Fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xattiharakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga xdkli. Demak, sudlar manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘li bilan odil sudlovni amalga oshiradi.
Odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunda va boshqa qonunlarda o‘z ifodasini topgan.
Fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash uchun ularga ko‘yidagi imkoniyatlar berilishi kerak:
sud harajatlarining ko‘p bo‘lmasligi;
sud tomonidan davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi yoki ularni to‘lashning kechiktirilishi;
malakali yuridik yordam olishga yo‘l qo‘yilishi;
fuqarolarga sud himoyasidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida sud idoralari xalqning yashash joylariga mumkin qadar yaqinlashtirilib joylashtirilgan bo‘lishi.
Biroq xozirgi kunda qonunchilikdagi ayrim to‘siqlarning mavjudligi fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sud orqali himoyalanish huquqini cheklamoqda. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4850-son35, 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmonlarining qabul qilinishi36 mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi. Mazkur farmonlarda belgilangan chora-tadbirlar, o‘z navbatida, «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida o‘z aksini topdi.
Xulosa qilib aytganda, fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash borasida amalga oishriladigan ishlar, o‘z navbatida, sudlar faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan fuqarolarni ta’minlashga, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqdanadigan manfaatlarining samarali himoya qilinishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |