O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Tuxumdonning vazifasi quyidagilardan iborat



Download 2,63 Mb.
bet69/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Tuxumdonning vazifasi quyidagilardan iborat:
- urug’ hujayrasi bilan otalanishga tayyor tuxum hujayrasini ishlab chiqish;
- estrogen va progesteron gormonlarini ishalb chiquvchi endokrin bez vazifasini bajarish;
Bir juft tuxumdon bo’lib, ular qorin bo’shlig’ining yuqorigi tomonida joylashadi. Tuxumdon buyraklarga yaqin, paylarga osilgan holatda joylashadi. Bu joyda juda ko’p silliq muskullar bo’lib, homiladorlik davrida homilaning og’irligini ko’tarish uchun cho’zilish imkonini beradi.
Tuxumdon qorin pardasining ichki tomonida osilgan bo’lib, mezoovarium deb yuritiladi. Qorin pardasi bachadon nayi shokilasini ham qoplab oladi. Mezoovarium cho’ntak shaklida bo’lib, tuxumdon bursasi sifatida ma’lum bo’lib, tuxumdonni to’liq qoplab oladi. Uning ichida uncha katta bo’lmagan teshik bo’lib, tuxum hujayrasini tuxumdondan chiqishini ta’minlaydi, bu qorin bo’shlig’iga infeksiya kiradigan potensial joy hisoblanadi.
Tuxumdon to’qimasi biriktiruvchi to’qimasi, silliq muskul to’qimalari va qon tomirlar kapillyarlari bo’lib, unda ko’p miqdorda murtak hujayralar va rivojlanayotgan follikulalar mavjud. Yetilmagan hayvonlarda har bir tuxumdon silliq ovalsimon shaklda bo’lib, jinsiy voyaga yetgan davrda esa tuxumdon sharsimon kiradi, follikulalar kengayib, yuzaga chiqadi.
Tuxum yo’li - tuba uterine s. oviductus egri naycha bo’lib, tuxumdon bilan bachadon shoxi o’rtasida joylashadi. U tuxumdonda yetilgan tuxum hujayralarni bachadonga o’tkazish uchun xizmat qiladi. Tuxum yo’lining oldingi, tuxumdonga yopishgan qismi voronkali o’xshash kengaygan joy - infundubulum tubae uterinae hosil qiladi. Uning kertikli joyi tuxum yo’lining shokilasi - fimbria tubae deyiladi. Shokilaning bir oz qismi tuxumdonga qo’shilib, tuxumdon shokilasi - fimbria ovarica ni hosil qiladi, unga yetilgan tuxum tushib turadi. Tuxum yo’lining devori uch qavatdan: ichki – shilimshiq, o’rta muskul va tashqi – seroz qavatlardan tuzilgan: ichki qavat tebranuvchi epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo’lib, ular sekin harakatlanishi natijasida, tuxum hujayrani tuxumdondan bachadon tomon haydaydi. Seroz parda tuxumdon pardasining davomi bo’lib, tuxumdon burmasi (tuxumdon pardasi) - mesosalpinx deyiladi. Bu parda bachadonning keng payi - lig. latum uteri dan kelib chiqadi. Tuxum yo’lining orqa qismi bachadon teshigi - ostium uterinum tubae ni hosil qilib tugaydi. Tuxum yo’lining uzunligi sigirlarda 21 – 28 sm, kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlarda 14 – 26 sm, biyalarda 10 – 30 sm, cho’chqalarda 15 – 30 sm, itlarda 4 – 10 sm gacha bo’ladi.
Bachadon nayi tuxum yo’li sifatida ma’lum bo’lib, uning vazifasi quyidagilardan iborat:
- Graaf pufakchasini yorilishi natijasida chiqqann tuxum hujayralarini yig’ishtiradi;
- tuxum hujayralarini tuxumdondan bachadon shoxlariga o’tkazadi;
- tuxum hujayrasi va spermatozoidlarni yashashi uchun qulay sharoitni yaratadi.
Har bir tuxum yo’li tuxumdonga birlashib turuvchi egri-bugri tor naycha ko’rinishida bo’ladi. Uning ochiq uchi voronkasimon shaklda bo’lib, voronka deb yuritiladi. U barmoqsimon tarmoqlangan bo’lib, tuxumdonning butun yuzasiga tarqaladi va ajralib chiqqan tuxum hujayralarni tutib olish va ularni tuxum yo’lining ichiga yo’naltiradi. Tuxum yo’lining ichki yuzasi silindrsimon tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan bo’lib, ushbu kiprikchalar tuxum hujayrasini tuxum yo’lidan bachadon shoxi tomonga haydaydi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish