O’quv materiallari



Download 2,01 Mb.
bet12/139
Sana03.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#312880
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   139
Bog'liq
им ф тарихи (3)

Anaxitaga oid tomoshalar. S. P. Tolstovning Xorazm ekspeditsiyalari qazigan qator qadimiy qal'alardan ayol ma'budaning ko‘plab haykalchalari topilgan bo‘lib, ularning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: keng va uzun ko‘ylak, ustidan tizzasigacha tushadigan yana bitta libos, beli tasma bilan bog‘langan, yelkasiga uzun yopqich tashlab olgan, boshida tepasi yassi quloqchin, bo‘ynida shoda taqinchoq. Ular orasida boshida toj, qo‘llarida saltanat hassasi, oy va quyosh ramzlarini tutgan, sher yoki yo‘lbarsni tepkilayotgan bir tarzda tasvirlanganlari ham bor. Shuningdek, mazkur ma'buda ba'zan otga mingan holda, ba'zan yalang‘och bir holatda ham uchraydi. Olimlar ushbu haykalchalar, zardushtiylarning ma'budlaridan biri Anaxita — Ardvisuraga tegishli deb topadilar. Asosda Qadimiy Xorazm, So‘g‘diyona, Baqtriya, Farg‘ona – Anaxitaga sig‘inishi markazlaridir, degan xulosaga keladilar. Darhaqiqat, zardushtiylarning Ardvisura-Anaxitaga bag‘ishlangan maxsus marosimlari, bayramlari, tomoshalari ko‘p bo‘lgan. Shunda kohinlar-Anaxitani shu tahlitda baland bo‘yli, purviqor, kelishgan, chiroyli kiyingan, xilma-xil taqinchoqlar bilan bezangan go‘zal ayol qiyofasida gavdalantirganlar. Maxsus marosimlarda ming yillar Anaxita Timsoli shunday gavdalangan. Ko‘pgina urug‘lar, elatlar, xalqlar unga topinganlar, ayni choqda uning go‘zalligidan, marosimlarni uni timsolini yaratgan ijrochilarning his-tuyg‘ulari, mahoratidan zavqlanib kelganlar. Islom dini hukmron bo‘lgach, ulamolar zardushtiylik, buddizm va boshqa dinlarga qarshi kurash olib borib, jumladan Anaxitaning ham har qanday tasvirini, marosimlarini yo‘qotishga uringan. Ammo uning haykallari, devoriy suratlari chilparchin qilingan bo‘lsada, biroq jonli tasvirini, unga bo‘lgan odamlar ko‘nglidagi e'tiqodni batamom yo‘qotishga kuchlari yetmaydi. Odamlar, jamoalar, qochib-pisib bo‘lsada, Anaxitaga sig‘inishda, uning timsolini gavdalantirishda davom etadilar. Lekin, zamonlar o‘tgan sayin marosim ham, Anaxita timsoli ham o‘z mohiyatidan uzoqlashib, tobora mavhum bir mazmun kashf etib, sof tomosha shakliga ega bo‘lib borgan. Ardvisura — Anaxita umuman suvning, jumladan Amudaryoning ilohi, pushti panohi hisoblangan. Amudaryo esa Xorazm hayoti, iqtisodiyotida juda katta o‘rin tutgan. Shu boisdan xorazmiylar Anaxitaga qattiq sig‘inganlar, undan obihayot, hosil, tiriklik manbai bo‘lmish Amudaryoni kamsuvlikdan, toshqindan, o‘zanini o‘zgartirishdan va boshqa balo-qazolardan asrashni iltijo qilganlar. Zarafshon, Sirdaryo va boshqa o‘nlab Daryolar bo‘ylarida yashovchi urug‘lar, elatlar, xalqlar ham Anaxitaga sig‘inib, har yili ma'lum paytlarda maxsus marosimlar, bayramlar uyushtirganlar. Zardushtiy mamlakatlarida Anaxitaning maxsus ibodatxonalari bo‘lgan. Chunonchi, Hamadondagi Anaxita ibodatxonasi ko‘pgina joylardan chiroyli qizlarni to‘plab, ularni marosim tomoshalarida o‘yinga tushirishar ekan. Iskandar Zulqarnayn o‘sha ibodatxonani teatr binosi sifatida ishlatgan deydilar. Ammo ming afsuski, mazkur marosimlar, bayramlar qay yo‘sinda o‘tkazilganini, ularning tarkibi, tartibi, shakllari qanday bo‘lganligi xaqida ma'lumot yo‘q. Ular haqida taxminlar bor, xolos. Chunonchi, teatrshunos akademik M. Rahmonov O‘rta Osiyoda topilgan juda ko‘p yodgorliklar orasida Anaxita timsolining ko‘p uchrashi va «Avasto» ta'riflariga tayangan holda mazkur obraz «asrlar bo‘yi maxsus ijrochilar tomonidan o‘ynalib, jonlantirib kelingan» deydi. Boshqa olimlarning ishlarida ham shunday umumiy fikrlar uchraydi. Zardushtiylarning «Avasto» nomli muqaddas kitobi mazkur mavzuni birmuncha oydinlashtiradi. Anaxitaga bag‘ishlangan maxsus «Ardvisur-yasht» nomli 5-qasidaga to‘xtalamiz. Unda Ardvisura — Anaxitaning to‘rt oq ot qo‘shilgan aravada qora niyat dushmanlariga qarshi osmonu falakda uchib yurishi, suvga serobligi, to‘lib-toshib oqishi, ilohlar, niyati pok bahodirlarga tilagan tilaklarini bajo keltirishi, uch og‘izli Ajidaxo kabi yovuzlarning dodini berishi nazm vositalari bilan tasvirlanadi. Gap shundaki, qasida shunchaki yakka-yakka duo qilib o‘qishga emas, balki ko‘pchilik – xor bo‘lib ijro etishga mo‘ljallangan. Undagi jo‘r bo‘lib aytiladigan ikki xil xor biri Axuramazda ismidan, ikkinchisi ibodatchilar nomidan Anaxita sha'niga aytiladi, ilohlar va bahodirlarning qurbonlik qilib, Anaxitadan omad tilashlari, Anaxitaning kimga nimani ravo ko‘rgani haqida bir qator kichik hajmli rivoyatlar Anaxita sha'niga aytiladngan madhiyalar, Axuramazda, Anaxita va Zardusht monologlari, Anaxita bilan Zardushtning savol-javoblari shundan dalolatdir. Qasidaning ijroga mo‘ljallanganini naqorat sifatida butun matn bo‘ylab o‘tuvchi ikkinchi xordagi quyidagi satrlardan ham bilib olsa bo‘ladi: Go‘zalligi, ulug‘ligi haqqi-hurmati, tinglanguvchini duo birlan sharaflagumdir, Arta qutlug‘lagan Ardvsurani... Darhaqiqat, «Ardvisura-yasht»ning o‘zi diologli va monlogli dramani eslatadi. Demak, u ijroga mo‘ljallangan. Qasida Anaxitaga bag‘ishlangan marosimlarda ibodatxonalarda ijro etilgan bo‘lsa kerak. Ijroda marosim tartibini, qasida matnini puxta bilgan malakali kohinlar, sig‘inuvchi xaloyiq, sozanda va o‘yinchilar ishtirok etishgan. Hammadan muhimi shuki, qasida matnida va unnng ijrosida Ardvisura – Anaxitaning aniq timsoli maydonga kelgan. U bir butunlikni tashkil etuvchi ikki qiyofada tasavvur qilinadi. Biri ramziy – ilohiy qiyofa bo‘lib, Anaxita uzunligi kurrayi zaminga teng, ming ko‘rfazi va ming shoxobi bo‘lgan buyuk daryo sifatida talqin qilinadi. Anaxita qurbonlik keltirib, unga iltijo qilgan hojatmandlar oldiga suv timsolida oqib boradi. Ikkinchisi real – insoniy qiyofa: Axuramazda inoyatila ko‘kdan yerga tushgan Anaxita inson — go‘zal ayol timsolida namoyon bo‘ladi. Ammo shunda ham u o‘zining alp gavdasi, juda boy va yorqin kiyinishi bilan oddiy ayollardan ajralib turadn. Uch yuz qunduz terisidan tikilgan po‘stin kiyishning o‘ziyoq mana shu buyuklik, ilohiylikdan dalolat berib turadi. Anaxita-oddiy ayol emas, parivash. Albatta, bunday murakkab timsolni gavdalantirish oson bo‘lmagan. Shu sababdan, nazarimizda, zardushtiylik hukmronligi davri avvalida Anaxitani mahobatli haykal qo‘g‘irchoq sifatida gavdalantirgan bo‘lsalar kerak. Keyinroq Anaxita qiyofasida jonli ijrochi chiqa boshlagan. Ammo bu ikki xil talqin biri ikkinchisini inkor etmagan, balki ma'budani goh tasvir-haykal sifatida, goh jonli aktyor ijrosida gavdalantirib kelingan. Ikki xil talqin islom hukmronligi davrida ham davom etgan. Albatta, islom ta'limoti, aqidalari hayotga tobora chuqurroq singib borgan sayin bunday otashparastlik bilan bog‘liq marosimlar o‘z mohiyatidan uzoqlashib borgan. Turkiston xalqlarining madaniy hayotida bizning asrimizgacha, hatto shu kunlargacha yetib kelgan shunday antiqa marosimlar, tomoshalar, o‘yinlar, urf-odatlar borki, ularni faqat zardushtiylik ta'limoti, rasm-rusumlari, ilohlari, jumladan, Anaxita timsoli bilan bog‘lab tahlil qilgandagina, tagiga yetish, tushunish mumkin.

Xulosa qilib aytganda Anaxitaga oid marosimlar bir shaxsga bag‘ishlangan mavzuni ifodalagan – muzika, qo‘shiq, raqs va xorni ijrochilar tomonidan birlashtirilgan katta shakldagi tomosha ekanini asoslaydi.




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish