Birinchi turkumga dam olishning eng oddiy shakllari — kam harakatli hordiq chiqarish charchoqni tarqatish faoliyatlari kiradi. Bunday passiv dam olishga ishdan keyin karavotda yotib charchoq chiqarish, kо‘cha, parklar, xiyobonlardagi о‘rindiqlarda, uyda divan, stulda о‘tirib hordiq chiqarish, ochiq havoda sayr qilish, mehmonga borish kabilar kiradi. Bu hordiq chiqarishni ba’zida «faoliyatsiz dam olish» ham deyishadi. Vaqti-vaqti bilan shunday «passiv» dam olib turish ham kerak. Lekin asosiy maqsad passiv dam olishga vaqtni kamroq sarflab, kо‘proq vaqtni aktiv dam olishga qoldirish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |