O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish



Download 1,72 Mb.
bet35/161
Sana18.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#453227
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161
Bog'liq
fuqarolik jamiyati ma\'ruzalar

1. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish
O‘tgan 26 yillik mustaqil taraqqiyot davrida iqtisodiyotda ma’muriybuyrukbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pulkredit siyosati puxta uylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va kulan sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
SHularni e’tiborga olib, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishnnng quyidagi vazifalari belgilab olindi:

  • makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish xdsobidan yalpi ichki maxsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

  • harajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan xolda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

  • soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

  • ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;

  • bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;

  • sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;

  • xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan alokdlarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.

Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tupitganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi.
YUzaga kelayotgan noiqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 2017-2021 yillar davomida nakd pulsiz ko‘rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun’iy yuqori narxlar o‘rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish hamda bozor mexanizmlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish belgilangan. Ikkinchidan, maxsulotlar, ishlar va xizmatlarga narxlarni deklaratsiya qilish tartibini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda keyinchalik 2020 yilda uni bekor qilish vazifasi belgilangan. Uchinchidan, nakdsiz hisobkitoblar xajmi va kamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida to‘lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy etish va tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanishini qisqartirish lozim. Buning uchun aholiga muayyan vaqt davomida belgilangan limit doirasida bank mablag‘lari hisobidan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga kiritish; bank plastik kartalari orqali hisob raqamlarga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlaridan («SMSbanking», «Internetbanking», «Mobilbanking») foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; bank plastik kartalari orqali jismoniy shaxslarning depozit hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini kengaytirish; to‘lov terminallaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi mivdorini ikki martaga qisqartirish; plastik kartadagi mablag‘larni boshqa kartaga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni kamaytirish; valyuta va soliq nazoratinn soddalashtnrishni o‘z ichiga olgan elektron tijoratni rivojlantirishni rag‘batlantirish, plastik kartalar bo‘yicha o‘zaro hisobkitob qilish tizimida olinmagan tovar va foydalanilmagan xizmat uchun to‘lovni qaytarishning tartibtaomillari va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash, pul-kredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish, nakd pul muomalasi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normativhuquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bugungi vokelik nuqtai nazaridan dolzarb bo‘lib qolmoqda. Buning uchun davlat mablag‘lari haqidagi ma’lumotlarni davlat sektorida hisobga olishning xalqaro standartlariga moslashtirish orqali ularning shaffofligini ta’minlash hamda pulkredit siyosati vositalarini yanada takomillashtirish, shu jumladan, iqtisodiyotning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qayta moliyalashtirish stavkasini tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirishni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Xalqaro globallashuv jarayonlarining chuqurlashib borayotgani mamlakatlarning valyuta siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda va qator davlatlarda «golland kasali»ning yuzaga kelishiga turtki bermoqda. «Golland kasalligi» tabiiy resurs manbalarining kashf etilishi natijasida mamlakat sanoatlashuv darajasining pasayib ketishi, dav­lat milliy valyutasining kuchli revalvatsiyalanishi va natijada mamlakat eksport tovarlari raqobatdoshligining sezilarli darajada pasayishini anglatadi. «Golland kasalligi»ga uchragan davlatda asosiy eksport tovarlarini ishlab chiqarishga asoslangan mamlakat qayta ishlash sanoatida ksskin pasayish yuz beradi va mamlakatning an’anaviy eksport tushumlari manbai bo‘lgan qayta ishlash sanoatiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir vujudga keladi. Tabiiy resurslar uchun qulay baholar sharoiti yo‘qolgach, mamlakatning kuchsizlangan an’anaviy sanoati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi ancha og‘ir kechadi.
YUqoridan ta’kidlangan «kasallik»ning oldini olish uchun Harakatlar strategiyasida bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l kuymayotgan to‘siqdarni bartaraf etish uchun 20182019 yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, jumladan, quyidagi vazifalar belgilanmoqda:
bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari etarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash;

  • boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, shu jumladan, xorijdagi ilg‘or tajribalar asosida tijorat banklarida menejment tavakkal­chiligi samaradorligini yanada oshirish;

  • tijorat banklari faoliyatiga, shu jum­ladan, kredit siyosatiga davlat hokimiyati organlari tomonidan ma’muriy aralashuvlarning

oldini olish va yo‘l qo‘ymaslik;

  • tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli mikdorini doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsiyaviy loyihalarni moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini yanada oshirish;

  • banklarga xos bo‘lmagan vazifalarni istisno etish bo‘yicha amaliy choralarni qurishni nazarda tutuvchi dastur loyihasini ishlab chiqish.

Moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasini yaratish va bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyixdeida quyidagilarning aks etishi rejalashtirilgan:

  • mustahkam moliyaviy institutlar (banklar, sugo‘rta kompaniyalari, yirik davlat kompaniyalari, aksiyadorlikjamiyatlari)ga kimmatli kogozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish;

  • kimmatli kogozlar bozorini muvofiqdashtirish bo‘yicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki kimmatli kogozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatidagi faoliyati samaradorligini oshirish;

  • kimmatli kogozlarni dastlabki va qo‘shimcha emissiya qilishni davlat ruyhatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish;

  • sugo‘rta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, sug‘o‘rta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning xajmini kengaytirish;

  • alohida milliy korxonalar aksiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash.

Ushbu hujjatlarning kuchga kirishi oqibatida byudjet harajatlarini yanada optimallashtirish, mahalliy byudjetlar tasarrufida koladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarning ruyhati va mikdorini qayta ko‘rib chiqish orqali shahar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mintaqalar mablag‘larini boshqarish bo‘yicha mustaqilligini oshirgan xolda, fiskal nomarkazlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish imkoni yaratiladi.
Harakatlar strategiyasida ko‘tarilgan yana bir muhim masala bu soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilashdan iboratdir. Ushbu masalani xal etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  1. soliq qonunchiligini tanqidiy o‘rganish va tahlil qilish, huquqni qo‘llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqka tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash;

  2. soliq yukini, xususan: yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq mikdorini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatish (masalan, uzok va borish qiyin bo‘lgan) joylarini hisobga olgan xolda, qayta ko‘rib chiqish; yirik korxonalar uchun soliq yukini maqbullashtirish hisobidan uni izchil pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalda kullanilayotgan soliqka tortish tartiblari ular faoliyatiga bevosita ta’sir etib, kelgusi moliya yiliga nisbatan tegishli qarorlarni qabul qilishlarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Aynan davlat soliq siyosati instrumentlari orqali ularning iqtisodiy faollik darajasini oshirishga erishilmoqda. CHunki kichik tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligini belgilovchi omillarga korxona to‘laydigan soliqlar va yigimlarning ta’sir doirasi yuqoridir.



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish