O’quv materiallari 1mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi



Download 1,72 Mb.
bet19/161
Sana18.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#453227
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161
Bog'liq
fuqarolik jamiyati ma\'ruzalar

Ommaviy axborot vositalarining roli i i kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish. Ommaviy axborot vositalari demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos ulchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik tarakkistni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi. Ommaviy axborot vositalari erkin va mustaqil bo‘lgan takdirdagina ijtimoiy-siyosiy jarayonlar to‘g‘risidagi haqiqat ifoda etilishi mumkin. Binobarin, ommaviy axborot vositalari erkinligini kafolatlash va shu orqali muammolarni keng jamoatchilik bilan muhokama qilish, odamlarning erkin fikr bildirishlari uchun keng yo‘l ochib berish jamiyatni erkinlashtirishning asosiy tamoyillaridan biridir. Ommaviy axborot vositalari tom ma’noda «to‘rtinchi hokimiyat» darajasiga ko‘tarilmas ekan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari kabi ta’sirchan kuchga aylanmas ekan, demokratik islohotlarning kechishi qiyinlashadi.
«Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efirkabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot ttimщ shupingdek, doimiy pomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar omma­viy axborot vositalaridir».
Ta’kidlash joizki, so‘z erkinligini bo‘g‘ayotgan davlat o‘z ildiziga bolta urayotgan, xavf-xatardan ogoh etadigan jarchining ovozini bo‘g‘ayotgan, o‘zini fikrsizlik, turg‘unlik ummoniga tanazzulga sudrayotgan bo‘ladi. De­mokratik tuzum esa xalqning fikriga tayanadi, xalqdan himoya topadi. Demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalariga qo‘pol bo‘lsa ham jamiyat manfaatlarini «qo‘riqlovchi ko‘ppak», deb nisbat beradilar. Etakchi demokratik davlatlarda ular jamiyatning «ko‘zlarii», «quloqlari» vazifasini bajaradi. Ogohlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil ko‘tarib chiqib, ularning turli echimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan. Bu tuzumda ommaviy axborot vositalari, bir tomondan, munozaralar yuritiladigan minbar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fuqarolar uchun xolis axborot olish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida qator ishlar qilindi. «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinliklari to‘g‘risida», «Jurnalistlarning kasbiga doir faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» qonunlar qabul qilindi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi, Milliy matbuot markazi, Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va kullab-quvvatlash jamg‘armasi tuzildi. Boshqacha aytganda, respublikamizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining zarur huquqiy bazasi va ularni erkinlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarini «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylantirish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ularni mustaqil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning to‘laqonli bo‘g‘iniga va jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ta’sirchan vositaga ay­lantirish islohotlar talabi bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ommaviy axborot vositalarining erkinligi va mustaqilligi uch omilga bog‘liq. Bular: birinchidan, maxsus qonunlar va qoidalarning mavjudligi; ikkinchidan, axborot sohasida bozor munosabatlari va raqobat muhitining amal qilishi; uchinchidan, jurnalistlarning kasb mahorati va o‘z so‘zi uchun mas’uliyat darajasi.
Demak, avvalo, ommaviy axborot vositalari erkin va mustaqil bo‘lishi kerak. Bu ular davlatdan mutlaqo mustaqil bo‘lib, alohida shaxslar qo‘liga o‘tib ketishi kerak, degani emas. Gap mustaqillikning eng yuksak darajasi ichki mustaqillik haqida bormoqda. Ommaviy axborot vositalarining bunday mustaqilligi jurnalistlar ijodining erkinligi, mavzu tanlash va fikr berishdagi mustaqillikda namoyon bo‘ladi. Bunda jurnalistning ma’muriy immunitetga ega bo‘lishi nazarda tutiladi. YA’ni, jurnalistning material tayyorlashda uz rahbariyatidan mustaqil bo‘lishi hamda o‘z ijod namunalari uchun faqatgina uning o‘zi mas’uliyatli va javobgar bo‘lishi talab etiladi. SHundagina jurnalistning ijodiy faoliyatini faqatgina ommaviy axborot vositalari faoliyatiga daxldor qonunlargina cheklaydi, xolos. Ish joyida jurnalistlarni faqatgina ijodiy jarayonga aloqasi bo‘lmagan xatolari uchungina jazolash mumkin bo‘ladi. Ijodidagi xatolari kimningdir qadrkimmatini, sha’nini poymol qilgani uchun, buzgunchi g‘oyalarni targib qilgani ski voqeaxodisalarni buzib talqin qilgani uchun esa u faqat sud oldida javob beradi. SHundagina jurnalistning ijodiy saloxdyati to‘la ro‘yobga chiqishiga sharoit yaratiladi, u professional mustaqillikka ega bo‘ladi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish