O’quv materiallari


-mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatda inson omili. “Inson kapitali” tushunchasi



Download 2,01 Mb.
bet106/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

24-mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatda inson omili. “Inson kapitali” tushunchasi.


Reja:

1.Ijtimoiy-madaniy faoliyatda inson omili

2.Madaniyat orqali inson omilini faollashtirish yo’llari

3.Inson kapitali borasidagi qarashlar va konsepsiyalar

4.Mustaqil O’zbekistonda inson kapitaliga bo’lgan munosabat.
Tayanch sо‘z va iboralar: Inson omili, imkoniyat, layoqat, salohiyat, qobiliyat, faollik, e’tiqod.”, Inson kapitali, bilim, tajriba, intellektual daraja, salohiyat, inson omili, qobiliyat.
Prezidentimiz I.A.Karimov inson omilini faollashtirishda uch asosiy tamoyil, ya’ni, ma’naviyat, ma’rifat va odob-axloq omillarining favqulodda zarurligini alohida qayd etadi. Ayni chog‘da, mazkur tamoyillarning о‘zaro mutanosibligi, ichki uyg‘unligi, oqilona meyorlarda taqsimlanish masalasi ham muhim ahamiyatga egadir.

Inson omilining halq madaniyati va ma’naviyatdan uzilgan holda faollashuvi jamiyatda individualizm egoizm, shafqatsizlik, rasizm, millatchilik singari sifatlar rivojiga yо‘l ochadi: shuningdek, yoshlar tarbiyasini ilm-ma’rifat bilan birga olib bormaslik jamiyatda konformizm, biqiqlik, urf-odatlarga mukkasidan ketish singari holatlarning avj olishiga olib kelishi mumkin. Insoniyatning yaqin 3000 yillik tarixiy taraqqiyot tajribasi shundan guvoxlik beradiki, yaxshilik, ezgulik, savob, hamdardlik fazilatlarini о‘zida ifodalovchi ma’naviyat omiliga befarqlik va ilm-fan rivojiga bir yoqlama, texnokratik ruju qо‘yish inson shaxsining axloqan yemirilishi, ma’naviy tubanlashuviga sharoit tug‘dirib keldi.

Yurtboshimiz mazkur tamoyillarning uyg‘un mutanosiblikda amal qilishi faqat tizimiy tartibotlar yuzaga keltirilgandagina samara berishini ta’kidlaydilar.

«Barchamiz yaxshi bilamizki, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat. Bu hayotiy haqiqat, biz hamisha amal qiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmog‘i hamda о‘zida yaxlit bir tizimni mujassam etmog‘i lozim. Bu tizim markazida ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi о‘lmas qadriyatlar turmog‘i kerak».

Shu boisdan xam, О‘zbekistonda xalqimiz ma’naviy yaxlitligini saqlab qolish, о‘zlikdan chekinmaslik, sof insoniy fazilatlarga tayanib ish tutish asosida istiqbolga intilishdan iborat keng kо‘lamdagi ijtimoiy siyosat izchil yurgizilmoqda.

Binobarin demokratiyaning asl mohiyati jamiyatda adolat tamoyili qaror toptirishdan iborat ekanligini e’tiborga olsak, mamlakatimizda mazkur jixat quyidagi omillarda yaqqol kо‘rinadi; Birinchidan, fuqarolarning tinchligi va milatlararo totuvlik tamoyili umumjamiyat miqyosida yalpi qaror topganligida; ikkinchidan, fuqarolarning turli ijtimoiy siyosiy va madaniy-ma’rifiy jamiyatlarga birlashish erkinligi kafolatlanganligi va real amal qilayotganligida; uchinchidan, ma’naviyat, ma’rifat va odob-axloq tamoyillari orqali insonning insonligini о‘ziga anglatishdan iborat umumjamiyat xarakatining izchil amalga oshirilayotganligida; tо‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotga insonni kuchli ijtimoiy himoya qilish orqali bahamjihat kirib borish siyosatiga qat’iy amal qilinayotganligida yaqqol namoyon bо‘lmoqda. Mazkur omillarning umumiy va pirovard majmui esa mamlakatimizda adolat tamoyilinig о‘ziga xos va о‘ziga mos tantanasini ifoda etadi.

Zero, demokratiya nafaqat shaxs haq-huquqlarini himoyalash, balki, boshqalarga halal bermay yashash, jamoaga doimiy ravishda ijtimoiy naf keltirib borish omili hamdir.

Rahbar kadrlar masalasi-inson omili muammosi tarkibida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu о‘rinda xalqimizni ibratli yо‘lga, jо‘shqin faoliyatlarga samarali undash uchun odamlardagi о‘z liderlaridan rag‘bat olish moyilligiga jiddiy urg‘u berish, har bir ishda rahbarning shaxsiy namunasiga e’tibor qaratish katta ahamiyat kasb etadi. Halqimiz о‘z tarixidan qachon о‘z liderlariga komil ishonch bilan ergashgan bо‘lsa, zafar quchib, obrо‘-e’tibor, shon-sharaf qozonib kelgan, qachonki, о‘z liderlariga tanqidiy kо‘z, shubha kayfiyatiga berilib yondashgan bо‘lsa parokandalik, bebarakalik, qо‘rqoqlik, zaiflik botqog‘idan chiqa olmagan.

Jamiyatdagi obrо‘-e’tiborli shaxslarga el oldida nazarga tushgan liderlar omiliga tayanish asosida ish tutish xar bir boshlangan ishda shubxasiz samara beradi.

Shaxsning siyosiy, iqtisodiy va ekologik jarayonlariga bevosita ta’sir kо‘rsatish imkoniyatlari oshganligi munosabati bilan dunyoda inson omiliga yangicha nazarlarda qarash tendensiyasi kuchaydi. Insonga yondashish, uni о‘rganish va boshqarish masalalari atroflicha о‘rganila boshladi.

Inson omilini faollashtirish muammosida istiqbolimizning dastlabki yilaridanoq О‘zbekistonda ham ustuvor masala sifatida yondashib kelinmoqda.

Prezedentimiz Islom Karimov istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq demokratik davlat boshqaruvi masalasiga jiddiy e’tibor qaratish «Boshkaruv vazifalarining asosiy qismi markazdan viloyatlarga, viloyatlardan shahar, tumanlardagi davlat va boshqaruv idoralariga о‘tishini ta’minlash darkor. Shu tariqa bu bosqich asta-sekin о‘z-о‘zini boshqarish, jamoatchilik tashkilotlariga ham yetib boradi»-deb ta’kidlagan edi. О‘tgan yillar mobaynida mazkur siyosatning tо‘g‘riligi isbotlanib, «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» shiori ijtimoiy boshqarishning bosh tamoyiliga aylanib qoldi.

Binibarin, endilikda davlat о‘z vazifalarini hokimiyatni kuchaytirish hisobiga emas, aksincha demokratik omillarni kengaytirish va keng xalq ommasini boshqaruvga jalb etish yо‘li bilan amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, fuqarolarning tafakkuri, siyosiy saviyasi demokratik о‘zgarishlar sur’atlari bilan mos bо‘lsa, boshqaruvni demokratiyalashga zamin yaratiladi. Shuning uchun ham demokratik о‘zgarishlar hamda yangi demokratik jarayonni chuqurlashtirish va ularni hayotga tadbiq etishni eng avvalo, jamiyatimizning о‘zi anglamog‘i va hal qilmog‘i darkor. Bu borada jamiyatning asosiy bо‘g‘ini bо‘lgan mahallalarning о‘rni va о‘zini о‘zi boshqarish tartibini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu boisdan, shaxs taraqqiyoti oldimizga qо‘yilgan ulug‘vor vazifalarni hal etishda g‘oyat dolzarb masala hisoblanadi. Shaxsni rivojlatirish uchun jamiyatimizda barcha imkoniyatlar hozirlangan. Hamma gap bu imkoniyatlardan odamlarning nechog‘li foydalana olishlaridadir. Buning uchun hozirgi paytda umum jamiyat miqyosida har bir shaxs uchun individual taraqiyot dasturlarini tarkib toptirish kun tartibidagi masala hisoblanadi. Individual taraqiyot dasturlari barcha maktablar о‘qituvchi va qatnashchilari universitetlar talabalari, ishxonalar (davlat va nodavlat tashkilotlar) jamoat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun umumiy tarzda joriy etilmog‘i va uning izchil bajarilishi ustidan qat’iy jamoat nazoratini о‘rnatish, oyma-oy mazkur dasturning bajarilishi monitoringini oshkoralik asosida amalga oshirib borish, bu faoliyatlarni ommoviy axborot vositalari, radio va televideniya orqali kо‘rsatib, eshittirib, ommoviylashtirib borish shubxasiz ijobiy samaralar beradi.

Kuchli ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy siyosat konsepsiyasi о‘tgan 19 yillik zafarli tiklanish davrlarida mohiyatan yangi mazmunga ega bо‘ldi.

Shu boisdan ham, Prezidentimiz tomonidan ustivor yо‘nalish sifatida asoslab berilgan Inson omili masalasi о‘ta muhim, serqirra masaladir. Bu esa Inson omilining Yurtboshimiz hakli kayd etganlaridik, demografiya, ijtimoiy himoya, ma’rifat, ma’naviyat, odob-ahlok tamoinlariga bevosita bog‘lik holda amal kilishini takoza etadi. Chunki inson omili masalasi – jamiyatda odamlardagi ijtimoiy fazilatlar, ularning qadriyatlar tizimi ham demakdir. Boshqacha qilib aytganda jamiyatdagi axloqiy tamoyillar, xulq-atvor meyorlari, mehnat jarayonidagi, hordiq chog‘idagi, iste’mol, hayotiy rejalari, bilimi, axborotga egaliklari, mehnat va malakalari, g‘oyalari, maqsadlari, ijtimoiy adolat, huquq va erkinliklar, fuqarolik burchlari, milliy taraqqiyot haqidagi bilimlarining majmuasidir.

Inson omili tushunchasi faqat bitta odamga emas, balki odamlar guruhi, jamoalar va ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga odamlarning hulq atvoriga ham bog‘liq bо‘ladi.

XXI asrga kelib jahon sivilizatsiyasi maromida Inson omili rolining oshishi kuzatilmoqda.

Inson omilini rivojlantirish uchun jamiyatni demokratlashtirish, jamiyatning о‘zini-о‘zi boshqarish eng avvalo odamlarning davlat qarorlarining ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va bajarilishidagi bevosita va bavosita ishtirok etishi; о‘zining va millat manfaatlarini tо‘g‘ri tushunish; halol va vijdonan mehnat qilishning axloqiy asoslarini shakllantirish, о‘z bilim va malakalarini tobora oshirib borishga yо‘naltirish lozim.

Inson omili – har bir odamning imkoniyatlarini oshirish, uni kuchaytirish ham demakdir. Bu esa har bir kishiga xos biologik, psixologik va intellektual salohiyatni kuchaytirishni taqozo qiladi. Bu jarayonning pishiq, puxta bо‘lishi, bir marotabalik tadbir bо‘lib qolmasligi uchun ilmiy asosga qurilmog‘i kerak. YA’ni Inson omilini takomillashtirishning nazariy, empirik asoslarini yaratish, о‘zbekistonliklarning ijtimoiy va mehnat faolligini, ularni jamiyatni boshqarishga real jalb qilishning ijtimoiy mexanizmlarini ishlab chiqish shaxs manfaatlarini ifodalashning oshkoraligini ta’minlash zarur.

Inson omili faol bо‘lmasa, bironta ham ulkan vazifa uddalanmaydi. Inson omilini faollashtirish imkoniyatlariga:



  • Odamlarning kayfiyati;

  • Tuyg‘ulari;

  • Odatlari ijtimoiy mо‘ljalari;

  • Qadriyatlari;

  • Yakka va guruh shaklidagi hulq–atvorlari;

  • Nima (kim) larga taqlid qilishi;

  • E’tiqodi;

  • Qobilyatlari;

  • Layoqat va motivlari;

  • Tevarak – atrofga munosabati;

  • Odamlar orasidagi munosabati;

  • Jamoadagi ma’naviy muhit.

va boshqalar kiradi. Ijtimoiy gumanitar fanlar yuqoridagi holatlarning paydo bо‘lishi, о‘zgarishi va rivojlanish qonuniyatlarini о‘rganishi lozim.
Inson kapitali degan tushuncha XX asr boshlaridan e’tiboran ilk daf’a muomalaga kiritilgan bо‘lsa, XXI asr arafasida ishlab chiqarish, fan, ta’lim, siyosat, madaniyat va boshqa sohalarda bu atama keng qо‘llanila boshlandi. Ta’kidlash zarurki, shu paytga qadar kapital sо‘zi mulk, boylik, erishilgan narsa sifatida tushunilib kelindi. Shuningdek, yaqin-yaqingacha kapital tushunchasi insondan ajratilgan holda tushunilar edi. Inson moddiy kapitalni yaratishda faqat vosita sifatida qaralar edi. Inson kapital uchun vosita emas, balki uning egasi, moddiy va nomoddiy kapitalni yaratuvchi va undan foydalanuvchi zot ekanligi odamlar va jamiyatlar tomonidan nihoyat XX asrning sо‘nggi choragida anglab yetildi.

Xususan, о‘tgan XX asrning 70 – yillaridan boshlab, Amerika Qо‘shma Shtatlari va Yevropa mamlakatlari olimlari Teodor Shuls, Geri Bekker, SH.Rozen, F.Uelcha, B.Chizuika, Y.Ben – Poreta, M.Blauga va boshqalar insonni faqat tor yо‘nalishda, muayyan kasbga tayyorlashdan kо‘ra, umumiy yо‘nalishda shakllantirish foydaliroq ekanligini asoslovchi asarlarni nashr etdilar. Bu asarlarda insonni umumiy yо‘nalishda tayyorlash uni kasbiy va ijtimoiy himoyalash, ya’ni shavqatsiz bozor munosabatlari sharoitida ishsiz qolishdan muhofazalashda kо‘mak berishi har tomonlama yoritib berildi. Ammo, bu asarlarda insonni kasbiy rivojlantirish ishlari uni insoniy, ya’ni, ma’naviy yuksaltirish bilan qay tarzda uyg‘unlashuvi о‘z ifodasini topa olmadi.

Xususan, Amerika iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyotida tub burilish yasagan mashhur tadbirkor va olim G.Ford jamiyat va alohida olingan tashkilotning barqaror rivoji faqat va faqat inson qobiliyatlariga, kasbiy layoqatlariga va uning mas’uliyat darajasiga bog‘liq ekanligini asoslab bergan va uning muhimligini qayta – qayta ta’kidlab kelgan.

Bir sо‘z bilan aytganda, G.Ford inson kapitalini shakllantirish uni kо‘proq umumiy rivojlantirishga bog‘liq deb biladi. Ammo, G.Ford inson kapitalini shaxs duch kelishi mumkin bо‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy xavflardan uni himoyalash vositasi, deb biladi xolos.

Umuman g‘arb dunyosi ijtimoiy fanlarida inson kapitalini jamiyatning ma’naviy axloqiy xolatini yaxshilash odamlarni obodonlikni yaratish, bunyodkorlik ishlariga safarbar etish yо‘lidagi katta imkoniyat, deb talqin etilmaydi. Shaxsning mehnat jarayonida о‘z – о‘zini jamoaning, jamiyatning uzviy qismi, hamda atrofidagilarga ongli tarzda naf keltiruvchi inson sifatida anglay olish imkoniyati ochib berilmaydi.

Shu tariqa shu vaqtga qadar yaratilgan ilmiy adabiyotlarda inson kapitali tushunchasi asosan biryoqlama, ya’ni, inson kapitali insonning о‘ziga bevosita keladigan foyda yoki shaxsni ijtimoiy himoyalash imkoniyati sifatida tushunib kelindi. Inson kapitali orqali faqat birgina insonning о‘ziga emas, balki, boshqalarga ham naf keltirish mumkinligi, odamlar boshini yaxshilik, yaratuvchanlik yо‘lida qovushtirish, bir sо‘z bilan aytganda, ma’naviyat bilan uyg‘unlashtirishning zarurati masalasi о‘rganilmay kelindi.

Inson kapitalidan tо‘g‘ri foydalanish faqat bir tomonlama ya’ni, shaxsiy manfaat yо‘lida emas, balki jamiyat manfaatlari yо‘lida foydalanish zarurati kun tartibiga qо‘yila boshlandi.

Inson kapitalining tom ma’nodagi insoniy mohiyat kasb etishida ma’naviyatning, ya’ni, tarbiya omilining roli nechog‘li muhim ekanligini anglash kuchaydi. Inson kapitalining ma’naviyat bilan uyg‘unligi va ajralmasligi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida ilk daf’a ilmiy asoslangan holda yorqin asoslab berildi. Ayniqsa, Przidentimizning insondagi bilim va kompetentlikning mas’uliyat tuyg‘usi bilan, iste’dodlar rо‘yobini millatning orzu – intilishi bilan, kasbiy taraqqiyot natijasida erishilgan muvafaqqiyatlarni о‘zlikni hamisha korporativ anglash zarurati bilan uyg‘un tarzda tarbiyalash haqidagi dono mulohazalari e’tiborlidir.

Yurtboshimiz tomonidan asoslab berilgan tamoyil, ya’ni, inson omilini bilim va tarbiya bilan uyg‘un tarzda shakllantirish pirovard natijada umumiy miqiyosda kuchli va yalpi taraqqiyotni, ya’ni ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ni yuzaga keltirishi tо‘g‘risidagi ilmiy bashorati bugungi kunda о‘zining tо‘la tasdig‘ini topdi.

Yurtboshimiz tomonidan asoslab berilgan barkamol shaxs konsepsiyasi asosida tahlil etganimizda inson kapitali tushunchasi mohiyat etiboriga kо‘ra quyidagi ijtimoiy xususiyatlarni namoyon etadi:

- inson kapitali zamonaviy ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi;

- inson kapitalini rivojlantirish davlat jamiyat va shaxsning о‘zidan jiddiy say – harakat va xarajatlar talab etadi;

- inson kapitali bilim, tajribalar, strategik rejalar, odamlarning intellektual-ma’naviy darajasi, shuningdek, muayyan maqsadlari. qiziqish va layoqatlari sifatida ham milliy zahira hisoblanadi;

- inson kapitalini rivojlantirish maqsadida qilinuvchi xarajatlar faqat yaqin vaqt mobaynida emas, balki uzoq istiqbolda kо‘proq naf keltiradi;

- inson salohiyati uning egasiga kо‘rsatiladigan e’tibor va g‘amxо‘rlik natijasida inson kapitaliga transformatsiya bо‘ladi.

Taraqqiyot darajasining о‘sib borishi, bozor munosabatlarining chuqurlashuvi mehnat bozoriga va xodim kasbining sifatiga bо‘lgan talabni kuchaytirib boradi. Zero, zamonaviy bozor talablari ish bajaruvchi shaxsning har tomonlama va chuqur bilimlar egasi bо‘lishini taqozo etadi.

Ma’lumki, bilimlar pirovard natijada kо‘rsatilayotgan xizmatlar yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi.

Istiqlol yillarida О‘zbekistonda mehnat salohiyati ham miqdor, ham sifat kо‘rsatkichlariga kо‘ra Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan maqsadlarni amalga oshirishga qodir kuchga aylandi. Chunki, о‘tgan 22 yil mobaynida aholining ma’naviy-intellektual saviyasi, kasbiy layoqat darajalari keskin yuksaldi. Takidlash joizki, sobiq shо‘rolar davrida odamlar о‘z mehnatlarining natijalaridan manfaatdor emas edilar. Odamlar biror bir ishni bajarish asnosida о‘zlarini asosan ish jarayonning ishtirokchisi sifatida his etar, qilgan ishlarining natijasi uchun о‘zlarini manfaatdor deb ham, masul deb ham anglamasdilar. Istiqlol tufayli mehnat hodisasi muayyan ish faoliyat jarayonini ta’minlovchi vositadan sо‘nggi pirovard natijani qо‘lga kiritishga ongli yо‘naltirilgan omilga aylandi. Mustaqillik sharofati bilan erishilgan eng muhim ijtimoiy-ma’naviy yutuqlarimizdan biri ham mehnat mazmunining mohiyatan о‘zgargani bо‘ldi.

Inson kapitalini rivojlantirishda mehnat omilining roli beqiyosdir. Yaqin о‘tmishda odamlar asosan muayyan vaqt doirasida ishlash hamda ish vaqti tezroq о‘tishidan manfaatdor kayfiyatda yashar edilar. Ular о‘z ish faoliyatlari natijasidan manfaat olishni о‘ylamasdan va xatto bunday manfaatni umid ham qilmasdilar.

Sotsiolog M.Veberning fikriga kо‘ra, tez sur’atlar bilan rivojlanish yо‘liga о‘tgan jamiyatlarda inson omiliga keskin e’tibor kuchayadi. Tashabbuskorlik, innovatsion tafakkur qilish, nostandart holatlarda eng tо‘g‘ri, maqbul yechim topa bilish, mas’uliyatni zimmaga olish salohiyatiga ega bо‘lgan shaxslarga ehtiyoj tez orta boradi.

Individlarga tayanishdan har tomonlama chuqur bilimlarga ega shaxslarga tayanish tendensiyasining kuchayishi jamiyatdagi barqaror taraqqiyotning ifodasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizda bilimli, tashabbuskor, mas’uliyatli shaxslar tarbiyasiga ustuvor ahamiyat berib kelinmoqda. Istiqlolga erishilgan dastlabki yillardanoq inson kapitalini rivojlantirishga keng qamrovli yondoshilib, uning mazmun doirasidagi quyidagi tarkibiy jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

- insonlarning mehnat salohiyati;

- salomatlik holati;

- intellektual darajasi;

- tashkilotchilik, tadbirkorlik salohiyati;

- madaniy-ahloqiy rivojlanganlik darajasi;

- ijtimoiy hamkorlik asosidagi faoliyat kо‘lami;

-о‘z-о‘zini, xodimlarni va tashkilotni boshqarish salohiyati.

Hozirgi paytdagi mavjud ilmiy adabiyotlarda inson kapitalining qiymati jamiyat qoidalari va qonun talablariga monand yashovchi insonni hamda zamonaviy talablar darajasida ishlay oladigan mutaxassisni shakllantirish uchun davlat tomonidan sarf etilgan mablag‘lar miqdori bilan belgilanadi, deb qayd etilmoqda .

Ta’kidlash joizki, inson kapitali uning egasidan ajralmaydigan va undan bu kapitalyni hech kim tortib ola olmaydigan mulk sanaladi. Shu boisdan ham inson kapitali jamiyatning eng noyob qadriyati hisoblanadi va ijtimoiy taraqqiyotning bosh xarakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Oddiygina qilib aytganda, inson kapitali-bu har bir insondagi bilimlar, egallangan boy kasbiy tajribalar, yaratish, bunyodkorlikka yо‘naltirilgan ijtimoiy mо‘ljallardir. Inson kapitalini boyitishga yо‘naltirilgan investitsiyalar doirasiga bilimlar orttirish kasbiy malakalarini oshirish, salomatlikni mustahkamlash, hamda yangi ma’lumotlarni topish, ularni egallab olish va bu ma’lumotlardan unumli foydalana olish salohiyatini shakllantirishga qaratilgan faoliyatlar kiradi.

Istiqlol yillarida inson kapitalini rivojlantirish masalasiga ijtimoiy taraqqiyotimizning ustuvor vazifasi sifatida qarab kelinmoqda.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish