Oʻquv motivatsiyasining yoʻnalganligini tashxis qilish metodikasi



Download 9,8 Kb.
Sana01.02.2022
Hajmi9,8 Kb.
#421043
Bog'liq
Duboviskaya metodikasi


Oʻquv motivatsiyasining yoʻnalganligini tashxis qilish metodikasi
Metodika haqida maʼlumot. Test – soʻrovnoma shaklidagi mazkur metodika muayyan fanlarni oʻrganishga qaratilgan oʻquv faoliyati motivatsiyasining yoʻnalganligini va taʼlim oluvchi shaxs ichki motivatsiyasining darajasini oʻlchash uchun xizmat qiladi. Ushbu metodika taʼlim oluvchilarning barcha guruhlari bilan (12 yoshdan boshlab) – oʻz – oʻzini tahlil qilishga va oʻzi haqida xulosa chiqarishga qodir boʻlgan har qaysi taʼlim oluvchi inson bilan oʻtkazilishi mumkin.
Metodika T.D. Duboviskaya tomonidan tuzilgan boʻlib, uning stimul materiali 20 ta taʼkiddan iborat. Mazkur taʼkidlar boʻyicha tekshiriluvchilar maʼlum fanlarga nisbatan oʻz munosabatini bildirib, maxsus javob varaqasi (1 - jadval) ning muayyan ustun va startlarida tegishli belgilarni qoʻyadilar: “toʻgʻri” - (+ ); “notoʻgʻri” - (- ).

Taʼkidlar.


1. Psixologiya fanini oʻrganish orqali oʻzim uchun koʻp kerakli narsalarni oʻrganib olayapman, oʻz qobiliyatlarimni namoyish etish imkoniyatiga ega boʻlib turibman.
2. Psixologiya fani menga qiziq va men shu fan yuzasidan imkon qadar ko'proq narsa bilishni xohlayman.
3. Psixologiya fanini oʻrganishimizda menga darsda beriladigan bilimlarning oʻzi kifoyadir.
4. Psixologiya fani boʻyicha beriladigan topshiriqlar menga qiziq emas, men ularni oʻqituvchi talab qilgani uchungina bajaraman.
5. Psixologiya fanini oʻrganishda oldimda paydo boʻluvchi qiyinchiliklar fanga boʻlgan qiziqishimni yanada orttirib yuboradi.
6. Psixologiya fanini oʻrganishda darslik va tavsiya etilgan adabiyotlardan tashqari mustaqil ravishda qoʻshimcha adabiyotlar bilan tanishib boraman.
7. Psixologiya faniga tegishli murakkab nazariy masalalarni oʻrganmasa ham boʻladi, deb hisoblayman.
8. Psixologiya fanini oʻrganishda biror ishning uddasidan chiqolmasa, men muammoning tagiga yetishga harakat qilaman.
9. Psixologiya fanidan dars oʻtilganda negadir umuman oʻqishni istamay qolaman.
10. Psixologiya fani yuzasidan beriladigan topshiriqlar ustida faqat oʻqituvchi nazorat qilib turgandagina ishlayman.
11. Psixologiya faniga taaluqli maʼlumotlarni boʻsh vaqtda (tanaffusda, uyda) kursdoshlarim (doʻstlarim) bilan muhokama qilish menga qiziq tuyuladi.
12. Psixologiya fanidan topshirilgan vazifalarni mustaqil bajarishga harakat qilaman, kimdirning maslahat va yordam berib turishini yoqtirmayman.
13. Psixologiya faniga tegishli topshiriqlarni boshqalardan ko'chirib olishga harakat qilaman yoki kimdandir vazifani oʻrnimga qilib berishni iltimos qilaman.
14. Psixologiya fani boʻyicha beriladigan barcha bilimlar kerak deb hisoblayman, shuning uchun bu fandan imkoni boricha koʻproq narsa bilish kerak degan fikrdaman.
15. Psixologiya fani boʻyicha qoʻyiladigan baho menga bu fandan beriladigan bilimdan muhimroq.
16. Psixologiya fanidan oʻtkaziladigan darsga yaxshi tayyorgarlik koʻrmagan boʻlsam, bundan unchalik qattiq xafa boʻlmayman.
17. Psixologiya fani bilan shugʻullanish uchun men boʻsh vaqtimning ham katta qismini unga sarflayman.
18. Psixologiya faninii qiyinchilik bilan oʻzlashtiraman, shu fan boʻyicha beriladigan topshiriqlarni oʻz – oʻzimni majburlab bajaraman.
19. Psixologiya fani boʻyicha oʻtkaziladigan darsda kasallik yoki boshqa sabab bilan qatnasha olmasam, xafa boʻlishim mumkin.
20. Agar imkoniyatim boʻlganda, men psixologiya fanini dars jadvali (oʻquv rejasi) dan olib tashlagan boʻlardim.
Natijalarni qayta ishlash va baholash.
Natijalar quyidagi kalit yordamida qayta ishlanadi:
“toʻgʻri” - 1, 2, 5, 6, 8, 11, 12, 14, 17, 19.
“notoʻgʻri” - 3, 4, 7, 9, 10, 13, 15, 16, 18, 20.
Kalitga mos kelgan har bir holat uchun 1 balldan qoʻyiladi. Barcha ballar yigʻindisi qanchalik katta boʻlsa, tegishli fanni oʻrganishda ichki motivatsiya shunchalik baland boʻladi. Ballar yigʻindisi qanchalik kichik boʻlsa, ichki motivatsiya darajasi shunchalik sust boʻladi. Umumiy natijalarni baholashda quyida keltirilgan meʼyoriy koʻrsatkichlardan foydalanish mumkin:
0 – 10 ball – tashqi motivatsiya ustun;
11 – 20 ball – ichki motivatsiya ustun.
Ichki motivatsiya darajasini baholash uchun quyidagi meʼyoriy koʻrsatkichlarga tayanish mumkin:
0 – 5 ball – ichki motivatsiya past darajada;
6 – 14 ball – ichki motivatsiya oʻrta darajada;
15 – 20 ball – ichki motivatsiya yuqori darajada.
Eslatma: ilmiy tadqiqot oʻtkazish maqsadida birlamchi (“xomaki”) natijalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Metodika manbasi: Duboviskaya T.D. K probleme diagnostiki uchebnoy motivatsii. Voprosы psixologii. – 2005. – S 73 – 78
Download 9,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish