Guruhlardagi ijtimoiy psixologik hodisalar. Guruhlardagi ijtimoiy psixologik hodisalar mavjud: ijtimoiy-psixologik muhit ko`p jihatdar kollektiv a`zolarining singishuvchanligiga bog`liq.
Guruhiy mos kelish (singishuvchanlik) fiziologik va psixologik bo`lishi mumkin. Bir kishining mehnat unumdorligini keskin tushiruvchi va bu bilan ikkinchisida toliqishning oshivuga olib keluvchi fiziologik mos kelishning buzilishiga o`tinni qo`lda arralash uchun bir juft ishchi sifatida baquvvat kishi bilan dardchil yigitchani yuborishgani misol bo`la oladi.
Guruhiy psixologik mos kelish psixomotor emotsional irodaviy xususiyatlariga diqqat va tafakkurning farqlariga bog`liqdir. Lekin hammadan ko`ra ko`proq guruh tarkibiga kiruvchi har bir kishining shaxsiy xarakteri xususiyatiga bog`liq bo`lmasligi, ammo, albatta, singishuvchan bo`lishi kerak. Psixologik muhit vujudga keltirishda aksari guruhga mos kelishga bog`liq bo`lgan ijtimoiy kayfiyat katta ahamiyatga ega. U guruhda bevosita ijobiy yoki salbiy psixologik muhit vujudga keltiradi.
Guruhning ichki tuzilishi. Har qanday guruh tuzilishiga ko`ra guruh a`zolari nufuzi va statusi o`ziga xos darajasini aks ettiradi. Uning yuqori referomentorik va sotsiometorik tarzda tanlanadigan shaxslar o`rin oladi, eng orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan surib chiqariladigan individlar turishadi. Mazkur ierarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning lideri turadi.
Lider- bu shunday shaxski, guruhning qolgan barcha a`zolari uchun o`zlarining manfaatlariga daxldor bo`lgan hamda butun guruh faoliyatining yo`nalishini va xarakterini belgilab beradigan eng ma`suliyatli yechimlarni kabul qilishga haqli ham va aksincha bo`lmasligi mumkin. Lider bilan rahbarlikning bitta yagona shaxsga kelishi makbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik bo`lmasa, u holda guruh faoliyatining samardorligi rasmiy rahbar (masalan sinf boshi) bilan norasmiy lider yoki liderlar o`rtasidagi munosabatlar kay tarzda yuz berishiga bog`liq bo`ladi.
4. Lider tiplari. Guruh jamoasining rasmiy rahbarlik sistemasi (guruhboshi, yoshlar tashkilotchisi va jamoatchilik ishlarining ayrim sohalari uchun ma`sul kishilar) unda norasmiy nufuzning taqsimlanishi va norasmiy peshqadam sifatida tanilish bilan to`g`ri kelishi ham, to`g`ri kelmasligi ham mumkin. Agar pirovard natijada shaxslararo munosabatlar umumiy maqsadlarning mavjudligi jamoaga xalaqit qilmaydigan emas, balki hatto yordam berishi ham mumkin. Chunonchi, 30-40 o`quvchidan iborat guruh hisoblanadigan guruh guruhboshi va yoshlar tashkilotiga teskari odatda biri necha peshqadamlar mavjud bo`lib, ular tevaragida bir nechta rasmiy guruhlar uyushadi.
Liderlarning quyidagi tiplari farqlanadi:
faoliyatining mazmuniga qarab:
a) ilhomlantiruvchi, harakat yoki axloq dasturini taklif qiluvchi lider;
b) bajaruvchi- berilgan dasturni bajarish tashkilotchisi;
v) bir vaqtda ham ilhomlantiruvchi, ham bajaruvchi.
boshqarish usuliga ko`ra:
a) Avtoritar;
b) demokratik;
v) Yuqoridagi ikki uslubni o`zida mujassamlashtirgan.
Faoliyati xarakteriga ko`ra:
a) universal-o`zida liderlik xususiyatlarini doim ko`rsatib turadigan;
b) Situativ-(vaziyatga qarab)-o`zida liderlik xususiyatlarini ma`lum o`ziga xos vaziyatlarni ko`rsatib turadigan.