Uning atrofiga cheti qayrilgan va pastki qismi bir tutam qilib yig‘ilgan gul yaproqlarini birin-ketin joylashtirib, uni ip bilan mahkamlab qo‘yamiz. Yashil rangdagi qog‘ozdan eni 1 smli kesmalar qir­qib, gulning gul osti yaprog‘ini o‘rnatgandan so‘ng, simga yashil rang­dagi kog‘ozni o‘rab chiqamiz. Gul osti yaprog‘i bir iecha marotaba buklangan yashil rangdagi qo­g‘ozdan qirqib olinadi. Atirgul bargi ham alohida tayyorlanadi. Gul bandiga sim o‘ralayotganida gul bargi bandiga qo‘shib, o‘rab yuboriladi. Gul bargi ikki buklangan qog‘ozdan qirqib tayyorlanadi. Barg chetlari kungurali bo‘ladi, har bir gul bargini tabiiy bargga o‘xshatib, orasiga ingichka sim qo‘shib yelimlab, tayyorlab olamiz.
Bolalarga gulning yasalishini tushuntirib bo‘lgandan so‘ng, tushunchalari savollar yordamida aniqlab olinadi. So‘ngra, ularga atirgulni mustaqil ravishda yasashlari tavsiya etiladi. Bolalar gulni yasab bo‘lganlaridan so‘ng, barcha ishlar birgalikda tahlil qilinadi va yaxshi ish bajargan bolalar rag‘batlantiriladi.

Download 14,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish