Porshenli nasoslarning tuzilishi Porshen ilgarilama (oldinga) harakat qilganda ish bo`lmasida bosim ortib, so`rish klapani yopiladi. Bo`lmadagi bosim ortishida davom etib haydashga yetarli bosim Pxaydash ga yetganida haydash klapani ochilib, suyuqlik haydash trubasi 9 ga o`taboshlaydi Suyuqlikning haydash porshen eng chekka haydash chegarasiga yetguncha davom etadi.
Rasmga qarang hxayd silindrdagi yuqori sathi bilan suyuqlik ko`tarilgan eng yuqori sathilarining farqi haydash balandligi deyiladi.
So`rish balandligi bilan iaydash balandligining yig`indisi to`lik statik bosimdan iborat ya'ni Hct=hso`rish+hhaydash
Porshenli nasoslar yuqori bosim kerak bo`lgandagina ishlatiladi. Amalda ko`p hollarda porshenli nasoslar markazdan qochma nasoslarni siqib chiqaradi. Hajmiy gidrouzatmalar tarkibida ishlayotgan nasoslar asosan porshenli nasoslar turiga kiradi. Porshenli nasoslarning ustunligi foydali ish koeffisenti yuqoriligidir. Porshenli nsoslarning markazdan qochma nasoslarga taqqoslagandagi asosiy kamchiligi ularning kattaligi, qiymatga tushushi , ishlatishning murakkabligidir.
Nasosni ishga tushurganimizda u avval so`rish trubasidagi havoni tortadi va suyuqlik so`rish trubasiga ko`tariladi. Nasos biroz vaqt ishlagandan so`ng so`rish trubasi va silindirdagi havo haydab chiqarilib, suyuqlik silindrni to`ldiradi.
Hajmiy rotorli nasoslar - shesternyali, vintli, plastinkali (shiberli) va porshenli turlariga bo`linadi. Hajmiy rotorli nasoslar o`zgaruvchan sarfli, (sarfi boshqariladigan) va o`zgarmas sarfli (sarfi boshqarilmaydigan) bo`lish mumkin .
Rotorli nasoslar har xil bir jinsli suyuqliklarni uzatishda avtanom urilma sifatida, shuningdek, gidroyuritmalar tarkibida suyuqlikning harakatlantiruvchi yoki suyuqlikka kerakli energiya bosim beruvchi nasos holida va harakatlanayotgan suyuqlik orqali o`zi harakat olib energiyasini boshqa mashinalarga urilmalarga uzatuvchi gidrodvigatellar tarzida ishlatilishi mumkin.
Silindrlari umumiy blokka birlashtirilgan ko`p silindrli nasoslar rotorli – porshenli nasoslar deyiladi. Porshenni harakatga keltirish usuliga arab aylanuvchi va qo`zg`almas blokli-rotorli-porshenli mashinalar mavjud. Silindrlar blok o`qiga nisbatan radial yoki aksial joylashishi mumkin. Agar blokda silindrlar radial joylashgan bo`lsa - bu nasoslar radial-porshenli deyiladi. Gidromashina blokida silindrlar, aksial joylashgan bo`lsa-aksial porshenli nasoslar bo`ladi. Ko`pchilik rotorli-porshenli mashinalarning xarakterli tomoni shundaki, ularda so`ruvchi va uzatuvchi klaponlari yo`q. Bu xususiyat nasoslardan aylanishlar sonining yuqori qiymatlarida foydalanish imkoniyatini beradi.