O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet112/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Xalq odatlari milliy g'oya va istiqlol mafkurasini, ayniqsa, yosh avlod ongi va qalbiga singdirishda muhim vosita hisoblanadi.

Asrlar osha shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros bo'hb o'tib kel-gan, biroq sho'rolar davrida ta'qibga uchragan xalq an'analari ajdodlarimiz-ning eng yaxshi fazilatlari, fikrlari, tajribalari, yutuqlari, qadriyatlarini bizga yetkazib, jamiyatimizni axloqiy sog'lomlashtiruvchi, insonparvarlikni barqarorlashtiravchi, ayniqsa, yosh avlodning g'oyaviy-ma'naviy kamol topishida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Xalq an'analari odamlar orasida odob-axloq, imon-e'tiqod, insof, insonparvarlik, mehr-muruvval, saxovat, adolat, halollik, birodarlik, vatanparvarlik, mehmondo'stlik kabi xislatlarni ravnaq topishida muhim o'rin tutadi. Ayniqsa, millat, jamiyatni birlashtiruvchi an'analardan foydalanishimiz zarur. Jumladan, Navro'z, Gul sayili, Mehrjon, Hosil bayramlarida xafagarchilikni unutish, arazlashganlarni yarashtirish, tanishish, qarindosh tutinish, do'stlashish, mehmondorchilik fuqarolami ezgu maqsadlar sari yetaklaydi, ularni g'oyaviy va ma'naviy jihatdan birlashtiradi. Qadimiy va navqiron Navro'z esa xalqimizning ko'p ming yillik ijobiy fazilatlarini mujassamlashtirib, bizni doimo bunyodkorlik, ezgulik, yangilanishga chorlaydi.

Istiqlol davrida vujudga kelgan «Mustaqillik kuni», «o’qituvchi va murabbiylar kuni», «Xotira va qadrlash kuni» kabi bayramlar ozodlikning qadriga yetish, Vatanni e'zozlash, ota-ona va ustozlarni hurmat qilish, ajdodlar an'analariga sodiq bo'lish, o'tganlar xotirasini abadiylashtirish, yorqin kelajak sari intilish, el-yurt, millat uchun xizmat qilishga undashda samarali vositaga aylanmoqda.

Azaliy va yangi zamonaviy xalq an'analarini o'rganish, targ'ib qilish bilan bir qatorda bu boradagi muammolarni bartaraf etish yo'llariga ham alohida e'tibor berish zarur. Jumladan, turarjoylarda xalq marosim va bayramlarini o'tkazish kengashlarini tuzish, ularning mavsumiy emas, doimiy faohyatini olib borish, to'y-ma'rakalarni ixchamlashtirish, kam daromad oilalarga to'y va aza marosimlarini o'tkazishda ko'mak berish, diniy odatlar orasida payshanbalik, yakshanbalik, uchlik, yettilik, yigirmalik, qirqlik kabi islom shariatida bo'lmagan udumlarni ixchamlashtirish; to'y marosimlarining moddiy tomonlariga emas, balki ma'naviy tomoniga alohida e'tibor berish kabi ko'plab muammolarni doimo hal qilib borish lozim.

O'z navbatida, millat rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi unsurlarni an'analarimiz qatoridan chiqarishimiz lozim. Masalan, bir tog'li qishloqda shunday odat bor ekanki, ikki kishi urishsa, ikkala tarafdagi aka-ukalar o'rtasida ham bordi-keldi to'xtar ekan. Natijada, qishloq ikki araz tomonga bo'linib qolar ekan. Bunday arazchilikni taraqqiy ettiradigan odatlar bizga kerak emas, albatta.

Biroq xalqimizda shunday odatlar ham borki, ular elni birlashtiradi. Masalan, bayram (Navro'z, Mehrjon, Ro'za va Qurbon hayiti) kunlari tinchlik kunlari hisoblanib, bu vaqtda nafaqat urushlar to'xtatilgan, balki xafagarchiliklar unutilgan, arazlashganlar yarashtirilgan, begonalar tanishgan, tanishlar do'stlashgan. Xullas, milliy bayramlarimizdagi odamlarai g'oyaviy, ma'naviy, ijtimoiy birlashtiradigan ruhiy-ma'naviy holatni rivojlantirishimiz kerak.

Bu bayram an'analaridan hozirgi vaqtda samarali foydalanish millat vakillarini hamjihat qilib, birlashtiradi. Milliy g'oyaning ham asosiy maqsadi -millatni ezgu maqsad sari birlashtirish!

Din ham madaniyatning eng nozik va murakkab masalasidir. Hozirgi davrda dinimizga aynan madaniyat yetishmayapti. Islom dini sobiq sho'rolar davrida taqiqlangani uchun mustaqillik sharoitida uning tiklanishiga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Atomdan atomelektrostansiyasi va atom bombasi tayyorlash mumkin. Dinni niqob qilib, vatanimizga nur emas, yovuzlik-terrorchilik olib keladiganlar paydo bo'ldi. Bu kasallikning oldini olish uchun unga qarshi immunitet hosil qilish lozim bo'lmoqda. Prezidentimiz aytganidek, «Biz farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog'lom munosabatni qaror toptirishimiz, ...ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da'vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar ham ularga ta'sirini o'tkaza olmaydi».

Milliy g'oyaning shakllanishi va taraqqiy etishi, eng avvalo, madaniy-ma'rifiy xodimlarga, ziyolilar, jumladan, olimlar, yozuvchilar, san'atkorlar, ijodkorlar, tarbiyachilar, ma'rifatchilar (professor-o'qituvchilar) kabilarga bog'liq. Ular chin ko'ngildan, faol mehnat qilishsa, jamiyatda ezgulik g'oyalari g'alaba qozonadi. Bu ishda har kimning o'z vazifasi bor. Agar olimlar milliy g'oyani shakllantirish bo'yicha tadqiqotlar, yozuvchilar millatni birlashtiruvchi g'oyalarni tarannum etuvchi badiiy asarlar, san'atkorlar ezgulikka, milliy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ijod mahsullarini yaratishsa, madaniyat xodimlari, jumladan, kutubxonachilar, muzey, klub va istirohat bog'i xodimlari joylarda milliy mafkura targ'iboti, maktab o'qituvchilari o'quvchilar ongi va qalbiga insonparvarlik va millatparvarlik g'oya va tuyg'ularini singdirish bilan faol shug'ullanishsa, tabiiy tarzda jamiyat olg'a dadil qadam tashlaydi.O'z moddiy muammolari bilan band bo'lib qolgan ziyolilar ma'naviy sohada, jumladan, milliy g'oya va mafkurani yaratish va targ'ib qilishda yaxshi natijalarga erisha olmay qoladilar. Ma'naviyatsiz, milliy g'oya, mafkurasiz esa jamiyat olg'a siljiy olmaydi.Jamiyatni ezgu maqsadga yetaklovchi milliy g'oyani shakllantirish va rivojlantirish ziyolilarning muhim vazifasi ekan, davlat ularning faoliyatlarini qo'llab-quwatlab turishi, ularga moddiy va ma'naviy sharoitlar, qulayliklar yaratmog'i katta ahamiyatga ega.

Xullas, milliy g'oya va mafkuraga tayangan o'zbek madaniyati o'z tarixiy tomirlaridan kuch olib, gullab-yashnab, ajdodlarimiz tajribasiga tayanib, jahon darajasiga chiqib, umuminsoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga yana xizmat qiladi.
Ma’lumki, sobiq totalitar tuzum davrida madaniyat asosan kommunistik g‘oyalarni targ‘ib qilish, insonni siyosiy tutqunlikda asrab turish uchun kerak edi. Buning uchun esa siyosiylashgan madaniyatni shakllantirish zarur edi.

Buning uchun barcha imkoniyatlar, mablag‘lar safarbar etilar edi. О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‘ng demokratik fuqarolik, odil jamiyat qurish maqsad qilib olindi. Madaniyat ozod va erkin insonni shakllantirishga xizmat qila boshladi. Bu borada ulkan tarixiy va jahonshumul ishlar amalga oshirildi. Jumladan:



  • Xalqimizning tarixiy xotirasi tiklandi;

  • sovet davrida ta’qiqlangan asori-atiqalar, madaniy meros, qadriyatlar milliy-tarixiy ongni shakllantirishga yо‘naltirildi;

  • Xalqimiz о‘z milliy tiliga egalik huquqini qо‘lga kiritdi;

  • milliy ong, milliy ruh, diniy e’tiqodlar, xalq odatlari tiklandi;

  • xalq ijodi, milliy о‘yinlar, tarixiy me’morchilik san’ati, kо‘pgina an’anaviy ijod turlariga yana hayot baxsh etildi.

  • xalq odatlari, marosimlari va bayramlar milliy bayramlarimiz tiklandi; (Navrо‘z, Rо‘za hayiti, Qurbon hayiti) yangi bayramlar (Mustaqillik kuni, О‘qituvchilar kuni, Xotira va qadrlash kuni kabilar) joriy etilib, xalq ma’naviy hayotiga yangi ruh va mazmun bag‘ishlamoqda;

  • islom dini halqimiz ma’naviyatining uzviy qismiga aylandi;

  • diniy qadriyatlarning tiklandi, machit va madrasalar ta’mirlandi, diniy adabiyotlar nashr etilmoqda, vijdon erkinligi tо‘la ta’minlanmoqda;

Xalq ijodi bо‘yicha respublika va xalqaro anjumanlarning о‘tkazilishi, ajdodlarimiz merosi, milliy-axloqiy madaniyat durdonalari yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bо‘lmoqda. Xususan, xalq hunarmandchiligi va tasviriy san’at kо‘rigi, oilaviy ansambllar va lapar ijrochilari tanlovlari, «Alla» ijrochilarining kо‘rigi, folklor-etnografik ansambllari festivali, dorbozlar, an’anaviy sirk san’ati, qо‘g‘irchoq teatri jamoalarining kо‘rik-tomoshalari, qadimiy qо‘shiqlar, urf-odatlar va marosimlar namoyishlari kabi tadbirlar shular jumlasidandir.

  • Respublikamizda madaniyat sohasining yangi tizimi vujudga kela boshladi. Jumladan, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» kengashi, «Ta’lim markazi», «О‘zbekkino», «О‘zbeknavo», «О‘zbekraqs», «О‘zbekmuzey», «О‘zbekteatr», Badiiy akademiya, Milliy madaniy markazlar kabi kо‘plab madaniy-ma’rifiy tashkilotlarning tuzilishi respublika ma’naviyati asosiy sohalarining ravnaq topishiga zamin bо‘ldi.

  • madaniyat va san’at sohasida nodavlat, notijorat tashkilotlar tarkib topdi;

  • ulug‘ ajdodlarimiz tavalludlarining yubileylarini nishonlash yо‘lga qо‘yildi;

  • О‘zbekistonda о‘tkaziladigan madaniy tadbirlar jahon jamoatchiligi e’tiboriga sozovor bо‘lib, halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyat yо‘lga qо‘yildi;
    Masalan, YUNESKO orqali xalqaro miqyosda:

Bahovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi (1993);

Zahiriddin Boburning 510 yilligi, 520 yilligi (1993-2003);

Mirzo Ulug‘bekning 600 yilligi, (Samarqand, Parij,1994);

Mahmud Zamahshariyning 920 yilligi (1995);

Najmiddin Kubroning 850 yilligi (1995);

Amir Temurning 660 yilligi (Samarqand, Parij,1996);

Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi (1998);

Ahmad Farg‘oniyning 1200 yilligi (1998);

Burhonidsin Marg‘iloniyning 910 yilligi (2000);

Kamoliddin Behzodning 545 yilligi (2000);

Alisher Navoiyning 560 yilligi (2001);

Abduholiq G‘ijduvoniyning 900 yilligi (2003) kabi bugok ajdodlarimizning yubileylari, shuningdek:

«Alpomish» eposining 1000 yilligi (Termiz, 1999);

«Avesto» nint 2700 yilligi (Urganch, 2001);

Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi (Xorazm, 2005)
kabi sanalarga bag‘ishlantan tadbirlar о‘tkazidsi.

О‘zbekistonning qadimgi shaharlari yubileylari, jumladan:

Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yilligi (1997);

Termiz shahrining 2500 yilligi (2002);

Shahrisabz shahrining 2700 yilligi (2002);

Samarqand shahrining 2700 yilligi (2004);

Qarshi shahrining 2700 yilligi (2006);

Marg‘ilonning 2000 yilligi (2007);

2009 yilda Toshkentning 2200 yilligi tantanasi;

Har ikki yilda Samarqandda о‘tayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa anjumani;

Mustaqillik yillarida shuningdek, о‘tkazilayotgan «Yangi avlod», «Vatan yagonadir, Vatan bittadir», «Yangi nomlar» va boshqa kо‘rik-tanlovlarni har birining yо‘nalishi, о‘ziga xos maqsad va vazifalari bor.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 aprel PQ-1091-son «Yagonasan, muqaddas Vatan» respublika kо‘rik-tanlovini о‘tkazish tо‘g‘risida»gi qarori mamlakatimiz madaniyat va san’at, xususan, yoshlar ijodi ravnaqida muhim hodisa bо‘ldi. Bu kо‘rik-tanlovning bosh maqsadi: millatimiz, xalqimiz, eng avvalo, ertangi kunimizning ishonchi bо‘lgan yoshlarimiz qalbida о‘z ona Vataniga bо‘lgan mehr va muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish, Vatanni sharaflaydigan, ulug‘laydigan, qadr-qimmati, sha’ni, shavkatini ifodalaydigan mazmunan teran qо‘shiqlar yaratish, shu bilan birga yoshlar orasidan iste’dod sohiblarini izlab topish va kashf etishdir. Shu bois, ushbu kо‘rik-tanlovni о‘tkazib kelinayotgan barcha tanlovlarning umumlashmasi, desak mubolaga bо‘lmaydi.

О‘zbek san’ati jahonga tanilmoqda, kо‘plab folklor jamoalari jumladan, Toshkentning «Kamalak», Andijonning «Sumalak», Xorazmning «Meros» kabi folklor-etnografik ansambllari xorijiy mamlakatlarga tashrif buyurib, xal-qaro anjumanlarda qatnashib, ajnabiylar e’tiboriga no-dir san’atimiz durdonalarini havola etishmoqda. Chet ellarda о‘zbek xalq madaniyati va ijodiga oid kо‘plab kitoblar, maqolalar chop etilmoqda. О‘zbek xalq ertaklari, maqollari, iboralari, afsonalari Xitoyda, Eronda, Turkiyada, Olmoniyada, Amerikada nashr etilgani quvonchli holdir.

Xullas, mustaqillik sharofati bilan xalq ijodining rang-barang turlarining tiklanishi — xalqimizning tarixiy ongi, milliy ma’naviyatini shakllantirish va ravnaq toptirishda muhim omil sifatida namoyon bо‘lmoqda.



Ma’lumki, О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy islohotlar mamlakat Prezidenti Islom Karimov tomonidan taklif etilgan beshta tamoyil bо‘yicha amalga oshirilmoqda. Madaniyat sohasida ham bosh islohotchi — bu davlatning faol boshqaruvchilik roli va о‘rni bо‘lib bu ishlarning muvaffaqiyatini ta’minlamoqda.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish