O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati instituti shakllanishining huquqiy asoslari



Download 1,72 Mb.
bet84/161
Sana18.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#453227
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161
Bog'liq
fuqarolik jamiyati ma\'ruzalar

2. O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati instituti shakllanishining huquqiy asoslari.
O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati institutini mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlaboq rivojlantirishga katta e’tibor berib kelinmoqda. Bu haqda birinchi Prezident I.Karimov shunday deydi: “Agar biz jamoatchilik nazoratini ta’minlamas ekanmiz, ya’ni joylarda davlat muassasalari ustidan jamoatchilikning nazoratini o‘rnata olmasak, mavjud salbiy holatlarni tag­tomiri bilan sug‘urib tashlash uchun imkoniyatlar bo‘lmaydi. Bu illat bu kasallik bilan kurash olib borishning boshqacha yo‘li yo‘q”119. SHuningdek, ushbu masala yuzasidan belgilab bergan g‘oyalari g‘oyat muhimdir. “Jamiyat hayotini demokratlashtirish sharoitida islohotlarni jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirish ...g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Ana shundagina biz ushbu islohotlardan kutilayotgan natija va samaralarga erisha olamiz”120.
Davlat organlari ustidan kuchli jamoatchilik nazoratining mavjudligi demokratiyaning muhim shartidir. Davlat organlarida ishlayotgan har bir rahbar kadr o‘z faoliyatining jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etishi jamiyat rivojida muhim ahamiyatga ega. SHu bois, davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hozirgi davrda muhim vazifalardan biri sanaladi.
“Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. SHu sababli Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazoratini amalga oshirishning tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish fursati etdi”121, deb, I.A.Karimov ta’kidlagan edi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, fuqarolik jamiyatida fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq bo‘lmasligi, davlat organlarida ishlayotgan har bir rahbar xodim o‘z faoliyatining jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etishi jamiyat rivojida muhim ahamiyatga ega.
Birinchi Prezident I.A.Karimov Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasida davlat nazorat funksiyalariga nisbatan jamoatchilik nazorati afzalroq va muhimroq ekaniga to‘xtalib shunday deydi: “SHuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. SHuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q”122.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi 30 dan ortiq qonunlarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ustuvor qoida va normalari o‘z ifodasini topgan. Xususan, Konstitutsiyaning 2, 12, 35, 60 moddalarida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga oid qoidalar aks etgan. O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlarida, xususan, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi (1012moddalar), Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi (1116moddalar), Normativhuquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi (16modda), Dexqon xo‘jaliklari to‘g‘risidagi (25modda), Ta’lim to‘g‘risidagi (28modda), YOng‘in havfsizligi to‘g‘risidagi (9modda), Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi (7modda), Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi (4, 6, 2324moddalar), O‘zbekiston Respublikasining savdosanoat palatasi to‘g‘risidagi (13modda), Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi (3modda), Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi (27modda) qonunlarda va Mehnat kodeksi (233modda), Xavo kodeksi (5modda), Er kodeksi (84modda), Uyjoy kodeksi (6modda) va boshqa bir qator normativhuquqiy hujjatlarda alohida normalar mavjud.
YUqoridagi qonunlar va ulardagi normalarda jamoatchilik nazoratining u yoki bu jihatlari o‘z ifodasini topgan bo‘lsada, ushbu faoliyatni tartibga solish uchun alohida qonun qabul qilinishi lozimligini e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ga bag‘ishlangan ma’ruzada hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sir etuvchi jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida” Qonun qabul qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifni ilgari surgan edi. Ushbu qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan fuqarolik jamiyati institutlarining nazoratini amalga oshirishdan iboratdir. Mazkur qonunning qabul qilinishi va amal qilishi o‘z navbatida, jamiyatimiz hayotida fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilishini ta’minlaydi.
SHu maqsadda, o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlash, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning izchil mexanizmlarini yaratish, jamoatchilik nazorati funksiyalarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, asosiy Qonunimizning 2moddasida davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilishi ushbu muhim demokratik institutning amal qilishi va rivojlanishi uchun muhim huquqiy asos vazifasini bajardi.
Ma’lumki, 2014 yil 16 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, Bosh Qomusimizning 32moddasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etishining asosiy shakllaridan biri sifatida davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish belgilab qo‘yildi. SHuningdek, Konstitutsiyamizda davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanishi ko‘zda tutildi.
Bundan tashqari, 2014 yilda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi va “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga, ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirishga, jamoatchilikni davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida xabardor qilishga, mamlakatimizni demokratik yangilash hamda modernizatsiya qilishga doir vazifalarni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining roli hamda ahamiyatini oshirishga, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativhuquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek, boshqa qo‘shma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 14 yanvardagi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasiga oid hamda 2015 yil 26 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha qonun ijodkorligi ishlari dasturini bajarishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlarga bag‘ishlangan farmoyishida “O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish bo‘yicha zarur yo‘nalishlar belgilab berildi. “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish quyidagi shartlarga ko‘ra muhim hisoblanadi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish