O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi



Download 1,72 Mb.
bet76/161
Sana18.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#453227
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161
Bog'liq
fuqarolik jamiyati ma\'ruzalar

To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zo‘zini boshqaruv mexanizmlari va huquqiy vakolatlarining o‘zgarishi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mexanizmi va huquqiy vakolatlarida ham tarkibiy o‘zgarishlarini vujudga keltiradi.
2010 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining tashabbusi bilan qabul qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ko‘ptarmoqli NNTlarni rivojlantirish va qo‘llabquvvatlash yangi bosqichining boshlanish davri bo‘ldi.
Konsepsiyaning qoidalaridan kelib chiqib, bir qator qonun hujjatlari, shu jumladan 2013 yil 28 dekabrda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, NNTlar ekologik nazoratning asosiy sub’ekti sifatida belgilandi.
2014 yilning 5 mayida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun, shu yilning 25 sentyabrda esa “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra NNTlarni ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda ishtirok etishga samarali jalb qilishning va davlat tomonidan rag‘batlantirishning shakllaridan biri sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llabquvvatlash jamoat fondlari orqali NNTlar faoliyatini moliyalashtirishning yangi mexanizmi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2013 yil 12 dekabrda qabul qilingan PQ–2085sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi ushbu sohadagi qonunchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Birinchi Prezident qarorini amalga oshirish maqsadida 2014 yil 10 martda
57sonli Hukumat qarori qabul qilindi.
Yuqorida qayd etilgan qonun hujjatlariga ko‘ra NNTlarni tuzish va faoliyatini tashkil etishning tashkiliyhuquqiy mexanizmlari yanada takomillashtirildi va sezilarli darajada soddalashtirildi, xususan:
1. NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari miqdori 5 baravarga, ularning ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan yig‘imlar miqdori 2,5 baravarga kamaytirildi. Bunda nogironlar, fahriylar, xotinqizlar va bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji mazkur qaror bilan tasdiqlangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi;
2. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan NNTning alohida bo‘linmalari (vakolatxonalari va filiallari)ni, shu jumladan yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lganlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga olish uchun davlat boji undirilmaydi;
3. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati ikki oydan bir oyga kamaytirildi;
Taqdim etilgan arizalarni oqibatsiz qoldirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish instituti chiqarib tashlandi;
4. Ta’sis hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilib, hujjatlarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilindi, shuningdek, endilikda ta’sis hujjatlari avvalgidek uch nusxada emas, balki faqat ikki nusxada va faqat davlat tilda taqdim etiladigan bo‘ldi;
NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim qilish tartibi soddalashtirildi va h.k.
5. Hujjatlarni notarial tasdiqlashni bekor qilish, NNTni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddatining qisqartirilishi kabi ijobiy o‘zgarishlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2014 yil 11 dekabrdagi O‘RQ381 Qonunida ham o‘z aksini topdi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi qarori bilan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar rejasi tasdiqlandi.
1. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan NNTlarning milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi masalalariga muhim ahamiyat berildi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57sonli qaroriga ko‘ra har chorakda NNTning rahbar organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarini adliya organlariga taqdim qilish amaliyoti bekor qilindi.
3.NNTlarning faoliyati shakshubhasiz turli xil tadbirlarni o‘tkazish orqali erishiladigan hayriya va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan. Bu erda shuni ta’kidlash joizki, qonunchilikda shuningdek NNTlar tomonidan tadbirlar o‘tkazish tartibini takomillashtirishga qaratilgan tegishli ijobiy choralar ko‘rildi.
4. Xususan, 2015 yilning 4 iyunida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan (ro‘yxat raqami 2679) Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. NNTlarning tadbirlarini kelishishning huquqiy belgilanishi avval ham mavjud bo‘lganligi sababli ushbu nizom yangilik hisoblanmaydi. Mazkur nizomning asosiy vazifasi huquqni qo‘llash amaliyotida bir xillikni ta’minlashdan iborat.
5. NNTlar faoliyatining erkinligini kafolatlash va tadbirlarni hech qanday to‘siqlarsiz o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, nizomda qonun hujjatlari va NNT ustavida belgilangan maqsadlardan kelib chiqib o‘tkazilayotgan tadbirlarga adliya organlari vakilining noqonuniy aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek NNTning ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning noqonuniy hattixarakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi alohida belgilab o‘tilgan.
NNTlar faoliyatini tartibga solish sohasidagi qonunchilikdagi ijobiy o‘zgarishlarga ob’yektiv nazar tashlansa, mazkur ma’ruzaning xulosasi sifatida shuni qayd etish mumkinki, ularning barchasi:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish