"Manzara
"
so‘zi ham arabchadan o‘zbek tiliga kirib kelgan bo‘lib,
"kurinish, panorama; ko‘zatish
maskani”
degan ma’noni bildirsada, dunyodagi narsa, voqea, jarayonlarning "ko‘zga tashlanib turadigan yoki
tasavvur etiladigan kurinish, tasvir"ini
36
ifodalash uchun ishlatiladi.
Dunyoning mafkuraviy manzarasi deb, jamiyat taraqqiyoti qonunlari, uning rivojlanish tendensiyalarini
muayyan ijtimoiy guruh etnik birliklar, siyosiy kuchlarning o‘ziga xos manfaatlaridan kelib chiqib talqin qilish
va unga asoslangan holda insoniyat istiqbolini belgilashga qaratilgan mafkuraviy tizimlar majmuining makon
va zamonda yaqqol ko‘zga ko‘rinib turadigan joylashuv tartibiga aytiladi
37
. Dunyoning mafkuraviy
manzarasini anikroq tasavvur etish uchun uning mohiyatini bilish zarur.
Dunyoning mafkuraviy manzarasida sodir bo‘layotgan goyaviy-mafkuraviy jarayonlarning yunalishlari
va xususiyatlari. Bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasi doirasida sodir bo‘layotgan goyaviy -
mafkuraviy jarayonlarni ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan yunalishga ajratish mumkin.
34
Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. -Б.27.
35
Каримов И.А Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. -Б.119.
36
Қаранг: Ўзбек тилининг изохли луғати. Ж.2. Е-М. -Т.: "Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. -Б.537.
37
К,аранг: А.Очилдиевнинг "Глобаллашув ва мафкуравий жараёнлар" (-Т.: "Мух,аррир нашриёти", 2009. -Б.53.) номли китобида
келтирилган таъриф асос қилиб олинди ва тўлдирилди.
Progressiv yunalishdagi mafkuraviy jarayonlar. Bularga: tinchlik barqarorlik va taraqqiyot; millatlararo
totuvlik va dinlararo bag‘rikengliq inson erkinligi va shaxs kamoloti; umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi
kabilarni yaratishga qaratilgan mafkuraviy jarayonlarni kiritish mumkin.
Reaksion yunalishdagi mafkuraviy jarayonlar. Bularga: urush, qurollanish, terrorizm va ekstremizm;
irqchilik millatchilik diniy aqidaparastliq totalitarizm, mustabidliq egoizm, mahalliychilik kabi razilona xatti-
xaraktlardan iborat bo‘lgan mafkuraviy jarayonlarni kiritish mumkin.
Bugungi kunda ana shu progressiv va reaksion g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro kurashi
nisbatidan kelib chiqqan xolda IAKarimov: "Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura
poligonlari yadro poligonlaridan xam ko‘proq kuch ga ega”
38
, - degan edi.
Bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasidan joy olgan ana shu ikki yunalishdagi mafkuraviy
jarayonlarning mazmunidan shu narsa ayon bo‘lmokdaki, jaxon maydonlarini mafkuraviy jixatdan bo‘lib
olishga urinishlar avj olmoqda.
3. Geosiyosat tushunchasi. Geopolitik matssadlar va mafkuraviy siyosat
Geosiyosat tushunchasi, uning mohiyat-mazmuni. Globallashuv sharoitida davlatlarning siyosatida tub
o‘zgarishlar sodir bo‘lmokda. Bular, birinchidan, jaxonda kechayotgan integrallashuv jarayonida ishtirok etish;
ikkinchidan, o‘zining tabiiy boyliklari, geografik joylashuvi, mintaqaviy jixatdan qulay joyda ekanligiga qarab
ish yuritishga harakat qilayotganliklarida ko‘rinib turibdi. Bu esa yangicha geosiyosat yuritilayotganidan darak
bermokda. Xo‘sh, geosiyosat nima? geopolitika (yun. geo - er, politika - davlatni boshqarish san’ati) deb biron
bir mamlakatning tayney siyosatda geografik urni, xududiy joylashishi, kommunikatsion imkoniyatlarini
hisobga olib yuritiladigan faoliyatidir.
Tarixda geopolitika jamiyat taraqqiyotida geografik sharoitlarning o‘rnini yuqori darajada
mutlaqlashtiruvchi qarash tarzida namoyon bo‘ldi. "Hayotiy makonning torlik qilayotgani" “tabiiy sarhadlarni
kengaytirish zarurati" singari da’volar geopolitikani bosqinchilikni asoslovchi siyosiy konsepsiya, deb
baholanishiga olib keldi.
Geopolitika atamasini fanga shvetsiyalik siyosatshunos olim Rudolf CHellen (1864-1922) kiritgan. Bu
atama I jahon urushi arafasida keng qo‘llanila boshladi. O‘sha davrda yashagan nemis olimi Fridrix Ratsel
(1844-1904) davlatlar muayyan joy va xududda mavjud bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida ularni zarur xududlarni
egallashga majbur qiladi, deb hisoblagan. Bunday qarash reaksion bo‘lib, dunyoni qayta bo‘lib olish uchun
kurashga otlangan Kayzer Germaniyasining urushga shaylanayotgan siyosatchilari uchun nihoyatda maqbo‘l
bo‘lgan.
XX asr boshlaridan geopolitika mustaqil fan va siyosat sohasi, deya talqin etila boshlandi, 1923-1927
yillarda chop etilgan "Geopolitika" jurnali geografik omilning davlatlar, xalqlarning mavjud bo‘lishiga ta’sirini
mutlaqlashtirish yulidan bordi. Bunday qarash Germaniya, so‘ngra Italiya hamda YAponiya davlatlari
siyosatining asosiy doktrinasiga aylandi. O‘zga xududlarga nisbatan bosqinchilik siyosatining ustuvor
qo‘yilishi o‘sha paytdagi mustamlakachilik siyosatini oqlashga, milliy ozodlik harakatlarini bostirishga
qaratilgan edi.
Geostrategik maqsadlar. Geostrategik maqsadlar deb biron bir davlatning xududiy-jug‘rofiy omillarni
hisobga olgan xolda amalga oshiriladigan istiqbolli intilishlar; munosabatlar tizimiga aytiladi.
Masalan, O‘zbekiston o‘zining qulay jug‘rofiy joylashuvidan mamlakat iqtisodiyoti, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy, ilmiy-texnikaviy salohiyatini yanada rivojlantirish yulida foydalanishga xarakat qilmokda.
Bu sohada, birinchidan, O‘zbekistonda yirik gaz, ko‘mir, neft konlari topilgani va ishga tushirilayotgani
mamlakat ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, balki uning eksport imkoniyatlarini ham oshiradi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho ma’dan
zaxiralariga ega bo‘lgan davlatlar jumlasiga kiradi. Xozirgi vaqtda mamlakatimizda qator qimmatbaho ma’dan
konlari qidirib topilgan. Bu esa, chet el investitsiyasi va texnologiyasini ishlab chiqarishga faol jalb qilishni
talab etadi.
Uchinchidan, mamlakatimiz rangli metallar - mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram rudalariga boy bo‘lgan
geostrategik makondir. Ayni paytda reniy, molibden, kadmiy, selen, indiy va oltingugurtning katta zaxiralari
bo‘lgan konlar ham mavjud.
To‘rtinchidan, mamlakatimizda marmar, granit konlari mavjud. Ularning zaxiralari, taxminan, sakson
38
Каримов ИЛ. Юксак маънавият - енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008. -Б.113.
besh million kubometr deb hisoblanadi. Xozirda G‘ozg‘on, Nurota, Zarband konlarida marmar bloklarni ishlab
chiqarish borasida chet el zamonaviy texnologiyasi asosida sheriklar bilan birgalikda ish olib borilmoqda.
Beshinchidan, mamlakatimiz fosforitlarga, kadmiy va osh tuzi konlariga boy xudud xisoblanadi.
Bularning barchasi yurtimiz taraqqiyot istiqbolini belgilab beruvchi geostrategik maqsadlarni belgilash
va hayotga tatbiq etishda ulkan axamiyat kasb etadi.
Geostrategik manfaatlar. Geostrategik manfaatlar - muayyan mamlakat yoki mintaqaning jug‘rofik
joylashuvi bilan belgilanadigan ehtiyoj va intilishlar in’ikosi. U istiqbolni anglash bilan bog‘liq xolda ro‘yobga
chiqadi.
O‘zbekiston Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, u jug‘rofiy jihatdan juda qulay
geostrategik mavqega egadir. Kadimdan SHarq bilan G‘arbni bog‘lagan Buyuk ipak yuli aynan O‘zbekiston
xududidan o‘tgani savdo-sotiq madaniy- ma’rifiy aloqalarni keng rivojlantirishga sabab bo‘lgan. 1991 yilda
Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishganidan keyin bu boradagi qadimiy aloqalar qaytadan
jonlandi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda kuchlar muvozanatini ta’minlash, mintaqada xamkorlikni
mustahkamlash sohasida muhim o‘rin tutishi uchun hamma katta imkoniyatlarga ega. CHunki u ijtimoiy-
iktisodiy jihatdan katta kuch-kudratga ega bo‘lgan mamlakatdir. Bularning barchasi O‘zbekistonning jahon
iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi, chet el investitsiyalarini jalb qilinishi, yurtimizni davlatlar o‘rtasida o‘zaro
foydali hamkorlikning, tovar va kapital tranzitining o‘ziga xos mintaqaviy markaziga aylantirdi. Buning
natijasida transport, sayyoxlik va moliyaviy xizmatlarning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.
4. Mafkuraviy poligon tushunchasi, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari
"Poligon" so‘zi yunoncha "ro1u-ko‘p" "gonia-burchak", ya’ni "ko‘p burchak" so‘zidan olingan bo‘lib, 1)
mamematika ilmida ko‘p burchak, tekislikdagi siniq chiziq; 2) harbiy soxada kuruqlik yoki dengizning maxsus
inshootlar, qurilmalar bilan jixozlangan va har xil qurollar va jangovoar texnikani sinab ko‘rish, shuningdeq
harbiy mashqlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan qismi; 3) ko‘chma ijtimoiy ma’noda esa muayyan ish-harakat,
faoliyat bilan shug‘ullanish maydoni, soxasini anglatish uchun ishlatiladi
159
. SHularga asoslangan xolda
mafkuraviy poligon tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin.
Mafkuraviy poligon bu - katta ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-xuquqiy, ma’naviy-madaniy imkoniyatlarga
ega bo‘lgan ayrim shaxs, elat, millatlarning o‘zga odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan
turli g‘oyalarni janggoxga tashlash oldidan sinab ko‘radigan maxsus mafkuraviy maydondir.
Mafkuraviy poligonlarning yadro poligonlaridan ustunligi nimada? Bu ustunlik birinchidan, katta
moddiy va moliyaviy resurslarni tejab qolish imkoniyatini beradi. Masalan, bitta yadro qurolini ishlab chiqish,
uni ko‘zlangan joyga eltib tashlash uchun necha-necha millionlab, milliardlab pul mablag‘lari sarflanadi.
Ikkinchidan, yadro qurollari ishlatilguday bo‘lsa, egallamoqchi bo‘layotgan barcha moddiy boyliklar
vayron bo‘lib, yaroqsiz xolga kelib qoladi, vaxolanki, yadro kurolini ishlatish orqali zabt etilgan joyda “g‘olib-
yadrochi"ning o‘zi ham yashash imkoniyatlaridan mahrum bo‘ladi.
Uchinchidan, millionlab odamlarning halok bo‘lishi yoki mayib-majruh bo‘lishi oqibatida "g‘olib-
yadrochi" tayyor ishchi kuchidan ajraladi.
TUrtinchidan, butun ekosistemaning izdan chiqishi oqibatida "g‘olib-yadrochi"ning o‘zi ham katta
falokat yoqasiga kelib qoladi. Buni aqli raso har bir odam yaxshi biladi. SHuning uchun ham tabiiy zaxiralarga
boy bo‘lgan xududlarni egallashga urinayotgan har xil kuchlar, qandaydir g‘oya va mafkuralar bayrog‘i ostida
birlashib, o‘zlarining mafkuraviy kurollarini ishga solgan holda o‘sha joylarni egallash uchun mafkuraviy
kurashni avj oldirishga kirishmoqdalar.
5. Mafkuraviy immunitet va uni shakllantirish omillari
Mafkuraviy immunitet tushunchasi. "Immunitet" so‘zi lotincha "immunitas, immunitatus - qutulish,
xalos, xoli bo‘lish" degan so‘zlardan olingan bo‘lib, tibbiyot ilmida "organizmning o‘zidan irsiy jihatdan yot
xususiyatlari bilan farq qiladigan, uning butunligiga va biologik o‘ziga xosligiga zarar etkazadigan
mikroorganizmlar (kasallik ko‘zg‘otuvchilar), zaxarli moddalar va boshqalardan himoyalanish reaksiyasi"
39
, -
degan ma’noni anglatish uchun qo‘llaniladi. Immunitet tabiati bo‘yicha uchga bo‘linadi:
39
К,аранг: Узбек тилининг изохли луғати. Ж.2.Е-М. -Т.: "Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. -Б.202.
Birinchisi. Filogenetik immunitet - anatomik va fiziologik belgilar bilan ta’minlanib, nasldan-naslga
o‘tadigan alohida himoya omillari yoki organizmning alohida rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan
birinchi bo‘lib aloqa qiladi, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining ko‘pgina yuqumli
kasallik ko‘zgatuvchilarga chidamliligi ta’minlanadi.
Ikkinchisi. Tug‘ma immunitet (turga xos, tabiiy) - bir biologik turning ma’lum bir patogen agentga
nisbatan chidamliligi bo‘lib, nasldan-naslga o‘tadi.
Uchinchisi. Orttirilgan immunitet - hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan
ta’sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya bo‘lib, nasldan-naslga o‘tmaydi. Mafkuraviy immunitet
ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib olishni emas, balki ularni ongli ravishda
tushunib etishni, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy voqealarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib,
munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish, ayrim nosog‘lom g‘oyalarga javob berish, uni qabul
qilmaslik holatidir
40
.
Mafkuraviy immunitetning xususiyatlari va elementlari. Mafkuraviy immunitet kuyidagi xususiyatlarga ega:
1.
Odamdagi tabiiy immunitet tug‘ma bo‘lsa, uning mafkuraviy immuniteti tug‘ma emas, balki
hayoti davomida uning ongiga ta’sir etuvchi vositalar orqali shakllantirib boriladigan immunitetdir.
2.
Mafkuraviy immunitet doimiy va abadiy emas, balki o‘zgaruvchan, ya’ni har bir avlod uchun
o‘ziga xos bo‘lgan immunitetlar tizimi mavjud bo‘lib, u davrlar o‘zgarishi bilan o‘zgarib turgan va shunday
bo‘laveradi.
3.
Mafkuraviy immunitet tizimi shakllangandagina shaxs, elat, millat, xalqning mafkuraviy
daxlsizligi ta’minlanib boriladi. Boshqacha qilib aytganda, shakllangan mafkuraviy immunitet xalqning
mafkuraviy daxlsizligini ta’minlovchi vosita xisoblanadi.
Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy elementlari fyidagilardan iborat:
1. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ob’ektiv ilmiy bilimlar.
2. Xalkning real xayotini va uning kelajagini o‘zida aks ettiruvchi kadriyatlar - moddiy va ma’naviy
kadriyatlar tizimi.
3. Mafkuraviy immunitetning yana bir elementi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-xukukiy, ma’naviy-
madaniy maqsadlar tizimi bilan ajralmasligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |