O`quv materiallari


 Moliyaviy menejmentning funksiyalari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

 

3. Moliyaviy menejmentning funksiyalari 

Moliyaviy menejmentning mohiyati uning bajaradigan funksiyalarida namoyon 

boʻladi. Moliyaviy menejmentning kompleks mazmunidan kelib chiqqan holda uning 

bajaradigan funksiyalarini ikkita asosiy guruhga boʻlish mumkin: 

- boshqaruv sub’ektining funksiyalari; 

- maxsus funksiyalar. 

Birinchi  guruh  funksiyalar  tarkibi  har  qanday  boshqariluvchi  tizimosti  uchun 

bir  xil  tavsifga ega. Ular  tarkibiga  tashkil  etish, tahlil, rejalashtirish, motivatsiya  va 



nazorat kiritiladi. 

Tashkil  etish  boshqaruv  ob’ektlarini  tarkiblashtirish,  tegishli  boʻlinmalarning 

huquq  va  majburiyatlarini  belgilash kabilarni nazarda  tutadi. Qoidaga  koʻra  tarkibiy 

birliklar ierarxik yoki javobgarlik va nazorat markazlarini belgilash orqali funksional 

belgilari  boʻyicha  boʻlinadi.  Moliyaviy  menejmentning  tashkil  etish  funksiyasini 

amalga  oshirish  jarayonida  korxonalarda  boshqarish  tizimining  amaldagi  tuzilmasi 

tomonidan  mazmunan  va  funksional  jihatlar  oʻzaro  mosligi  va  integratsiyasiga 

erishiladi. Bu jarayonda tashkiliy tuzilmalarni tashqi muhitning oʻzgaruvchan shart-

sharoitlariga doimiy ravishda moslashtirib borish talab etiladi.  

Samarali  moliyaviy  boshqaruvni  amalga  oshirish  koʻp  jihatdan  korxonaning 

moliyaviy-iqtisodiy  holatini,  uning  likvidliligi  va  moliyaviy  barqarorligini, 

shuningdek  yaxlit  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  va  alohida  operatsiyalar  oʻtkazish 

natijalarini  davriy  baholashni  nazarda  tutuvchi  tahlil  funksiyasini  amalga  oshirishga 

bogʻliq. Tahlil jarayonida korxona faoliyatidagi oʻziga xos kamchiliklar aniqlanadi va 

ularni bartaraf etish yoʻnalishlari belgilanadi. 



Rejalashtirish maqsadlarni qoʻyish va ularga erishish yoʻllarini tanlash mavjud 

va egalik qilish mumkin boʻlgan resurslarning cheklanganligini hisobga olgan holda 

maqsadlarni  qoʻyish  va  ularga  erishish  yoʻllarini  tanlashni  nazarda  tutadi.  Bu 

funksiya  moliyaviy  menejmentda  eng  asosiy  funksiyalardan  biri  hisoblanadi. 

Strategik  yoʻnalishlarni  va  rivojlanish  maqsadlarini  ishlab  chiqish,  resurslar  va 

kapitalning  barcha  turlaridan  yuqori  darajada  samarali  foydalanish  yoʻnalishlarini, 




22 

 

qoʻshimcha  moliyaviy  resurslarni  jalb  qilish  usullarini  belgilab  olish,  risklarni 



neytrallashtirish yoʻnalishlarini belgilash va boshqa shu kabi masalalar rejalashtirish 

funksiyasi doirasida amalga oshiriladigan vazifalar roʻyxati hisoblanadi. Uning bozor 

iqtisodiyoti  sharoitidagi  eng  muhim  va  farqli  xususiyati  korxona  moliyaviy-xoʻjalik 

faoliyatining  asosiy  koʻrsatkichlarini  rejalashtirish  bozor  kon’yukturasi,  yetkazib 

berilayotgan  tovarga  talab  va  taklif  darajasi,  raqobat  darajasi  va  boshqalarni  aniq 

belgilashning  murakkabligini  hisobga  olgan  holda  amalga  oshirilishi  bilan 

ifodalanadi.  Rejalashtirish  faoliyat  natijalari  tahliliga,  ichki  va  tashqi  muhitda 

kutilayotgan oʻzgarishlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. 



Motivatsiya  qoʻyilgan  maqsadlarni  amalga  oshirishga  yoʻnaltirilgan  faoliyatni 

oʻzida  aks  ettiradi.  Bu  funksiya  yordamida  xodimlarning  xulqiga  ta’sir  etish  va 

ularning talablarini hisobga olgan holda turli omillar orqali ta’sir oʻtkazishga harakat 

qilinadi.  Uni  amalga  oshirish  jarayonida  belgilangan  moliyaviy  koʻrsatkichlarni, 

normativlarni  va  reja  topshiriqlari  bajarganlik  yoki  bajarmaganlik,  resurslar 

tejamkorligiga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishganligi va boshqa 

holatlarda korxonaning alohida tarkibiy boʻlinmalari xodimlari uchun ragʻbatlantirish 

yoki jarimalar qoʻllash tizimi shakllantiriladi. Mazkur funksiyaning samarali ishlashi 

ish faolligining, tovar sifatining, xodimlar malaka darajasining oʻsib borishiga va eng 

asosiysi  korxona  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyati  natijalariga  bevosita  ijobiy  ta’sir 

koʻrsatadi. 

Nazoratningmohiyati    korxona  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyatida  yuzaga  kelishi 

mumkin  boʻlgan  real  holatlarni  oʻz  vaqtida  aniqlash,  belgilangan  maqsadlarga 

erishishga  toʻsqinlik  qilayotgan  omillarni  bartaraf  etishga  xizmat  qilishdan  iborat. 

Moliyaviy  menejmentning  bu  funksiyasi  ishlashi  korxonada  ichki  nazorat  tizimini 

tashkil etish, nazorat qilinadigan koʻrsatkichlar tarkibini, davriyligini va boshqalarni 

belgilab qoʻyish bilan bevosita bogʻliq hisoblanadi. 

Moliyaviy menejmentning maxsus funksiyalari guruhi boshqaruv faoliyatining 

alohida  turi  sifatida  moliyaviy  menejmentning  oʻziga  xos  xususiyatlari  bilan 

tavsiflanadi. Ularga quyidagilar kiradi

- aktivlarni boshqarish; 

- kapitalni boshqarish; 

- investitsiyalarni boshqarish; 

- pul oqimlarini boshqarish; 

- moliyaviy risklarni boshqarish. 



Aktivlarni boshqarish funksiyasi mohiyati korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati 

boʻyicha belgilab qoʻyilgan koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda turli xil aktivlarga 

real  talabni  belgilash  bilan  ifodalanadi.  Bunda  yuqori  darajada  samarali  foydalanish 

nuqtai nazaridan aktivlar tarkibini optimallashtirish, likvidlilikni ta’minlash, samarali 

amortizatsiya 

siyosatini 

ishlab 

chiqish 


va 

amalga 


oshirish, 

aktivlarni 

moliyalashtirishning  korxona  uchun  qulay  boʻlgan  shakllari  va  manbalarini  tanlash 

kabilarga jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi. 



Kapitalni  boshqarish  rivojlanish  strategiyasiga  mos  ravishda  korxonaning 

strategik  va  joriy  faoliyat  turlarini  moliyaviy  resurslar  bilan  ta’minlashga 

yoʻnaltirilgan.  U  kapitalga  umumiy  talabni  aniqlash,  korxona  uchun  eng  ma’qul 



23 

 

kapital  manbalarini  va  moliyalashtirish  shakllarini  qidirib  topish,  kapital  bahosini 



minimallashtirish  va  ulardan  yuqori  darajada  samarali  foydalanish,  qayta 

moliyalashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ular 

oʻrtasidagi optimal nisbatni ta’minlash kabilarni oʻz ichiga oladi. 

Investitsiyalarni  boshqarish  korxonaning  strategik  va  joriy  maqsadlarini 

amalga  oshirishga  yoʻnaltirilgan  investitsion  siyosatni  shakllantirishdan  iborat. 

Mazkur  funksiya  doirasida  alohida  loyihalarning  va  moliyaviy  instrumentlarning 

investitsion  jozibadorligini  baholash,  kapital  qoʻyilmalar  byudjetini  ishlab  chiqish, 

qimmatli qogʻozlar portfelini shakllantirish va boshqarish hamda boshqa shu kabilar 

amalga oshiriladi. 



Pul  oqimlarini  boshqarish  korxonaning  joriy,  kundalik  faoliyatida  shak-

shubhasiz  muhim  rol  oʻynaydi.  Bu  funksiyaning  samarali  amalga  oshiriligi  koʻp 

jihatdan  korxonaning  toʻlovga  layoqatliligi,  likvidliligi  va  moliyaviy  barqarorligiga 

xizmat  qiladi.  Funksiyaning  mohiyati  korxona  pul  mablagʻlari  oqimining  kirimi  va 

chiqib ketishini toʻgʻri shakllantir, miqdor, vaqt va alohida operatsiyalar boʻyicha pul 

oqimlarini  sinxronlashtirish,  vaqtinchalik  boʻsh  pul  mablagʻlaridan  toʻgʻri 

foydalanish kabilarni oʻz ichiga oladi. 

Bozor  iqtisodiyotida  risk  korxona  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyatining  ajralmas 

omili  hisoblanadi.  Moliyaviy  risklarni  boshqarish  funksiyasini  amalga  oshirish 

jarayonida  ularning  asosiy  turlari  aniqlanadi,  bunday  risklar  darajasi  va  ular  bilan 

bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar darajasini baholash oʻtkaziladi. 

Olingan  axborotlar  va  tahlil  natijalari  asosida  risklarni  kompleks  boshqarish, 

risklarning  alohida  turlari  profilaktikasi  va  ularni  minimallashtirish,  shuningdek 

diversifikatsiyalash,  sugʻurtalash  va  xedjerlash  boʻyicha  chora-tadbirlar  tizimi 

shakllantiriladi. 

Yuqorida  keltirilgan  moliyaviy  menejmentning  asosiy  funksiyalari  umumiy 

tavsifga  ega.  Aniq  bir  korxona  va  uning  faoliyat  yoʻnalishlari  oʻziga  xos 

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yuqorida keltirilgan funksiyalar har biri yanada 

aniqlashtirilishi mumkin. 

 


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish