O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi



Download 1,72 Mb.
bet25/161
Sana18.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#453227
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161
Bog'liq
fuqarolik jamiyati ma\'ruzalar

Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish demokratik davlatni barpo etishdek ezgu maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan har qanday davlatning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 44-moddasida fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ajralmas konstitutsiyaviy huquqi mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, har bir shaxs uchun o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayri-qonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab fuqarolarning sud himoyasida bo‘lish huquqini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan keng ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirildi. Bu borada 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi va 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan xattiharakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi Qonunlar hamda sud ishlarini yuritishga doir yangi protsessual qonunchilikning qabul qilingani fuqarolarning yuqorida qayd etilgan huquqining ro‘yobga chiqishida katta ahamiyat kasb etib kelmoqda.
“Bugun zamonning o‘zi davlatimiz oldiga nafaqat sud, shuningdek, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida ham fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada samarali ta’minlash vazifasini kuchaytirish talabini qo‘ymoqda.
Jumladan, davlat siyosatining asosiy ustuvor yuialishlarini amalga oshirish bo‘yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini uz vaqtida xal etish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha barcha zarur choralarni qurish belgilangan”32.
O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba bunday keng ko‘lamda, yangi formatda jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat etuvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilgan:
Birinchidan, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida to‘lanadigan davlat boji mikdorini kamaytirish.
«O‘zbekiston Respublikasining ay­rim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi.
Elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usul­larini, shu jumladan, protsess ishtirokchilari bilan o‘zaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferensiyalardan foydalanishnsh shuningdek, protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sudtergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.
harakatlar strategiyasi, 77-band
Ikkinchidap, elektron tartibda sud ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish.
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari va global internet tarmog‘ining kun sayin takomillashib hamda ommalashib borishi odil sudlovni yuritishning elektron shakllaridan keng tarzda foydalanish sud protsessi taraflari uchun har tomonlama qulayliklarni yaratadi.
Bu orqali odil sudlovni olib borishda samaradorlikning ortishiga va protsessual ishtirokchilar o‘rtasida sansalorlik natijasida ortiqcha harajatlarning bartaraf etilishiga erishiladi.
Uchinchidan, sudlar faoliyatiga oid ma’lumot bilan fuqarolarni ta’minlashni nazarda tutuvchi «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish.
Qonunchilikka kiritiladigan bunday o‘zgartish va qo‘shimchalar orqali sud organlari faoliyati tizimiga oid ma’lumotlar hamda sud hujjatlarining oshkoraligini ta’minlash orqali sudlar faoliyatining shaffofligi ta’minlanadi. Buning natijasida xalqning sudlarga bo‘lgan ishonchi va hurmati ortadi. Sudlarga nisbatan jazolovchi organ emas, balki inson huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida munosabatda bo‘linishiga erishiladi.
SHuningdek, bu O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 29moddasida mustahkamlangan fuqarolarning uzlari istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish singari konstitutsiyaviy huquqlaridan sud organlari faoliyatiga nisbatan foydalanish imkoniyatini yaratadi hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 30-moddasida nazarda tutilgan fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqlaridan samarali tarzda foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishida Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash borasida fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash masalalari ham nazarda tutilgandir.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari tugfisida»gi qonunining qabul qilinishi mamlakatimizda xususiy mulk himoyasiga oid qonunchilikni yangi bosqichga ko‘tardi. Xususan, qonunning 17-moddasida «Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni, shu jumladan er uchastkasini natsio­nalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qo‘yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga etkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi», 24-moddaga ko‘ra esa «Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi va bekor qilinmaydi», deb belgilab qo‘yilishi xususiy mulkdorlar manfaatini himoya qilish va kafolatlashda muhim rol uynadi.
Xususan, qonunchiligimizga muvofiq jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilganida jinoyat kuroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmetining musodara etilishi bilan bog‘liq qoidalar mavjud. Mazkur qoidani amalietda qo‘llash jarayonida ayrim holatlarda jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka aloqador bo‘lmagan yoki aybi bo‘lmagan mulkdorning mulklari musodara etilishi holdari uchramoqda. Bunda fuqarolarning xususii mulkka nisbatan huquqlarining poymol etilishi holdari yuzaga kelmoqda.
SHu jihatdan Dasturda, jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan xrllarda mulkni olib qo‘yish (vaqtinchalik olib qo‘yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlashga oid normalarni ishlab chiqish nazarda tutilgan.
YUqoridagilardan kelib chiqqan xolda, jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulk­ni olib qo‘yish (vaqtinchalik olib qo‘yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash maqsadga muvofiqdir. Buning natijasida jinoyatga yoki huquqbuzarlikka aloqasi bo‘lmagan shaxslarning mulkiy huquqlari poymol etilishi kabi salbiy holatlarning oldi olingan bo‘lar edi.
Dasturning mazkur yo‘nalishida nazarda tutilgan masalalardan yana biri Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuchmas mulk sotib olish bilan bog‘liq ayrim holatlarga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2 ming barobaridan kam bo‘lmagan, norezidentlar tomonidan qiymati 100 ming AKSH dollaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan kuchmas mulkni Toshkent shahri va viloyatida sotib olganlik uchun 510 foiz mikdorda davlat boji to‘lagan xolda kuchmas mulkni erkin sotib olish va egalik qilishga oid normalarning ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni33 hamda ushbu farmon bilan tasdiqdangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»da ham sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab qo‘yildi.
Mazkur Harakatlar strategiyasi asosida kelgusida sud ijrochilarining shtat birligini ko‘paytirish va sud ijrochilarini moddiy rag‘batlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu borada sud ijrochilari sonini oshirish va ularni erishgan natijalarini hisobga olgan xolda shaxsiy mukofotlash tartibini joriy qilish orqali ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish joriy etiladi.
CHunki, sud ijrochisi kasbining nufuzi, obro‘si ko‘tarilmas ekan, boshqa hech qanday chora-tadbir sud va boshqa organ hujjatlarining to‘liq va samarali ijro etilishiga xissa qo‘sholmaydi. YUridik adabiyotlarda ham sud hujjatlarini lozim darajada ijro etilmasligining asosiy sabablaridan biri sifatida sud ijrochilarining ijtimoiy va iqtisodiy ta’minoti yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, rag‘batlantiruvchi omilning mavjud emasligi hamda vakolatlarning cheklanganligi hamda buning natijasida sud ijrochi­larining kuntshsizligi, ya’ni bir ish joyidan ikkinchi joyga ko‘chib yurish holatlari teztez kuzatilayotganligi ko‘rsatiladi34.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish