O`quv materiallari


 Korxonalarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvning mohiyati, vazifalari



Download 4,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/348
Sana03.07.2021
Hajmi4,94 Mb.
#108816
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   348
Bog'liq
MYuMpqJHMCCeIju8329duwGWidVi1sPguSFcihoM

2. Korxonalarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvning mohiyati, vazifalari 

va prinsiplari 

Korxonalarda  moliyaviy  inqirozni  bartaraf  etish,  uning  oldini  olish 

samaradorligini  oshirish  va  salbiy  oqibatlarini  tugatish  moliyaviy  menejmentning 

alohida  tizimi  hisoblangan  inqirozga  qarshi  moliyaviy  boshqaruv  jarayonida 

ta’minlanadi. 

Inqirozga 

qarshi 

moliyaviy 

boshqaruv 

korxonalarda 

moliyaviy 

inqirozlarning  oldini  olish  va  bu  haqda  ogohlantirishga,  shuningdek  uning  salbiy 

moliyaviy  oqibatlarini  kamaytirishga  yoʻnaltirilgan  maxsus  boshqaruv  qarorlari 

kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish metodlari va prinsiplari tizimini oʻzida 

aks ettiradi. 

Iqtisodiyot  nazariyasidan  ma’lumki,  inqirozli  holatlar  bozor  iqtisodiyoti 

sharoitida  ham  takrorlanib  turuvchi  jarayonlar  hisoblanadi.  Shundan  kelib  chiqqan 

holda iqtisodiyot sub’ektlarida doimiy ravishda inqirozga qarshi boshqaruvning amal 

qilishi alohida dolzarblik kasb etadi. 

Inqirozga  qarshi  boshqaruv  yuzaga  kelishi  mumkin  boʻlgan  inqirozlarni 

oldindan koʻra bilishda, shuningdek inqiroz sharoitida inqirozga qarshi rivojlanishni 

ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. 

Inqirozga  qarshi  rivojlanish  –  rivojlanishning  ob’ektiv  tendensiyalariga  mos 

korxona tomonidan belgilangan maqsadlardan kelib chiqqan holda inqirozning oldini 

olish  yoki  bartaraf  etishga  qaratilgan  boshqaruv  jarayonidir.  Inqirozga  qarshi 

boshqaruv  esa  bevosita  inqirozlarni  oldindan  koʻra  bilish,  ularning  oqibatlarini 

yumshatish  va  korxonani  rivojlantirish  uchun  inqiro  omillaridan  foydalanishning 

nazorat  qilinadigan  jarayonlaridan  kelib  chiqqan  holda  tashkil  etiladigan  moliyaviy 

boshqaruv turi hisoblanadi. 

Inqirozga  qarshi  boshqaruvning  asosiy  maqsadi  –  korxona  faoliyatida  yuzaga 

kelishi  mumkin boʻlgan  inqirozlarning  oldini  olish  va  tashqi  inqirozlarning ta’sirini 

kamaytirish hisoblanadi. 

Inqirozga qarshi boshqaruvning vazifalari esa quyidagilar: 

-  inqirozlarning  oldindan  koʻra  olish  va  ularga  mos  darajada  tayyorgarlik 

koʻrish; 

- inqirozning xavfli omillariga toʻsqinlik qilish; 

- inqirozning rivojlanish dinamikasini boshqarish; 

- inqiroz sharoitida korxonaning faoliyat uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash; 




254 

 

- inqirozning salbiy oqibatlarini kamaytirish; 



-  korxonani  rivojlantirish  uchun  inqirozning  oqibatlari  va  omillaridan 

foydalanish. 

Har qanday boshqaruv turi kabi inqirozga qarshi boshqaruvda ham boshqaruv 

ob’ektlari va sub’ektlari amal qiladi. 

Umumiy  holda  inqirozga  qarshi  boshqaruv  ob’ektlari  korxona  va  tashkilotlar 

hamda  ularning  tarkibiy  boʻlinmalari  hisoblanadi.  Inqirozga  qarshi  boshqaruv 

sub’ektlari sifatida esa korxona va tashkilotlarning mulkdorlari va menejerlari, davlat 

hokimiyati va boshqaruv organlari, kreditorlar keltiriladi. 

Inqirozga qarshi boshqaruvning muammoli sohalari juda keng va turfa xillikka 

ega.  Inqirozga  qarshi  boshqaruv  doirasida  hal  qilinishi  lozim  boʻlgan  muammolar 

quyidagilar boʻyicha tasniflanadi. 

Inqirozning rivojlanish bosqichlari boʻyicha: 

- inqirozli holatlarni aniqlash; 

- inqirozning oldini olish; 

- inqiroz holatlarida korxona faoliyat davomiyligini ta’minlash; 

- inqirozdan chiqishni ta’minlash; 

- inqiroz oqibatlarini tugatish. 



Qoʻllaniladigan inqirozga chora-tadbirlar yoʻnalishlariga koʻra: 

- metodologik; 

- moliyaviy-iqtisodiy; 

- tashkiliy; 

- huquqiy; 

- ijtimoiy-psixologik; 

- konfliktologik. 

Boshqarish texnologiyasiga koʻra: 

- axborotlar qidirib topish (ularning ishonchliligini ta’minlash); 

-  inqiroz  holatida  korxona  faoliyatining  variantlari  va  modellarini  ishlab 

chiqish; 

- inqiroz holati (tipi, darajasi, oqibatlari)ni tahlil qilish va baholash; 

- inqirozga qarshi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish. 



Qoʻllaniladigan instrumentlariga koʻra: 

- noaniqlik va resurslarning cheklanganligi sharoitida marketing

- inqirozga uchragan korxonalarni sanatsiya qilish yoki qayta tarkiblash

- inqirozga qarshi investitsion, innovatsion siyosat yuritish; 

- xodimlarni tanlab olish; 

- nizolarni boshqarish. 

Inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvning bosh maqsadi moliyaviy inqirozlar 

keltirib  chiqaradigan  korxona  bozor  qiymati  pasayishini  minimallashtirish  va 

korxonadagi moliyaviy muvozanatni tiklash hisoblanadi.  

Korxonalarda  inqirozga  qarshi  moliyaviy  boshqaruv  oʻz  bosh  maqsadini 

amalga oshirish jarayonida quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga yoʻnaltiriladi: 

1.  Korxonaning  inqirozoldi  moliyaviy  holatini  oʻz  vaqtida  tashxislash  va 



moliyaviy  inqirozdan  ogohlantirish  boʻyicha  zaruriy  kechiktirib  boʻlmas  chora-


255 

 

tadbirlarni qoʻllash. Bu vazifaning ijrosi korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy-

xoʻjalik  faoliyati  natijalariga  amaliy  ta’sir  koʻrsatuvchi  tashqi  moliyaviy  muhit 

omillari  doimiy  monitoringini  amalga  oshirish  yoʻli  bilan  ta’minlanadi.  Koʻp 

holatlarda bunday monitoring natijalari boʻyicha korxonaning inqirozoldi moliyaviy 

holatini tashxislash zaruriy choralarni oʻz vaqtida amalga oshirish hisobiga moliyaviy 

inqirozdan qochish, shuningdek uning oqibatlarini yumshatish imkonini beradi.  

2.  Korxonaning  toʻlovga  qobiliyatsizligini  bartaraf  etish.Bu  vazifa  moliyaviy 

inqirozning har qanday shaklini tashxislash jarayonida korxonalarda inqirozga qarshi 

boshqaruv vazifalari tizimida kechiktirib boʻlmaydigan vazifalardan biri hisoblanadi. 

Mazkur  vazifani  amalga  oshirish  korxonada  moliyaviy  inqirozning  chuqurlashuvini 

toʻxtatish,  xoʻjalik  hamkorlari  oldidagi  nufuzini  tiklash,  boshqa  inqirozga  qarshi 

chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha vaqtga ega boʻlish 

imkonini  beradi.  Shu  bilan  birgalikda  eslatib  oʻtish  kerakki,  toʻlovga 

qobiliyatlilikning buzilishi korxonalarda moliyaviy inqiroz yuzaga kelishining tashqi 

alomatlaridan biri hisoblanadi, shuning uchun toʻlovga qobiliyatsizlikni bartaraf etish 

turli xil yoʻllar bilan zudlik bilan amalga oshirilishi lozim. 

3.  Korxona  moliyaviy  barqarorligini  tiklash.Korxonalarda  inqirozga  qarshi 

moliyaviy  boshqaruvning  bosh  maqsadini  amalga  oshirishni  ta’minlovchi  asosiy 

vazifalardan  biri  hisoblangan  bu  vazifa  yetarli  darajada  koʻp  kuch  va  moliyaviy 

resurslar  xarajatlarini  talab  etadi.  Bu  vazifa  korxonaning  butun  moliyaviy-xoʻjalik 

faoliyatini  bosqichma-bosqich  tarkibiy  qayta  shakllantirish  yoʻli  bilan  amalga 

oshiriladi. Korxonani bunday moliyaviy qayta tarkiblash jarayonida birinchi navbatda 

kapital,  aylanma  aktivlar  va  pul  oqimlari  tarkibini  optimallashtirish,  alohida 

holatlarda esa investitsion faollikni pasaytirish talab etiladi. 

4.  Korxonaning  bankrotligi  va  tugatilishining  oldini  olish.  Bundayvazifa 

chuqur  yoki  halokatli  tizimli  moliyaviy  inqirozlarni  tashxislash  jarayonida 

korxonalarda  inqirozga  qarshi  moliyaviy  boshqaruv  oldiga  qoʻyiladi.  Moliyaviy 

barqarorlikni  ta’minlashning  ichki  mexanizmlari  va  korxonaning  oʻz  moliyaviy 

resurslari  bunday  moliyaviy  inqirozlarning  oldini  olish  uchun  yetarli  boʻlmaydi. 

Shuning  uchun  ham  korxonaning  bankrotligi  va  tugatilishining  oldini  olish  uchun 

inqirozga  qarshi  moliyaviy  boshqaruv  jarayonida  moliyaviy  sogʻlomlashtirishning 

tashqi vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlashga e’tibor qaratish lozim. 

5.  Moliyaviy  inqirozlarning  salbiy  oqibatlarini  minimallashtirish  prinsipi.Bu 

vazifa  inqirozga  qarshi  chora-tadbirlarni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  orqali 

ta’minlanadi. Moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha chora-

tadbirlar  samaradorligi  korxona  bozor  qiymatining  inqirozgacha  boʻlgan  davrdagi 

darajasiga nisbatan pasayish holati bilan baholanadi. 

Inqirozga  qarshi  moliyaviy  boshqaruv  tizimi  aniq  prinsiplar  asosida  tashkil 

etiladi va ular quyidagilar: 

1.  Ta’sirlarga  javob  qaytarishga  doimiy  tayyorlik  prinsipi.Inqirozga  qarshi 

moliyaviy  boshqaruv  nazariyasi  koʻrsatishicha  samarali  moliyaviy  menejment 

natijasida  erishiladigan  korxonadagi  moliyaviy  muvozanat  moliyaviy-xoʻjalik 

faoliyati  davomida  nihoyatda  oʻzgaruvchan  hisoblanadi.  Korxona  iqtisodiy 

taraqqiyotining har bir bosqichidagi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar moliyaviy-xoʻjalik 



256 

 

faoliyatining  ichki  va  tashqi  shart-sharoitlaridagi  oʻzgarishlarning  tabiiy  ravishda 



yuzaga  kelishi  bilan  belgilanadi.  Bunday  qator  oʻzgarishlar  korxonaning  raqobat 

pozitsiyasini kuchaytiradi, moliyaviy imkoniyatlari va bozor qiymatini oshiradi; yoki 

aksincha  korxona  faoliyatida  inqirozlar  yuzaga  kelishiga  sabab  boʻladi.  Moliyaviy 

inqirozlar  yuzaga  kelishining  ob’ektiv  jarayon  ekanligi  iqtisodiy  taraqqiyotning  har 

bir bosqichida korxonadagi moliyaviy muvozanatning mumkin boʻlgan buzilishlariga 

qarshi moliyaviy menejerlarning doimiy ravishda tayyor turishlari zarurligini taqozo 

etadi. 

2.  Inqirozning  oldini  oluvchi  xatti-harakatlarni  amalga  oshirish  prinsipi.  Bu 

prinsip inqirozlarning salbiy oqibatlarini neytrallashtirish va bartaraf etish faoliyatini 

amalga  oshirishdan  koʻra  moliyaviy  inqiroz  xavfining  oldini  olish  yaxshiroq 

ekanligini nazarda tutadi. Shuning uchun ham korxonalarda moliyaviy inqirozlarning 

oldini  olishda  inqirozning  oldini  oluvchi  xatti-harakatlarni  amalga  oshirish  prinsipi 

birinchi darajali ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur prinsipga amal qilish natijasida 

korxonaning  inqirozoldi  moliyaviy  holatini  oldindan  tashxislash  va  moliyaviy 

inqirozni neytrallashtirish imkoniyatlaridan oʻz vaqtida foydalanish ta’minlanadi. 

3.  Ta’sirlarga  javob  qaytarishning  muddatliligi  prinsipi.Inqirozga  qarshi 

moliyaviy  boshqaruv  nazariyasiga  muvofiq  moliyaviy  inqirozlarning  har  biri 

korxonalar  moliyaviy-xoʻjalik  faoliyatining  har  bir  sikli  boʻyicha  kengayib  borish 

tendentsiyasiga  ega  boʻlishi  bilan  bir  vaqtda  mos  salbiy  moliyaviy  oqibatlarni  ham 

yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham tashxislangan har bir inqiroz alomati boʻyicha 

inqirozga  qarshi  moliyaviy  mexanizmlar  buzilgan  moliyaviy  muvozanatni  tiklashga 

nisbatan imkoniyatlar koʻproq. 

4.  Qoʻllaniladigan  inqirozga  qarshi  chora-tadbirlar  darajasining  real  xavf-

xatar  darajasiga  mosligi  prinsipi.Inqirozga  qarshi  qoʻllaniladigan  chora-

tadbirlarma’lum bir miqdordagi moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Mazkur jarayonda 

yuzaga  kelgan  inqiroz  oqibatlarini  bartaraf  etish  uchun  xavf  darajasiga  mos 

moliyaviy xarajatlarni amalga oshirish lozim. Aks holda amalga oshirilgan xarajatlar 

oʻz  samarasini  bermasligi  mumkin.  Masalan,  kutilayotgan  moliyaviy  yoʻqotishlar 

darajasidan  yuqori 

miqdorda  moliyaviy  xarajatar  amalga  oshirilsa,  pul 

mablagʻlarining  ma’lum  bir  qismi  besamar  ishlatilgan  hisoblanadi,  yoki  aksincha 

moliyaviy  xarajatlar  kutilyotgan  xavf  darajasidan  kam  miqdorda  amalga  oshirilsa, 

yuzaga  kelgan  xavf-xatar  toʻliq  bartaraf  etilmasdan  qoladi.  Shu  boisdan  korxonalar 

inqirozga  qarshi  moliyaviy  boshqaruvida  yuqoridagi  prinsipga  ham  jiddiy  e’tibor 

qaratish talab etiladi.  

5.  Inqirozning  oldini  olish  uchun  oʻz  ichki  imkoniyatlaridan  maksimal 

foydalanish  prinsipi.Mazkur  prinsip  korxonalarda  inqirozlarning  salbiy  moliyaviy 

oqibatlari  haqida  ogohlantirish  va  ularga  qarshi  kurash  jarayonida  birinchi  navbatda 

oʻz  ichki  imkoniyatlarini  maksimal  darajada  hisobga  olish  va  ulardan  samarali 

foydalanish  lozimligini  nazarda  tutadi.  Chunki  inqirozning  oldini  olish  yoki  uning 

salbiy oqibatlarini bartaraf etish maqsadida chetdan mablagʻlar jalb qilish uchun ham 

qoʻshimcha moliyaviy xarajatlar, shuningdek vaqt talab qilinadi. 

6.  Koʻp  tomonlama  kompleks  chora-tadbirlar  qabul  qilish  prinsipi.Moliyaviy 

inqiroz  yuzaga  kelish  shakllari,  ularga  sabab  boʻluvchi  omillar  m’lum  bir 




257 

 

kompleksligi  bilan  tavsiflanishidan  kelib  chiqqan  holda  amalga  oshiriladigan 



inqirozga  qarshi  chora-tadbirlar  ham  kompleks  tarzda  qabul  qilinishi  maqsadga 

muvofiq  hisoblanadi.  Shundagina  yuzaga  kelishi  mumkin  boʻlgan  salbiy 

oqibatlarning samarali oldini olish mumkin boʻladi.  

7.  Qoʻllanilayotgan  mexanizmlarning  muqobilligi  prinsipi.Inqirozga  qarshi 

kurash  boʻyicha  qoʻllaniladigan  har  qanday  chora-tadbir  yoki    qabul  qilinadigan 

qarorlar  koʻrib  chiqilgan  variantlardan  eng  optimalini  tanlashga  asoslanishi  lozim. 

Har bir muqobil variantni baholash ularning samaradorlik darajasi va amalga oshirish 

uchun talab qilinadigan moliyaviy xarajatlar miqdori tahlilini oʻz ichiga oladi.  

8.  Moslashuvchanlik  prinsipi.  Inqiroz  yuzaga  kelish  dinamikasi    sharoitlar 

oʻzgarib  borishiga  muvofiq  ravishda  qarorlar  qabul  qilishni  talab  etadi.  Inqirozga 

qarshi moliyaviy boshqaruvning qayishqoqligi va tezkor moslashuvchanligi inqirozga 

qarshi qoʻllaniladigan chora-tadbirlarning samaradorligiga xizmat qiladi.  

9. Samaradorlik prinsipi. Bu prinsip  inqirozga qarshi chora-tadbirlar va ularni 

amalga oshirish uchun yoʻnaltirilgan xarajatlarni baholash orqali amalga oshiriladi.  




Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish