Oilaning ijtimoiy maqomi va uning turlari
Oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri - bu oilani jamiyatda moslashtirishdir (lotincha adapto -moslashish), yani oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish jaroyonining asosiy harakteri oilaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomiga bog`liq. Moslashish jarayonidagi holati. Oilaning ijtimoiy maqomini aniqlash uchun uning bir qator funksional harakterlari la azolarning individual xususiyatlarini bilish kerak.
Oilaning tuzilishi xarakteristikalari
1. Nikohli sheriklarning mavjudligi (to‘la, rasman to‘la,,to‘la emas).
2. Oilaning hayotiy sikli bosqichi (yosh, yetuk, qari).
3..Nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy...).
4..Oiladagi avlodlar soni (bitta, yoki bir necha avlodlar).
5. Bolalar soni (ko‘p bolali, kam bolali...).
Oila a’zolarining individual xususiyatlari.
Bularga ijtimoiy-demografik, fiziologik, psixologik, oila katta a’zolarining patologik odatlari kiradi hamda bolaning xarakteristikasi kiradi: yoshi, bola yoshiga munosib nutqi rivojlanganligi, jismoniy va psixologik rivojlanish darajasi; uning qiziqishlari va qobiliyati; u boradigan ta’lim tashkilotlari, munosabat va o‘qitishdagi muvaffaqiyatlari: o‘zini tutishdagi chetlashishlar, patologik odatlari, ruhiy va psixik buzilishlar mavjudligi.
Oila a’zolarining individual xususiyatlari uning tuzilishi va funksional ko‘rsatkichlari bilan birgalikda kompleks xarakteristikasini tashkil etadi – oila statusi (lotincha status-holati, vaziyati).
Oilaning ijtimoiy moslashishi birligi tashkil etuvchisi – oilaning moddiy ahvoli.
Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqdorli va sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad darajasi, uning hayotiy sharoitlari, buyumlari mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan buyumlar) hamda uning a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi hamda turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa, (tirikchilik minimumi va boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan yegulik, kiyim, turar joyi uchun haq to‘lash talablarini qondira olmaydi, bunday oila kambag‘al hisoblanadi va uning ijtimoiy-iqtisodiy statusi (maqomi) – past hisoblanadi Agarda oilaning moddiy ta`minlanishi ijtimoiy normalar minimumiga mos kelsa, ya’ni ongli hayot kechirish uchun asosiy talablarni qondira olsa, lekin moddiy mablag‘i dam olish, ta’lim va boshqa talablarni qondirishga etmasa, bunday oila kam ta`minlangan hisoblanadi. Daromadi darajasi va yashash sharoiti yuqori bo‘lib (ijtimoiy normalardan ikki barobar ko‘p va undan ortiq) faqatgina asosiy talablarini qondirib qolmay, yana turli xil xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lsa, bu oila moddiy ta’minlangan hisoblanadi, ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘ladi.
Oilaning ijtimoiy moslashishi ikkinchi tashkil etuvchisining psixologik muhiti- oila azolari kayfiyati ularning hayotiy kechinmalari, bir-biriga munosabati, boshqa odamlarga, ishga, atrofdagi xodimlarga qarashlari natijasi sifatida yuzaga keladigan barqaror mustahkam emotsional kayfiyatdir.
Oilaning psixologik kayfiyati holatini baholash uchun er-xotinlar o‘rtasidagi, bolalar va ota-onalar hamda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Oilaning psixologik kayfiyati holati ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi. Emotsional erkinligi darajasi, havotirlanish darajasi bir-birini tushinish, hurmat qilish, qo‘llash, yordam ko‘rsatish, hamdardligi, bir-biriga ta`siri darajasi, dam olish joyi (oilada yoki undan tashqarida) oilaning yaqin atrofdagilar bilan munosabatlari ochiqligi. Teng huquqlilik va hamkorlik tamoyillari asosiga qurilgan munosabatlar ma’qul hisoblanadi. Oilada bir-birining huquqlarini hurmat qilishadi, bir-biriga bog‘langanlik, mavjud emotsional yaqinlik his etiladi.
Oilaning har bir a’zosi o‘zaro munosabatlar sifatidan xursand. Bular mavjud bo‘lgan holatda - oilaning ijtimoiy-psixologik mavqei yuqori baholanadi. Oilada nosog‘lom psixologik muhit er-xotinlar yoki ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi doimiy qiyinchiliklar va janjallar bo‘lgan holatda yuzaga keladi, oila a’zolari doim havotirda bo‘ladilar, o‘zlarini erkin his eta olmaydilar; oila a’zolari o‘rtasida begonalik hissi hukmron bo‘ladi. Bularning hammasi oilaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan – psixoterapevtik, ya’ni stressni yo‘qotish, jismoniy va ma’naviy kuchlarni tiklab olish kabi vazifalarni bajarishga harakat qilinadi. Bunday holatda ijtimoiy-psixlogik muhit past darajali bo‘ladi. Shu bilan birga yomon munosabatlar inqirozni, butunlay bir-birini tushunmaslik, bir-biriga dushmanlik, jahl bilan kuch ishlatish (jismoniy, seksual), ajratish istagi paydo bo‘lishi bilan ifodalanuvchi holatlarga aylanishi mumkin. Inqirozli munosabatlarga: ajralish, bolaning uydan qochib ketishi, qarindoshlari bilan munosabatlari bo‘sh ifoda etilganda, doimiy bo‘lmaganda, oilaning oraliq holatda bo‘lganida oilaning ijtimoiy-psixlogik mavqei o‘rtacha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |